Mintaqalanishi
O’zbekiston landshaftlarining tasnifi, asosiy tasnif birliklari
Download 209.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 маъруза №7
O’zbekiston landshaftlarining tasnifi, asosiy tasnif birliklari. O’zbekiston landshaftlari ham relyefga bog`liq ravishda morfotektonik belgilariga ko’ra tekislik va tog` landshaftlariga bo’linib, har biri alohida landshaft sinf (klass)lari sifatida ko’riladi. Ular ham o’z navbatida strukturali –denudastion, eol tekisliklariga, past tog`larga, o’rtacha balandlikdagi va baland tog`larga bo’linadi. Tekislik landshaftlari sinfida eng yirik birlik landshaftlar guruhidir. O’zbekiston landshaftlari suv rejimiga ko’ra avtomorf, gidromorf va yarim gidromorf landshaft guruhlariga bo’linadi. Avtomorf landshaftlar tuproq-o’simlik qoplami sizot suvlari ishtirokisiz, asosan yog`in suvlari ta’sirida rivojlanadigan oddiy landshaftlardir. Ular suvayirg`ichlarda, baland tekisliklarda grunt suvi ancha pastda bo’lgan sharoitda tarkib topadi. Bu sharoitda tuproq va o’simliklar gorizontal zonallik qonuniyatlari asosida tarqaladi. Gidromorf landshaftlar yog`inlardan tashqari qo’shimcha suv manbaalari-oqar suvlar, grunt suvlari ishtirokida rivojlanadi va yil davomida ular ta’sirida bo’ladi. Grunt suvlarining chuqurligi mavsumiy o’zgarib turadigan va ma’lum davrdagina tuproqlar rivojiga ta’sir etadigan hududlarda yarim gidromorf landshaftlar tarkib topadi. Bu landshaft guruhi avtomorf va gidromorf landshaftlar o’rtasida oraliq landshaftlar hisoblanadi. O’zbekistonda o’ziga xos kenglik tabiat zonalarining mavjudligi va ularga mos balandlik mintaqalarining borligi respublika hududidagi tekislik landshaftlari sinfi doirasida cho’l (mo’’tadil, subtropik), voha; tog` oldi va tog`lar sinfida tog` chala cho’llari, tog` dashtlari, tog`-o’rmon dashtlari, tog` o’tloqlari, tog` o’rmonlari, tog` tundralari, glyastial-nival landshaft turlarini (tiplarini) ajratish imkonini beradi. Landshaft turlari doirasida geoloik va geomorfologik mezonlarga, ya’ni relyef turiga, uni hosil bo’lishi bilan uzviy bog`langan yotqiziqlarga qarab landshaft toifalari (rodlarga) ajratiladi. Masalan, cho’l landshaft turi doirasida to’lqinsimon kuchli 117 parchalangan prolyuvial tekisliklar landshaft toifasini yoki yuzasi tekis prolyuvial tekisliklar toifasini ajratish mumkin. Landshaft tasnifidagi eng kichik taksonomik birlik-landshaft xilidir (vid). U umumiy tabiiy xususiyatlarga ega bo’lgan alohida landshaftlar yig`indisidan iborat bo’lib tabiiy o’simlik (turlari) va unga mos bo’lgan tuproq xususiyatlariga qarab ajratiladi. N.A.Kogay O’zbekistonda 50 dan ortiq landshaft xilini ajratgan (1982) va ularni zonalar hamda mintaqalar bo’yicha joylashishiga qarab landshaft turlariga gruhlashtirgan. O’zbekistondagi balandlik mintaqalarining quyi qismini tashkil qiluvchi cho’l turiga (tipiga) 33 ta landshaft xili kiritilgan. Bu turdan yuqorida joylashgan cho’l-dasht-quruq dasht landshaft turi 11 ta landshaft xilidan tashkil topgan. O’rmon-o’tloq dasht landshaft turidagi landshaftlar 4 xilga ajratiladi. O’zbekiston landshaftlari paydo bo’lishi, tuzilishi (strukturasi) va boshqa muhim belgilariga ko’ra tizimga solinganda, guruhlashtirilganda ular quyidagi taksonomik birliklarga ajratiladi: sinf – landshaft guruhi – landshaft turi – landshaft toifasi – landshaft xili. Bunday tipologik landshaft komplekslarini ajratganda hududlarning tabiatiga ko’ra bir butunligi (yaxlitligi) emas, balki turli joydagi landshaftlarning o’zaro o’xshashligi (bir landshaft turiga kirishi) asos qilib olinadi. Download 209.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling