Mirzaraximova Dilafruzning "Yordamchi Tarix"


Download 29.07 Kb.
bet6/6
Sana25.12.2022
Hajmi29.07 Kb.
#1065402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мирзарахимова Д. эссе ёрдамчи тарих фани

Tarixiy metrologiya

Metrologiyaga oid ma’lumotlar turli manbalarda tarqoq, bir biriga zid ravishda uchraydi. Aksariyat hollarda maxsus tahlilni talab etadi. V. Xins kitobiga ilova tarzida o`rta asr Markaziy Osiyoning o`lchov va og`irlik tizimiga oid Ye.A. Dovidovichning ilmiy ishi nashr etilgan. Bu tadqiqot ham mazkur reja asosida yozilgan. Ammo tadqiqotda keltirilgan ma’lumotlar Xansga qaraganda aniqroq ifodalangan. Insoniyat tarixi – tabiat va hayot haqiqatidagi oddiy tasavvurlardan, chetlangan ehtiyojlardan murrakab ma’naviy faoliyat darajasigacha o`sish jarayonini o`z ichiga oladi. Insoniyat rivojining ilk bosqichida tarixiy metrologik tasavvurlar insonning ibtidoiy tafakkur hosilasi hamda sababi tarzida ko`zga tashlanadi.


Insoniyat tabiat, jamiyat va koinot haqida bilim va tajriba to`plashi orqali uning atrof muhitiga moslashuvi va yashash tarzi osonlasha borgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishdagi eng buyuk nuqtalaridan biri – uni tabiat va odomzod hayotdagi o`zaro uyg`unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat inson va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo`ldi. Tasavvur tushunchani yetaklagan, tushun-chani esa tasavvurga yetakchi bo`lgan deb qarashimiz mumkin. Qadimdan miqdor, o`lchov, tasavvur kabilarga bo`lgan ehtiyoj insoniyat tomonidan metrologik tizimga asos solishga sabab bo`ladi. Tun ketidan kunning kelishi, daryolarning yuqoridan pastga oqishi, issiq bilan sovuqning farqi kabilarni idrok etish qanchalik zarur bo`lsa, kundalik turmushda foydalanadigan ashyolar, iste’mol mahsulotlarning miqdor, o`lchov birliklarini aniqlash shunchalik muhim bo`lgan.


Tarixiy xronologiya

Vaqt hisobi tarixni bilishning asosidir. Tarix voqe’liklarining muayyan tizimi sifatidan vaqtdan tashqarida bo`lishi mumkin emas (Faqat alloh islomiy aqidaga ko`ra vaqtdan tashqari, u azal, u hozir va u abaddir). Yaralmish borliq vaqtdan tashqari emas ekan, uzoq-yaqin o`tmishning u yoki bu voqeasini vaqt bilan bog`lash shartdir. Bas, shunday ekan, hisobni nimadandir va qanday qilibdir boshlash ehtiyoji doimo odamzod uchun muhim bo`lib kelgan. Insonning xotirasi o`tmishni saqlash, undan kelajak uchun ibrat topishga moil bo`lib kelgan. Hozir ham, zamonamiz qanchalik taraqqiy topganiga qaramay, tarixga murojaat qilish tabiiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy zaruriyatligicha qolmoqda. Vaqt esa, ortga qaytarib bo`lmaydigan hodisa. Tarix g`ildiragi ham to`xtashni bilmaydi. Vaqt inson hukmida emas. Xronologiya tarixiy fanlarning rivojlanishi natijasida vaqtni o`rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi. Xronologiya ilm sifatida Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllandi. O`rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga Markaziy Osiyolik olimlar ham o`z hissalarini qo`shdilar. Abu Rayhon Beruniyning “Al-osor al-boqiya ani-l-holiya” (O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar), “Qonuni Mas’udiy” asarlarida xronologiya faniga oid ko`plab ma’lumotlar berilgan. Umar Hayyom kalendari esa mukamallik jihatidan Grigoriy kalendaridan ham ustun turadi. 1935 yilda Oliy o`quv yurtlarida tarix fakultetlari ochilgandan keyin boshqa tarixning yordamchi fanlari qatorida talabalarga xronologiya fani ham o`qitila boshlandi. Xronologiya - yordamchi tarix fanlaridan biri bo`lib, u vaqt to`g`risidagi fandir. Xronologiya so`zi yunoncha so`z bo`lib, “xronos” - vaqt, “logos” - fan, ya’ni vaqtni o`rganish haqidagi fan deganidir. Xronologiya vaqtlarni o`rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bo`linadi, bular astronomik (matematik) xronologiya va tarixiy xronologiyadir. Astronomik xronologiyaning vazifasi -osmon jismlarining siljishi to`g`risidagi aniq astronomik davrlarning vaqtini aytib berishdir. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o`rganadi, ularning o`zaro bog`liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi.




Xulosa:
Xulosa qilib, yordamchi tarix fanining ochilmagan jihatlari, o`rganilmagan qirralarini o`rganishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlash mumkin. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q deb bejizga aytishmagan. Albatta kelajakda bu fan bundanda yuksak cho`qqilarni zabt eta oladi deb ayta olaman. Hattoki “G`arb olimlarining yordamchi tarix sohalariga doir tadqiqotlarini ko`rib chiqib shunday xulosa qilish mumkin; ular Markaziy Osiyo tarixini umuman o`rganishni yoki, bu hudud haqidagi ma’lumotlarni ilmiy adabiyot, tadqiqot mavzusiga kiritishni rejalashtirmagan. Yoki, bu mintaqa tarixini umuman o`rganishni xohlamagan va bilmaydi”. Bu holat meni juda hayratga soldi. Ammo bizning ko`pgina olimlarimiz bu fanning rivojiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shishkan. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti ulkan, poyonsiz yo’llarni bosib o’tdi, taraqqiyotni evolyutsion yo’li, insoniyatni sivilizatsiya sari yetakladi. Antik taraqqiyotni boshlanishi san`at va madaniyatning xamma soxalariga ta`sir ko’rsatib, o’zining rivojlanish yo’lida yuqoriga etgan bo’lsa, bu davrda tarix fanining aloxida bo’limi xisoblangan numizmatika soxasida xam diqqatga loyiq ishlar qilingan. Metalldan ishlangan pul tanga chaqalarning paydo bo’lishi insoniyat tarixidagi muxim voqealardan biridir. Ma`lumki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning g’oyat yuksak darajasiga erishgandagina tanga chaqalar kashf etilishi mumkin. Odamlar endi pul tariqasida chorva mollarini ishlatmay qo’ysalarda, buyumlar narxini ilgarigi odatga kirib qolgan chorva mol narxiga chaqqanlar. Metall pullar qirqib tortila boshlaganidan keyin, ularni og’irligini ko’rsatib beruvchi belgi sola boshlaganlar. Belgi solingan pulni paydo bo’lishi xaqida shunday afsonalar saqlangan. Rimliklarni ko’pdan-ko’p xudolari orasida, ixtirolarni boshqaradigan xudolar xam bor ekan. Uning ikkita yuzi bo’lib, oti Yanus ekan. Dastlab tanga pulni o’sha Yanus ixtiro qilgan emish. Shuning uchun eski rim va italyan pullarining bir tomonida ikki yuzli Yanus surati, ikkinchi tomonida Yanus tushib kelgan kema surati zarb qilingan.
Har qanday tarix tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Tarixiy manbalar moddiy yoki ma’naviy bo’lishi mumkin. Jumiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini o’rganishda moddiy manbalarning o’rni juda katta hisoblanadi. Umuman olganda numizmatika fani orqali ijtimoiy hayotning hamma sohasini o’rnaish, tadqiq qilish va ilmiyxulosa chiqarish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. www.tarix.uz
2. www.ziyonet.uz
3. “Yordamchi Tarixiy Fanlar” M. Is’hoqov, I. Xudaynazarov. Toshkent-2018.
4. “Manbashunoslik” A. Madraimov, G. Fuzailova. Toshkent-2008.
Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling