Мирзо улуғбек номидаги


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. М.Нишонов, Ш.Мамажонов, В.Хўжаев “Кимё ўқитиш методикаси”.
Т.Ўқитувчи. 2002 й. 
2. Глинка Н.Л. Общая химия. – М.: Интеграл-Пресс, 2002.
 
KIMYODAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARIDA 
”KOORDINASION BIRIKMALAR KIMYOSI” MAVZUSINI 
O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
Shomurotova Sh.X. 
Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent sh. 
Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov bugungi kunda yoshlаrni, 
umumаn, ilm-fаn sоhаsi хоdimlаrini, оlimlаrni taraqqiy topgan davlatlar ilmiy 
jamoatchiligining e’tibor markazida turgan, eng ilg’or, istiqbolli ilmiy izlanish 
va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirishgа undаb, ushbu maqsadda Fanlar 
akademiyasi va oliy o’quv yurtlari tarkibida yangi laboratoriyalar tashkil 
qilish, ularning rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali 
hamkorlik aloqalarini o’rnatishi zаrurligini аlоhidа tа’kidlаb o’tgan edilar. Oliy 
ta'lim oldida turgan muhim vazifa tayyorlanadigan mutaxassislar saviyasini 
yuqori pog'onaga ko'tarish, ilg'or texnologik jarayonlarga suyanib ish 
ko'ruvchi, yangi g'oyalarni amalga oshiruvchi, fanni ishlab chiqarish bilan 


211 
bog'lovchi milliy dastur talablariga to'liq javob bera oladigan yetuk kadrlar 
tayyorlashdan iboratdir.
Noorganik kimyo fanining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bu 
“Koordinasion birikmalar kimyosi” sohasidir. “Koordinasion birikmalar 
kimyosi” fani zamonaviy organik, analitik, biologik va fizikaviy kimyo fanlari 
bilan uzviy bog’langan. Koordinasion birikmalarning miqdori organik va 
anorganik tabiatga ega bo’lgan moddalarning soniga qaraganda bir necha ming 
marta ko’proqdir, ularning yangi- yangi turlarini sintez qilish imkoniyatlari 
cheklanmagan. Koordinasion birikmalarning hayot uchun va xalq xo’jaligidagi 
ahamiyati juda katta. Mаsаlаn, o’simliklаrning yashil qismidа bo’lаdigаn vа 
fоtоsintеzni аmаlgа оshirаdigаn mоddа-хlоrоfill mаgniyning kооrdinаsiоn 
birikmаsidir, tirik hujаyrаlаrni kislоrоd bilаn tа’minlаb turuvchi mоddа-qоn 
gеmоglоbini tеmirning kооrdinаsiоn birikmаsidir. Judа ko’p minеrаllаr
аlyumоsilikаtlаr kооrdinаsiоn birikmаdаn ibоrаt.
Ta’kidlab o’tish kerakki, kimyo fanlarini nazariy bilimlarga asoslangan 
holda amaliyot asosida kengroq o’rganish muhimdir. Laboratoriya 
mashg’ulotlarini o’tkazishda, avvalo, talabalar mavzular yuzasidan puxta 
nazariy bilimga ega bo’lishlari kerak. Laboratoriya mashg’ulotlarida yangi 
materialni o’rganish, kuzatish, reaktivlar va asbob-uskunalardan keng 
foydalanish usulini tatbiq etish ko’zda tutiladi. Bunday laboratoriya 
mashg’ulotlar real bilimlarni to’plash, amaliy malaka va ko’nikmalarni 
shakllantirish maqsadida o’tkaziladi. Izlanishlar natijasida koordinasion 
birikmalar mavzusi yuzasidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun topshiriqlar 
namunasini tavsiya qilmoqdamiz:

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling