Mirko va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ish


II BOB. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy


Download 360.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana03.11.2023
Hajmi360.63 Kb.
#1741693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar jalb etish yoʻllari

II BOB. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy 
sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning 
real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari 
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan 
sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi 
uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi: - import o’rnini bosish 
strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining 
mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. 
Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon 
bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday 
siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, 
xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali 
menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o’ziga tatbiq qilishga 
intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni 
qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi55 . Ushbu mamlakatda 
investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish 
sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, 
yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo’naltirilmoqda.
7
Xususiy sektorning 
o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. 
Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi 
besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh 
dollaridan oshib ketgan. Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga 
asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan: 

investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot 
ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish; - 
sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish; - sanoatga ilg’or 
7
Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi 
holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.


texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish 
texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni 
yanada kengaytirish; - sanoatning o’sishida mehnat unumdorligi omilining rolini 
oshirish; - milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini 
chuqurlashtirish; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada 
rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; 
- iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik 
hamkorlik va markazlashuvni rag’batlantirish. Shu bilan birga, Malayziyada 
investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan 
bo’lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil 
davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash 
yo’nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko’rsatuvchi 
investorlar foyda solig’idan dastlabki 5 yil davomida to’liq ozod qilinadi. 
Yaponiyada 
ham 
investitsiya 
siyosatining ustuvor yo’nalishi yuksak 
texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag’batlantirishga 
qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning 
rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga 
tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko’rsatdiki, 
nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun 
ham yangilik zarur bo’ladi. Ushbu ikkala yo’nalish bir-biri bilan uzviy bog’liq va 
o’zaro bir-birini to’ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish 
uchun muayyan kapital zarur bo’lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun 
yangilik kiritilishi taqozo qilinadi. Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana 
bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol 
ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar 
muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg’armalarning investitsiya faoliyatiga 
jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi. 
Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to’plangan bo’lib, 
undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini 
takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-


tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan 
mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga 
erishilganligining guvohi bo’lamiz. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el 
mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari mamlakatimizga 
tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya 
Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o’zining ahamiyatliligi bilan ajralib 
turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim 
ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli 
loyihalar asosida ilg’or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, 
Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab o’tganidek, "O’zbekiston o’zining mustaqil 
taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el 
investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish 
tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda". Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali 
foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, 
investitsiyalar asosan ilg’or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo’lgan, mehnat 
unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo’naltirilayotganining guvohi 
bo’lamiz.



Download 360.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling