Mintaqaviy siyosat muammolarini o'rganish reja


O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatini o‘ziga xos xususiyatlari


Download 45.82 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi45.82 Kb.
#1251428
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MINTAQAVIY SIYOSAT MUAMMOLARINI O\'RGANISH

16.4.O‘zbekistonda mintaqaviy siyosatini o‘ziga xos xususiyatlari.

Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit beradigan, ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat.


Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy notengliklarning sabablari o‘rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;
- mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi;
- mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining ko‘payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o‘z navbatida bozorning torayishiga olib keladi. Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini qiyinlashtiradi;
- u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnologik rivojlanish bosqichi (xomashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar);
- mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, telekommunikatsiya tizimlari va h.k. bilan ta’minlanishi;
- ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k.
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital qo‘yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo‘nalishda olib borilmoqda:
Birinchi yo‘nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma obektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita ishlab chiqarishga aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo‘llar, elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ikkinchi yo‘nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo‘llash (ma’muriy yoki moliyaviy cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishga chek qo‘yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Uchinchi yo‘nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag‘batlantirishahri. Mazkur yo‘nalish iqtisodiyotning turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor beriladigan asosiy yo‘nalish hisoblanadi.
Respublikamiz iqtisodiyotida ham bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan boshqa mamlakatlardagi singari “samarali” usulni qo‘llash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab foydalanilmayotgan zaxiralar ishga tushirilmoqda; yangi korxonalar asosan kommunikatsiyalar bilan yaxshi ta’minlangan kichik va o‘rta shaharlarga joylashtirilmoqda; qishloq xo‘jaligida tabiiy-iqlim sharoitiga mos ekinlar ekish joriy etilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, birinchi navbatda boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatga ega hudud va shaharlarni rivojlantirish, mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlarni kamaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloqda sanoatni, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni ishga tushirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tizimini shakllantirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, respublikamizning turli hududlari maydoni, aholi soni, tabiiy-iqlim sharoiti, infratuzilma obektlari bilan ta’minlanishi, shaharlashuv darajasi, aholining turmush sharoiti va boshqalarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Jumladan, mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari o‘rtasidagi aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga to‘g‘ri kelsa (1 km2 maydonda 767 kishi), aksincha eng siyrak mintaqa Navoiy viloyatining Tomdi tumani (1 km2 maydonda 0,58 kishi) hisoblanadi.
Aholi tabiiy ko‘payishida shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutlar yaqqol sezilib turadi. Xususan yirik, sanoatlashgan va mahalliy millat vakillari nisbatan kam istiqomat qiladigan shaharlarda aholi tabiiy ko‘payishi qishloq joylarga nisbatan bir necha bor past ekanini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Olmaliq, Ohangaron, CHirchiq shaharlarida tabiiy o‘sish respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan 3-5 marta kamdir.
Samarqand viloyati Urgut tumani aholi soni bo‘yicha mamlakat ma’muriy-hududiy birliklari orasida eng yuqori o‘rinni egallaydi. U erda 335 ming kishi istiqomat qiladi. Buxoro viloyati qorovulbozor tumani esa, aksincha, aholisi eng kam hudud hisoblanadi. U erda 13,6 ming kishi yashaydi.
Umuman, har bir tuman yoki shaharning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Mamlakatning mintaqaviy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning mana shunday alohida jihatlari albatta hisobga olinishi lozim.


Download 45.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling