Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

2.2 O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot 
va uning real sektorini hamda mamlakat investitsiya faoliyatini 
rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati. Iqtisodiy inqiroz va iqtisodiyotni 
diversifikatsiyalash sharoitida xususiy investitsiyalardan samarali 
foydalanishning ustuvor yo’nalishlari
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali 
foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va 
moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish 
qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g’oyalari, 
muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga 
tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni 
ta’minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o’z daromadlarini 
oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, 
ma’lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o’rta 
mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish 
hisoblanadi. Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, undan 
samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo’llash tizimli tarzda amalga 
oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik 
biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish 
tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim.
10
Globallashuv jarayonlarining 
chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy 
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini 
taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy 
o’zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik 
10
Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: 
Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.


qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida 
o’tkazilgan iqtisodiy islohatlar o’z samarasini ko’rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy 
islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha 
turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish 
hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, 
iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida 
ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo’lgan, 
yuqori daromad va foyda olishga erishish yo’lida tavakkalchilik bilan ish 
bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish, ish o’rinlarini yaratish, bandlikni 
ta’minlashda eng ma’qul bo’lgan xo’jalik yuritish kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashning samarali mehanizimlari yaratilgan 
bo’lib, ― “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari 
to’g’risida”, “Raqobat to’g’risida”, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to’g’risida”dagi qonun hujjatlarida taminlab berilgandir. 
Aholining kun sayin o’sib borayotgan moddiy ne’matlarga talab-ehtiyojlarini 
qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
11
Ya’ni, oziq-ovqat, sabzavot-poliz, 
chorva, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish, bu 
mahsulotlarni qayta ishlab, ichki bozorni to’ldirish va iste’molchilarga taklif etish 
hozirgi kunning va undan keyin ham dolzarb amalga oshirib boriladigan ustuvor 
ahamiyat kasb etadigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etadi. 
11
Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с. 


Xulosa 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining 
rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida 
mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM 
ning o’sish darajasi o’rtacha 6,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real sektor 
tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda 
tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini 
jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta 
qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri 
investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari 
yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini 
ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el 
investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi 
omillardan biri bo’lgan.
Tuzilmaviy islohotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo’yicha o’tkazilib, ular o’zaro 
bog’liqdir. Hududlar bo’yicha islohotlar aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan 
holda moliyaviy resurslarni samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-
tadbirlar majmui. Tarmoqlar bo’yicha islohotlar esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini 
ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash 
hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va 
rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori 
darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash; 
-to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini 
yaratish;
-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada 
foydalanishni ta’minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish 
soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish;
-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish.


Tuzilmaviy islohotlarni olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo’lib, 
ularning mohiyati kichik iqtisodiy subyektlar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur 
ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. 
Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq 
muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el 
investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona tariflari bo’yicha 
imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o’nlab 
qonuniy hujjatlar amal qilmoqda. 
Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb etilayotgan 
investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning investitsion jozibadorlik darajasiga 
bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM ning o’sish darajasi o’rtacha 6,0 % ni tashkil 
etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan real sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining 
ortishi bilan amalga oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, 
korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy 
investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or 
texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining 
barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar 
tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak 
darajada 
taraqqiy 
etishida 
hal 
qiluvchi 
omillardan 
biri 
bo’lgan.
Tuzilmaviy islohotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo’yicha o’tkazilib, ular o’zaro 
bog’liqdir. Hududlar bo’yicha islohotlar aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan 
holda moliyaviy resurslarni samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-
tadbirlar majmui. Tarmoqlar bo’yicha islohotlar esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini 
ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash 
hisoblanadi.



Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling