Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


I BOB. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

I BOB. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy 
iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi 
va shakllanishi 
Mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
natijasida 
iqtisodiyotning real sektori jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Mamlakatni jahon 
hamjamiyatidagi o’rnini real sektorning rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi 
belgilaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda real sektorga turlicha ta’rif beriladi: 1. 
Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli 
ishlab chiqarish sohalarini o’xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari 
orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa 
qismlaridan farq qiladi47 . 2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning 
material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi 
va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-
kredit, birja faoliyati kirmaydi48 . 
1
3. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni 
spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va 
iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha49 . 4. Iqtisodiyotning real sektori 
– kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab 
chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, 
transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik korxonalar yig’indisidir 
Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar 
ko’rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada 
va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va 
tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi 
o’zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subektlar faoliyati yig’indisidan 
iboratdir. Iqtisodiyotda real sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor 
muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan 
bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir. 
Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy 
sektorga banklar, sug’urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya 
1
Karimov I.A Jaxon moliyaviyiqtisodiy inqirozi,O’zbekiston 


kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda 
YaIMning asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim 
tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish 
sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanib, moddiy ne’matlar va iste’mol tovarlari 
yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini 
o’sishi uchun imkoniyat yaratib, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun 
moddiy va moliyaviy asos yaratadi. Iqtisodiy rivojlangan, hozirda «informatsion, 
postindustrial» deb nomlanuvchi davlatlarda xizmat ko’rsatish sektorida ish o’rinlari 
soni keskin ko’payib, moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan deyarli 2 marta 
ko’pdir. Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi, qazib olish sohalaridagi ish o’rinlari 
mutlaq va nisbiy kamaydi51 . Fan va texnika sohalarining rivojlanishi, iqtisodiyotni 
informatsiyalashtirish, bio va nonatexnologiyalarning tezkor rirojlanishi natijasida 
real sektorda yangi sohalar yaratildi. Jumladan, kompyuterlar uchun dasturlar 
yaratish real sektorning muhim sohasiga aylanib bormoqda.
2
Hatto, AQSh, 
Hindiston, Rossiyada ushbu soha korxonalarini yaratish uchun alohida shaharlar 
barpo etilmoqda (AQShda «Kremniy vohasi», Hindistonda – Bangalor, Rossiyada – 
Skolkovo) 52. Ayni paytda iqtisodiyot sektorlarining investitsion jozibadorligi 
ko’plab omillarga bog’liq va u alohida xususiyatga ega. Iqtisodiyot sektorida yuzaga 
kelgan vaziyatni baholash birinchi galda hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarni, 
nomutanosibliklarni aniqlaydi. Tarmoq tuzilishidagi nomutanosibliklar iqtisodiy 
o’sishga, aholi turmush darajasini yuksaltirishga to’sqinlik qilayotgan asosiy 
sabablardan biri bo’ladi. Shu sababli ham iqtisodiy islohotlarning dastlabki davridan 
boshlab O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligining eng muhim sharti sifatida iqtisodiyot 
tarmoq tuzilishini tubdan o’zgartirish yo’li tanlab olindi. Iqtisodiyot tarkibiy 
tuzilishini tubdan o’zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy 
o’sishga yo’l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini 
ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy 
tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka 
erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi 
2
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – T.: O’zbеkiston, 1915, 218-b. 


farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy 
shartlaridan biridir. Tarkibiy o’zgarishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag’batlantirish 
iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishi bo’lib qoladi. Hozirgi davr yangi 
texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o’zgartirishlarni yuzaga keltiradi. Shu bois 
tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb 
baholash zarur.
3
Islohotlar barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashi zarur. Ammo, 
buning uchun butun iqtisod tayanchi bo’lgan o’zak tarmoqlarni qo’llab-quvvatlab, 
ularning inqiroziga yo’l bermaslik o’zbek modelining muhim talabidir. Islohotlarni 
chuqurlashtirish o’zak tarmoqlarni barqaror o’sishini ta’minlashni anglatadi. 
Iqtisodiyotning real sektorini yangilash tarmoqlarning yangi pog’onaga ko’tarishga 
va mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga katta hissa qo’shadi. 
Iqtisodiyotni isloh qilishning «o’zbek modeli» milliy iqtisodiyotga xos 
xususiyatlarni har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Ulardan biri - 
sarmoyalarni jalb etish yo’li bilan iqtisodiyotning real sektoriga madad berishdir. 
Iqtisodiyot tarkibini isloh etish bu – milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun 
eng zarur bo’lgan resurslarni etkazib beruvchi tarmoqlar majmuidir. Ularga neft, 
neft mahsulotlari va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko’mir ishlab chiqaruvchi 
sohalar, tog’-metallurgiya kompleksi, kimyo, mashinasozlik, samolyotsozlik va 
avtomobilsozlik sanoatlari kiradi. Iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish butun milliy 
iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O’zbekistonda 
iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish davlatning ko’magida rivojlandi. Chunki, bu 
tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Mamlakatimizda 
barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib 
kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining ijobiy natijalarini namoyon 
etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni 
amalga oshirish, aholi daromadlari o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo 
hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, qichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish hamda bank-moliya 
3
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. – T.: O’zbеkiston, 1995, 217-b.


faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Olib borilayotgan 
iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi jon boshiga nisbatan ishlab 
chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi yildan yilga o’sib bormoqda. Biroq 
tarmoqlarni modernizatsiyalash va qayta texnologik jihozlash bo’yicha olib borilgan 
tadbirlarda, ularning bajarilishida va korxonalarni rivojlantirishda bir qator 
muammolarga ham duch kelmoqda. Jumladan: • jahonda vujudga kelgan moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz va xomashyo narxining ko’tarilishi natijasida investitsiya 
mablag’larining belgilangan tadbirlarni qoplamasligi; • xorijiy davlatlardan 
ajratiladigan kredit limitlarining chegaralanganligi, shuning uchun dasturdagi 
belgilangan investitsiyalarni o’zlashtirish masalalarining qayta ko’rib chiqilishi; • 
pudratchilar tomonidan bajariladigan ishni juda qimmat bahoga belgilanishi, 
ajratiladigan mablag’lari bu ishlarni qoplamasligi sababli, ishni bajarish uchun 
mablag’ni o’zlashtirilmaganligi va shu kabidir. Yuqoridagi muammolarni hal 
etishda milliy ishlab chiqaruvchilardan mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, ichki va 
tashqi omillardan maksimal darajada foydalangan holda faoliyatni tashkil etish talab 
qilinadi. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya 
qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni 
qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali 
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda Investitsiyani 
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari muhim o’rin kasb etadi

Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling