Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Download 360.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iqtisodiyotning real sektori deganda ko’pchilik har xil fikrlaydi. Ya’ni bu shunday erkin atamaki ( Iqtisodiyotning real sektori atamasi) uni juda keng tushunish mumkun ekan.Bu aynan biror qonun bilan belgilanmagani uchun ham bu atama haqida har xil fikrlar uchrab turadi.Bu atama haqida o’z tushunchamni qisqa qilib aytadigan bo’lsam: Iqtisodiyotning real sektori -bu ma’lum bir hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan kichik, o’rta va yirik korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyotning bir sohasi deb o’ylayman. Bu fikr- xulosadan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, iqtisodiyotning real sektori iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi va bir qismi hisoblanganda ham aynan ajralmas muhim qismidir. Iqtisodiyotni o’rganib statistik natijalarni kuzatib , iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq-xo’jaligi tarmoqlariga to’g’ri kelishini kuzatishimiz mumkun. Eng asosiy aytib o’tishga sabablardan biri bu iqtisodiyotning real sektori YAIM ( Yalpi ichki mahsulot) ning tarkibida salmoqli o’rin tutishini aytib o’tishdir. Bizda iqtisodiyotning real sektori sohasi rivojlanishi bizga qanday foyda keltiradi degan savol kelishi aniq, sababi insoz zoti avvalo o’z ehtiyojlarini qondirishga harakat qilib yashaydi. Iqtisodiyotning real sektori rivojlanishi bu har bir insonga aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligi o’sishi uchun imkoniyat , ta’lim, tibbiyot, madaniyat va shu kabi shunga o’xshash sohalarda rivojlanishda asos bo’ladi. Mamlakatimizda ham keying yillarda fan va texnika yutuqlarini , zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga va moliyaviy barqarorligini oshirishga juda katta e’tibor berib kelinmoqda.Zamonaviy information texnologiyalar joriy qilinishi sifat tomonlama kuchaytirib , ularni keying yillarda yuksak natijalarga erishishida zamin bo’ladi. Iqtisodiyotning real sektorini samarali faoliyat olib borishida moliyaviy sektor ham muhim o’rin tutadi.Moliyaviy sector bu - qarz olish uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling