Мирзо улуғбек номидаги


“ANIONLAR SIFATIY ANALIZI” MAVZUSINI O’QITISHDA


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

 
“ANIONLAR SIFATIY ANALIZI” MAVZUSINI O’QITISHDA
INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
Zokirjonova O.A., To’lakov N.Q., Xojiqulov A.S.
Andijon davlat universiteti, Andijon sh. 
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng 
ko‘lamda qo‘llash, ularni dars jarayoniga tadbiq qilish jahon ilmiy
taraqqiyotining global tendensiyasiga aylanib ulgurdi. Pedagogik innovatsiyalar 
ko‘lamining tobora ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez 
sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli 
ravishda kiritishga alohida e’tiborni talab qiladi. Mamalakat ilmiy taraqqiyotida 
muhim o'rin tutgan kimyo fanlari tizimidagi ta'lim jarayonlarida intеrfaol
ta'lim uslublari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan
foydalanish o’quvchilarning “Kimyo” fanlaridan bilim olishlarining
izchilligini ta'minlash, ularda amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish
hamda talabalarning bilim ko’nikmalarini baholashda ko'plab qulayliklar 
yaratadi. O’qitishning ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarining ahamiyatli
tomonlaridan biri darslarni faqatgina bir tomonlama ya'ni monolog shaklida 
emas balki, diolog tarzida olib borish va bunda dars mavzusi hamda
mohiyatini ochishda o’quvchilarning yuqori darajadagi ishtirokini 
ta'minlashga erishish bilan baholanadi. 
Xususan, analitik kimyoda “Anionlar sifatiy analizi” mavzusini 
o’qitishda ham ana shunday interfaol metodlardan biri bo'lgan "Pinbord" 
metodidan foydalanish dars samaradorligini yuqori darajada oshirishga imkon 
beradi. 
Pinbord - o’qitish metodining mohiyati shundan iboratki, unda munozara 
yoki o’quv suhbati amaliy usul bilan bog’lanib ketadi. Uning afazalligi 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchiligidadir. Bu usulda o’quvchilarda muloqot 
yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o’z fikrini faqat 


206 
og’zaki emas, balki yozma ravishda ham bayon etish mahorati, mantiqiy va 
izchil fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling