Мирзо улуғбек номидаги


Использованная литература


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

Использованная литература: 
1. Абасов 3. Инновационность в образовании и подготовка учителей // 
Alma mater ВВШ- 2001. -№4.-С.7-9. 


197 
2. Аванесов B.C. Основы научной организации педагогического контроля в 
высшей школе: Учебное пособие для слушателей Учебного центра. -
М.:МИМиС, 1989.-107 с. 
 
ANALITIK KIMYONI O’QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYA 
ISHLARINING O’RNI 
Mamirzayev M.A., Ruziyev E.A, Madatov O’.A 
Samarqand davlat universiteti 
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida kadrlar 
tayyorlash, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashda kasbiy bilimlar va 
ko’nikmalarni uzluksiz chuqurlashtirish bilan birga ta’lim berishning sifatiga 
e’tibor berishlik alohida ta’kidlangan.
Darslarning sifati o’qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga o’qituvchining 
nechog’li mas’uliyat bilan yondoshishligi, uning mazmunini o’quvchilarga 
yetkazishga qaratilgan mahorati va samarali faoliyati bilan belgilanadi. 
O’qituvchi mavzuni yoritish uchun o’ta muhim bo’lgan nazariya bilan 
asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog’langanligini his qilib tushuntira olsa, 
ma’lum maqsadga erishgan bo’ladi. Buning uchun hozirgi mavjud o’qitish 
vosita va qurollardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir 
Kompyuterlarda kimyoni o'qitishda qo'llashning bir qancha o'ziga xos 
yo'nalishlari mavjud. Bularga darslik va qo'llanmalarning elektron variantlarini, 
elektron darsliklar va o'quv uslubiy majmualar yaratish, kimyodan masalalar 
yechish, laboratoriya ishlarini modellashtirish, talabalar bilimini nazorat qilish 
va tajriba natijalarini qayta ishlash kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 
Bular orasida kimyodan virtual laboratoriyalar yaratish alohida ahamiyatga ega. 
Chunki, kimyodan o'tkaziladigan barcha laboratoriya ishlarini ham amalda 
bajarish texnikasini talabalarda ko’nikmalar hosil qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun bu yerda kompyuterdan foydalanish foydadan holi 
bo'lmaydi. Agar bu virtual laboratoriya ishlariga animatsiyalar qo'shilsa, 
ularning ahamiyati yanada ortadi, chunki bu laboratoriya ishlari bo’yicha 
animatsiyalarni istalgan marta va istalgan tezlikda bajarish, kuzatish, natijalar 
olish va xulosalar chiqarish mumkin. 
Analitik kimyoning titrametrik analiz usullarini o’qitishda “corel chemlab 
ver 1.0” virtual laboratoriyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu 
virtual laboratoriyada Physical Properties experiments (Moddalarning fizikaviy 
xossalarini aniqlash bo’yicha tajribalar), Acid/Base experiments (kislota/asos 
reaksiyalariga asoslangan tajribalar), Kinetics experiments (Reaksiyalarning 
kinetikasini o’rganishga tegishli tajribalar), 4. Gas Lab experiments (gazlar bilan 
bo’ladigan tajribalar), Additional experiments (Qo’shimcha tajribalar) 
bo’limlaridan tashkil topgan. Demak, tegishli mavzudagi laboratoriya ishini 
bajarish uchun oldin Category: dan soha, keyin shu sohadagi tajribalarning 
tegishlisi tanlanadi. Masalan, kislota/asos reaksiyasiga asoslangan, kuchli 
ishqorni kuchli kislota yordamida titrlash tajribasini tanlash uchun Category: 


198 
dan Acid/Base experiments ni tanlanadi. Bu holda shu sohaga tegishli 12 ta 
tajribaning mavzulari chiqadi. Bularning orasida aynan biz axtarayotgan mavzu 
bor. Expt 5: Strong Base titration curve (Kuchli asosni titrlash egrisi), uni 
belgilab oynaning pastidagi “OK” tugmasi bosiladi. Bundan tashqari virtual 
laboratoriya namoishida quyidagi laboratoriyaga tegishli jihozlar ko’rinib turadi 
va ularga ham etibor qaratish lozim bo’ladi: 
Laboratoriyada, ostida 4 ta shkaf, ustida distillangan suv keladigan kran, pH 
metr, byuretka mahkamlangan shtativ bo’lgan laboratoriya stoli va 4 taxmonlik 
ochiq shkaf bor.
Laboratoriyaning to’ridagi devoriga soat osilgan, elementlar davriy 
sistemasi va termometr ham devorga ilingan. 
Laboratoriyaning polida stolning chap tomonida o’t o’chirgich, o’ng 
tomonida esa ishlatilgan moddalarni to’kish uchun voronkali idish va muz 
vannasi bor. Ochiq shkafning yuqori qavatda elektr toki bilan ishlaydigan 
isitkich, elektron tarozi, pastida 3 ta uslubiy ishlanma, ko’zni asrash uchun 
taqiladigan ko’zoynak, 5 ta indikator eritmalari, pipetka va Geyger hisoblagichi 
turibdi.
Laboratoriya to’rining burchagida gaz laboratoriyasiga kiradigan eshik 
qo’yilgan. 
Rispublikamizning barcha oily o’quv yurtlarida o’tiladigan analitik kimyo 
darslarida maskur virtual laboratoriyalardan foydalanib laboratoriya darslarini 
o’tisa maqsadga muvofiq bo’lar edi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling