Mintaqaviy siyosat muammolarini o'rganish reja
V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi
Download 45.82 Kb.
|
MINTAQAVIY SIYOSAT MUAMMOLARINI O\'RGANISH
V.Kristallerning «Markaziy joy» nazariyasi
V. Kristallyer «Markaziy o‘rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matematik hisob-kitoblar orqali hududiy iyerarxiya bir darajadan boshqa darajaga to‘g‘ri geometrik progressiya orqali o‘tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir necha tumanlardan, o‘z navbatida tumanlar ko‘plab qishloq fuqarolari yig‘inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o‘ziga tegishli bo‘lgan tovar va xizmatlar yo‘naltirilgan. SHunday qilib, olim aholi punktlari guruhiy tizimini tashkil etishning qulay variantini aniqlash orqali markaziy o‘rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor mintaqasining eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona yo‘nalishlarini, shahar va aholi punktlari boshqaruvi ma’muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin. Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) o‘rganishga oxirgi o‘n yilliklarda nisbatan kamroq e’tibor berildi. To‘g‘ri, hududiy iqtisodiyot bo‘yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy asoslari ularning ayrimlaridagina ko‘rib chiqildi. Hududiy o‘sish nazariyalarini ko‘rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o‘sish modellarini qo‘llash. Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o‘sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan modellarga o‘xshatish mumkin (development economics). Ikkinchisi esa, alohida korxona va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. CHunki mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini, avvalambor, ularning faoliyatigina belgilab beradi. Kompaniyalar o‘z faoliyatini u yoki bu hududda olib borishining sabablari joylashtirish nazariyalari orqali ko‘rib chiqiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari: ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, mintaqa xo‘jaligining kompleks rivojlantirish, xududiy mehnat taqsimoti. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o‘rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e’tibor berish lozim. Ayni paytda, tabiiy-resurs salohiyatlaridan tejamkorlik bilan foydalanish, ekologik sharoitni yaxshilash masalalari ham hisobga olinadi. Bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish; mintaqalarni kompleks rivojlantirish; mintaqalar o‘rtasidagi hududiy mehnat taqsimoti; mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish deganda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini minimal holatga keltirish va ishlab chiqarishning barcha (tayyor mahsulotgacha bo‘lgan) bosqichlarini muayyan hududga joylashtirish tushuniladi. Mamlakatimizning turli hududlari tabiiy resurslar zaxiralarining miqdori, komponentlar tarkibi, geologik salohiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Bunda ishlab chiqarishning xomashyo, yoqilg‘i, energiya va iste’mol manbalariga yaqinligini ta’minlaydigan transport omili katta ahamiyatga ega. Mintaqalar o‘rtasida hududiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini samarali joylashtirishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. SHuning uchun har bir mintaqa faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar asosida muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot ayirboshlaydi. Download 45.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling