Мирзо улуғбек номидаги
tarbiyalay olish va ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy universitet Lobar bilan tezis
tarbiyalay olish va ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish,
qolaversa nazorat qilish mahoratini rivojlantirishni talab etadi. Shuningdek, o`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol 202 usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o`rin tutadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar o`quvchilarning ongini o`stirishda, mustaqil fikrlay olishga, o`z fikrlarini bildirishga, o`ziga ishonch ruhida tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash jahon amaliyotida keng qo`llanilmoqda. O`qituvchining faol, samarali faoliyat ko`rsatishiga yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchi (talaba)larga yo`naltirilgan bo`lib, ularning o`qituvchi bilan birgalikda faoliyatini hisobga olgan holda, o`quv materiallarini o`zlashtirishga qaratiladi. Pedagogik texnologiya turlarini tanlash shakllanayotgan bilim, ko`nikma va malakalar, tashkil etilayotgan darslar shakli va qo`llanilayotgan metodlar hamda metodik usullarning xususiyatiga bog`liq. Analitik kimyo fanini innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib o`qitish dars jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi. Analitik kimyo fani analiz usullariga ko`ra sifat analizi va miqdor analizi qismlariga bo`linadi. Miqdoriy analiz fanda va ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Miqdoriy analiz usullariga quyidagilar kiradi: tortma (gravimetrik) analiz, hajmiy (titrimetrik ) analiz, gaz analizi. Bu analiz metodlari orasida tortma analiz metodi eng aniq metoddir. Lekin bu metod ayrim kamchiliklarga ega. Tortma analizida modda va idishlarni tortishga ko`p vaqt sarflanadi. Analizni bajarish uchun esa bir necha soat, ba`zi hollarda bir necha kun talab etiladi. Hajmiy analiz bajarish tezligi jihatdan tortma analizga nisbatan katta afzalliklarga ega. Hajmiy analizda reaksiya mahsulotlarini torozida tortish o`rniga, reaksiyaga sarflangan va konsentratsiyasi yoki boshqacha aytganda, titri aniq ma`lum bo`lgan reaktiv eritmasining hajmi o`lchanadi va shuning uchun aniqlash tez bo`ladi. Hajmiy analizda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq muvofiq keladigan, aniqlanayotgan moddaga kimyoviy jihatdan ekvivalent bo`lgan miqdorda olinadi. Analiz natijalarini hisoblash ham ekvivalentlik qoidasiga asoslanadi. Hajmiy analizda qo`llaniladigan asosiy reaksiyaga binoan bu analiz bir necha usullarga bo`linadi. Bu reaksiyalar: kislota-asosli birikish, oksidlanish-qaytarilish, cho`ktirish, kompleks hosil bo`lishi reaksiyalaridir. Ayrim hajmiy analiz metodlari asosiy reaksiya turining yoki titrantning nomi bilan ataladi. Argentometriya usulida AgNO 3 titrant, permanganatometriyada KMnO 4 titrant bo`ladi va h.k. Hajmiy analiz metodlari mavzusini o`qitishda innovatsion pedagogik Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling