Mintaqalanishi
Qiyaligi juda kattay yerlar-
Download 209.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №7
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ta qiya yerlar
Qiyaligi juda kattay yerlar- qiyalik 5-8
0 . Bahorgi dehqonchilik uchun yaroqli, lekin yerni haydash uchun juda noqulay. Tuproqning gumusli qatlamining kuchli yuvilishi kuzatiladi. Dehqonchilikni maxsus zinapoya terrasalarda olib borish mumkin. Yerga yonbag`ir qiyaligiga ko’ndalang yo’nalishda ishlov berish mumkin. O’ta qiya yerlar – qiyalik 8-12 0 .Sug`orib ekin ekish uchun yaroqsiz, eroziya tuproqni butunlay yuvib ketishi mumkin. Tokchilik va bog`dorchilikda foydalanish mumkin (kichik yerlarda). Sug`orib ekin ekiladigan yerlarning meliorativ holatini aniqlashda yerning o’ydim-chuqurligi, o’yiqlarning qanchalik chuqurligini baholash ham muhim o’rin tutadi. Yerni planirovka qilish (tekislash), sug`oruv ariqlari va zovurlar shoxobchalari yo’nalishini aniqlash, quriladigan nasos stanstiyalari quvvatini belgilash yerning o’ydim chuqurligi ma’lumotlariga asoslanadi. Yer osti suvlari tabiiy oqimini, mahalliy eroziya bazislarini aniqlash ham shu ma’lumotlar asosida bajariladi. Uydim- 126 chuqurligi (o’yiqlar chuqurligi) 0-1 m bo’lgan yerlar sug`orib ekin ekish juda noqulay hisoblanadi, chunki bunda grunt suvining oqib chiqib ketishi qiyin bo’ladi. Bunday erlarda grunt suvi yuzaga ko’tarilib, tuproqda tuz to’planganligi uchun zovur-drenaj tarmoqlarini ancha zich joylashtirish va yerlarga har yili yaxob suvi berish zarur bo’ladi. Obikor dehqonchilik uchun ko’p joylarda o’rtacha darajadagi uydim-chuqur yerlar (5-10m)eng qulay hisoblanadi. Bunday yerlarda grunt suvi chuqurda, uning tabiiy oqimi ta’minlangan bo’ladi. Kuchli parchalangan (o’yiqlar chuqurligi 10-20 m) yerlar sug`orib ekin ekish uchun ancha noqulay. Bunday joylarda grunt suvi oqimi yetarli, drenaj kerak emas, lekin suvni tepaga nasoslar orqali ko’tarib berish, sug`orish ishlarini olib borish ancha qiyinlashadi. Irrigastiya maydonlarining meliorativ holatini baholashda joy relefining parchalanganlik darajasini aniqlash ham juda muhim. Hududlarning parchalanganlik darajasi ekinlarning maydoning shaklini belgilashda, eng qulay mexanizmlardan qanchalik foydalanish mumkinligini aniqlashda qo’l keladi. Olimlarning fikricha, ikki chuqurlik yoki balandlik orasidagi masofa 0,4 km dan ortiq bo’lsa, bunday yerlar sug`orib ekin ekishga yaroqli, agar 0,7-0,8 km bo’lsa juda ham qulay hisoblanadi. Obikor dehqonchilik erlari relyefini baholashda joyning past va baland joylarini, qiyalik yo’nalishini aks ettiradigan relef plastikasi xaritasini tuzish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday xaritadan bir havza doirasida eritma va qattiq holatdagi organik-mineral moddalar harakati yo’nalishini, grunt suvlari holatini, tabiiy yer osti suvi oqimi yo’nalishini, tuproqning sho’rlanish darajasi va turlarini aniqlash mumkin. Relyef plastinkasi xaritasi kanal, ariq va zovurlar o’tkazish joyini aniqlashga ham yordam beradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, landshaft resurslarini, iqlimni, yer osti va yer usti suvlarini, relyefni uyg`unlikda tahlil qilish tabiiy geografik tadqiqotlarda asosiy usul hisoblanadi va, eng muhimi, u orqali O’zbekistonning tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi maqsadlarida geoekologik tahlil qilish imkoni tug`iladi. 127 Tabiiy geografik rayonlashtirish geografik izlanish metodlaridan biridir. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda hududlarni ularning o’xshash tabiiy xususiyatlariga qarab, muayyan tizimdagi regional tabiiy geografik birliklarga ajratish tushuniladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish odatda uch xil tamoil asosida bo’ladi: regional, zonal va aralash. Regional tabiiy geografik rayonlashtirishda tabiatda ob’ektiv mavjud bo’lgan va taksonomik jihatidan bir-biri bilan bog`liq regional tabiiy geografik komplekslar (o’lkalar, provinstiyalar, okruglar rayonlar va h.k.) ajratiladi, har bir kompleks tabiatining o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi, ular tabiati tasvirlanadi hamda xaritaga tushiriladi. Tabiiy geografik region nafaqat tabiiy sharoiti bilan, balki o’ziga xos tabiiy resurslari bilan ham boshqalaridan ajralib turadi. Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish har bir hududning o’ziga xos tabiiy sharoiti va resurslarini baholashga imkon beradi, ayniqsa tabiatda ekologik muvozanatni saqlash va ekologik bo’hronning oldini olish dolzarb masala bo’lib turgan hozirgi vaqtda tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati juda katta. Tabiiy geografik rayonlashtirish muayyan birliklar tizimi (taksonomik birliklar sistemasi) asosida amalga oshiriladi. Taksonomik birliklarni qanday belgilar asosida ajratish, ularning tasniflari va nomlari hozirgacha ham munozarali bo’lib, yagona bir fikr yo’q. Tabiiy geografik rayonlashtirishda qo’llaniladigan uslublar va rayonlashtirish tamoyillari har xil bo’lganligi sababli hozirgi kunda biron-bir o’lkani tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi ancha murakkab masala hisoblanadi. O’zbekiston Yevrosiyo materigining o’ziga xos tabiiy - tarixiy o’lkasi bo’lgan O’rta Osiyoning bir qismi. Lekin uning tabiiy komplekslari bir xil emas, komplekslar o’rtasidagi o’zaro bog`liqlik ham, bir-biriga ta’siri ham har xildir. Shuning uchun O’zbekiston hududi tabiatini chuqur bilish niyatidagi izlanishlar olib borgan olimlar tadqiqotlarini respublika geografiyasiga oid materiallarni o’rganishdan, umumlashtirishdan va uning hududini ilmiy asoslangan kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishdan boshlashga harakat qilganlar. O’zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishga oid ma’lumotlar L.S.Berg, R.I.Abolin, I.P.Gerasimov, A.N.Rozanov, E.P.Korovin, V.N.Chetirkin, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, E.M.Murzaev, T.V.Zvonkova, N.A.Gvozdestkiy va boshqa geograflarning ilmiy ishlarida mavjud. Ko’p olimlar O’rta Osiyoni shu jumladan, O’zbekistonni rayonlashtirish regional tamoyiliga asoslanib tabiiy geografik rayonlashtirganlar. Ana shunday ishlardan eng keyingi va asosiylaridan biri L.N.Babushkin va N.A.Kogayning izlanishlari bo’ldi. Ular (1964-1965) ko’pgina mualliflar ishlarini o’rganib va ulardan foydalanib hamda O’rta Osiyo tabiatini uzoq vaqt davomida tekshirish asosida regionning yangi tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasini ishlab chiqdilar. Mazkur rayonlashtirish sxemasiga ko’ra O’rta Osiyo Evrosiyo materigining bir qismi, uni alohida tabiiy geografik o’lkasi deb olinadi. Tabiiy o’lka tarkibida Turon, Markaziy Qozog`iston, Jung`oriya-Tyanshan, Pomir-Tibet provinstiyalari ajratiladi. Provinstiyalar tekislik va tog` oldi qiya tekisliklari, tog`li kichik provinstiyalarga, kichik provinstiyalar esa okruglarga va nihoyat okruglar tabiiy rayonlarga bo’lingan. 128 Har bir tabiiy geografik taksonomik birlik – o’lka, provinstiya, kichik provinstiya, okrug, tabiiy rayon turli xil tabiiy belgilar kompleksi asosida ajratiladi. Shuning uchun rayonlashtirishda ajratilgan har bir tabiiy geografik birlikning mezonlarini aniq belgilay bilish lozim. Quyida biz L.N.Babushkin va N.A.Kogayning rayonlashtirish sxemasida qo’llanilgan birliklarning mazmuni bilan tanishamiz. Ko’pchilik olimlar tabiiy geografik rayonlashtirish sxemalarida materik doirasida mintaqa, geotip, sektor, zona kabi birliklarni ajratadilar. L.N.Babushkin va N.A.Kogay esa materik doirasida to’g`ridan to’g`ri tabiiy geografik o’lkani ajratishadi. Ular tabiiy geografik o’lkaga quyidagicha ta’rif beradilar: Tabiiy Download 209.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling