Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"
Download 29.07 Kb.
|
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани
Numizmatika
Tangalar o`tmishning eng muhim guvohlaridir. Ular tarix haqida, uzoq o`tmish-dagi siyosiy, iqtisodiy munosabatlar, dunyoqarash tizimlari, ishonch, e’tiqodlar haqida, badiiy tasavvurlar to`g`risida bebaho ma’lumotlarni o`zida saqlaydi. Tangalarning tarix haqida so`zlovchi “tili” o`ziga xos. Ba’zi tangalar o`tmish voqea-hodisalari haqida shu qadar aniq xabarlar beradiki, natijada u yoki bu tanganing dunyoga kelishi ham shu axborotning o`zidan ma’lum bo`ladi. Boshqa tangalarning ma’lumotlari esa, unutilgan voqealar bilan bog`liq bo`lgani uchun mavhum bo`ladi. Ularning ma’nosini chin tarixiy jarayon bilan bog`lash g`oyat murakkab tadqiqotlarni, taqqoslash, tahlil kabilarni talab qiladi. Tangalarda yetib kelgan yozuvlar ba’zan unutilgan, tasvirlardagi odam, hayvon va boshqa ifodalar haqida tarixiy ma’lmotlar yo`qotilgan hollar ham ko`p uchraydi. Tangalar, ularni tarix bilan bog‗lab o`rganish ishi bilan numizmatika fani shug`illanadi. Numisma – “tanga” (lotincha) demakdir. Tanga birinchi galda – pul, ya’ni tovar oldi-sotdi munosabatlarining qiymat belgisi va qiymat ashyosi. Insoniyat hayotida uning o`rni va roli beqiyos darajada katta bo`lib kelgan. Tanga (pul shakli sifatida) paydo bo`lmasdan avval “savdo” munosabatlarining mohiyati amalda almashuvdan iborat bo`lgan desak xato bo`lmaydi. Almashuv zaruriyati esa, o`z navbatida mehnat taqsimotning oqibati edi. Sof ma’noda to`la-to`kis natural xo`jalik jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga qodir emas edi. Zero, buning majmui o`zi uchun barcha zarur narsalarni ishlab chiqarishga qodir emas edi. Shu sababli o`z imkoniyati va mehnat turining mahsulotidan ortiqchasini boshqa xo`jalikda yetishtirilgan, lekin qo`shni, uzoq yaqin jamoalarda yetishtirilgan mahsulotga almashtirish zaruriyati doimo ko`ndalang bo`laverar edi. Bir jamoa (qabila, urug`) ma’lum mahsulotni yetishtirish uchun xomashyoga ega, boshqasida esa bu imkon yo`q. Biroq, boshqa jamoa birinchisi uchun kerak narsaga ega. Shunday hollarda almashuv sodir bo`lgan. Asta-sekin almashuvning bu turi (fil suyagi) tomonlarni hamma vaqt ham qanoatlantirmasligi ayon bo`la boradi. Chunki, har bir vaziyatda almashuv uchun kerak mahsulot ishonch bilan topilavermaydi. Download 29.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling