Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

1.1 Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy 
o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish 
omillari 
va 
unda 
investitsiyalarning 
tutgan 
o’rni
Milliy iqtisodiyotning real sektori sohalarining rivojlanishi ko’p jihatdan jalb 
etilayotgan investitsiyalarning hajmiga va bu o’z navbatida mintaqalarning 
investitsion jozibadorlik darajasiga bog’liq. So’nggi yillarda iqtisodiyotimiz YaIM 
ning o’sish darajasi o’rtacha 6,0 % ni tashkil etmoqdaki, bu barqaror o’sish aynan 
real sektor tarmoqlariga investitsiyalar jalb etish ko’lamining ortishi bilan amalga 
oshmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, 
korxonalarning 
investitsiya 
faoliyatini 
jadallashtirish, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini 
amalga 
oshirishda 
xorijiy 
investitsiyalar, 
avvalo, 
to’g’ridan-to’g’ri 
investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi 
ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir 
maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar 
tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning 
yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Tuzilmaviy 
islohotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo’yicha o’tkazilib, ular o’zaro 
bog’liqdir. Hududlar bo’yicha islohotlar aholi, hudud va investor manfaatlarini 
hisobga olgan holda moliyaviy resurslarni samarali ishlatishga imkon beruvchi 
hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoqlar bo’yicha islohotlar esa 
bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat 
mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash 
hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish 
va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo’lgan talabini qisqa vaqt 
ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo’lida quyidagi vazifalarga amal 
qilmoqda: -eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash; 
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash; -to’lov qobiliyatiga ega 


bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish; -ishlab 
chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada 
foydalanishni ta’minlash; -mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini 
ta’minlash va uni kuchaytirish; -samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, 
bozor infratuzilmasi, xizmat ko’rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar 
rivojlanishini uyg’unlashtirish; -iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish 
va yangi tarmoqlarni barpo etish; -aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy 
faolligini oshirish; -hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish. 
Tuzilmaviy islohotlarni olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo’lib, 
ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub’ektlar rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan 
iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim 
ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda 
qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos 
bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun 
kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona tariflari bo’yicha imtiyozlar, zayom va foiz 
stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o’nlab qonuniy 
hujjatlar amal qilmoqda. Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib 
borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi 
iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-
to’g’ri kapital qo’yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon 
darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo’jalikning zamonaviy 
tuzilmasini tashkil etishga ko’maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay 
sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo’nalishlarga 
mablag’larni yo’naltirish53. Bundan ko’rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash, zamon talablariga mos bo’lgan tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to’lqinlari 
zarbasiga ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish bilan bog’liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg’u 
berilmoqda. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek, “... jahon zahira valyutalarining 


beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va 
investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab 
davlatlar iqtisodiyotning tiklanish va o’sish sur’atlariga ta’sir ko’rsatmoqda”54 . 
Investitsiya siyosati nafaqat kapital mablag’lar miqyosini oshirishni, balki ularning 
takror ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishni, investitsiyalarni 
ko’proq samarali va raqobatdosh ishlab chiqarishlarga yo’naltirishni ko’zda tutadi. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv Respublikaning 
har bir hududining rivojlanishini ta’minlashga imkon beradi. Bu borada respublika 
hukumati tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini rag’batlantirish 
maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hudud va 
investitsiya hajmi nuqtai nazaridan imtiyozlar belgilangan. Hududlarning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida keskin farqlanishni oldini olish borasida ko’rilayotgan 
choralarga qaramasdan, hozirgi vaqtda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarni tashkil etish va faoliyat yuritishida hududiy nomutanosibliklar 
kuzatilmoqda. Bu esa o’z navbatida eksport-import operatsiyalari hajmlarida katta 
farqlanishni yuzaga keltirmoqda. Andijon, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahri 
eksport darajasi yuqori va barqaror bo’lgan hududlarga kiradi. Mazkur 3 ta hududda 
xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan yirik mashinasozlik, metallurgiya va 
to’qimachilik tarmoqlari korxonalari joylashganligi sababli ularda respublikaning 
barcha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eksportining 80 foizi 
shakllantiriladi. Ushbu korxonalar, asosan, real sektorning engil sanoat, kimyo 
sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, poligrafiya sanoati, oziq-ovqat sanoati 
va boshqa tarmoqlar tarkibida tashkil etildi. So’nggi yillarda xorijiy 
investitsiyalarning xizmat ko’rsatish sohasiga ham kirib borayotganlik holati 
kuzatiladi. Biroq real sektor tarmoqlariga kirib kelayotgan xorijiy investitsiyalarning 
juda oz qismi ilmtalab texnologiyalar yaratish sohasiga tegishliki, bu jalb etilayotgan 
investitsiyalarning jalb etilish yo’nalishlarini jiddiy qayta ko’rib chiqishni talab 
etadi.



Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling