Pirrotin, magnit kolchedani, umuiy formulasi Fe1-xS, x ≤ 0,2, bo`lgan o`zgaruvchan tarkibga ega. Tarkibiga qarab 58,8 – 61,8% temir va 41% gacha oltingugurtdan tashkil topadi. Asosiy aralashmalari – nikel, kobalt, mis, selen. Kristall tuzilshi - zich geksonal joylashgan atomlar. Temir miqdoriga qarab kristal panjara parametrlari o`zgaradi.
Pirrotin sariq - bronza rangli va metalli yaltirashga ega. Yaxshi o`tkazuvchi xisoblanadi, elektr xususiyatlari tarkibiga bog’liq.Magnit xususiyatlari xam uning tarkibiga bog’liq - geksonal pirrotin – paramagnitik, monoklin esa ferromagnitik.
Oksidlanish zonalarida pirit, markazit va qo`nhir temirtoshga o`tadi.
Millerit, yoki nikel sulfid, 64,7% nikel va 35,3%oltingugurtdan iborat.
Trigonal sistemaning zanjir tuzilishiga ega. Sochga o`xshash jez-sariq rangli kristallar, xamda sochga o`xshash va radial - nursimon agregatlar xosil qiladi. Temir, kobalt, mis aralashma ko`rinishida uchraydi. YAxshi o`tkazuvchi. Gidrotermal tog’ jinslarida nikel va kobaltning boshqa sulfidlari bilan mis nikel rudalaida uchraydi.
Nikelin, yokm qizil nikel kolchedani – kobalt, temir va surma qo`shimchalari bilan nikel arsenidi. 43,9% nikel va 56,1% mish’yakdan iborat.
Oktaedr markazida nikel va uning atrofida oltita mishyak ioni joylashgan geksonal qisiq tuzilishga ega. O`z navbatida xar bir mishyak ioni 6ta nikel ioni bilan trigonal prizma simmetriyasi bo`yicha o`ralgan. Qizil- mis rangga ega.
Gidrotermal kvarts - karbonat tog’ jinslarida kobalt va nikel arsinidlari bilan birga uchraydi. Oksidlanishida va nurashida annabergit Ni3(AsO4)2. 8H2O xosil qiladi..
Polidimit kub strukturaga ega. 38,9% nikel va 42,1% oltingugurtdan iborat. Aralashmalar – temir va kobalt. Rangi ochiq – kulrang.
Violarit kub strukturaga ega. 38,9% nikel, 18,5% temir va 42,6%oltingugurtdan iborat. Aralashmalar – kobalt i mis. Binafsha – kulrangli.
Do'stlaringiz bilan baham: |