Мирзо улуғбек номидаги


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

Фойдаланилган адабиётлар 
1. Хидирова Б. Файзуллаева Н.С. Педагогик маҳорат. (Олий ўқув юрти 
талабалари ва ўқитувчилари учун ўқув қўлланма). Тошкент. “Янги аср 
авлоди”. 2009 . 
2. Педагогика. Педагогические теории системы, технологии. Под.ред. 
С.А.Смирнова. – М.: Академия, 2004. 
3. Розиқов О., Оғаев С., Маҳмудов М., Адизов Б. Таълим технологияси. – 
Т.: Ўқитувчи, 1999. 
 
“I VA II GURUH KATIONLARINI SISTEMATIK TAHLIL QILISH” 
MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI 
Toshboyeva Sh.K., Allanazarova D.M. 
Guliston davlat universiteti, Guliston sh. 
Hozirgi kunda an'anviy uslublardan tubdan farq qiluvchi innovatsion 
pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish zamon talabiga aylanib bo`ldi. 
Innovatsiya inglizcha "innovation" so`zidan olingan bo`lib, o`zbek tilidagi 
ma'nosi yangilik kiritish, yangilik demakdir. 
Har qanday pedagogik texnologiya asosini ilmiy jihatdan loyihalangan 
didaktik jarayon – o`quv-bilish faoliyati tuzilmasi tashkil etadi. Ana shu 


227 
jarayonni ajratilgan vaqt doirasida amalga oshirish o`qituvchining kasb 
mahoratiga bog`liq. 
Bugungi kunda analitik kimyo fanida ham yangi pedagogik 
texnologiyaning interfaol usullarini keng qo`llagan holda olib borish dolzarb 
muammolardan 
biridir. 
Yangi 
pedagogik 
texnologiyalarning 
interfaol 
usullaridan foydalanish talabalarni mustaqil fikrlashga, o`qituvchi tomonidan 
berilayotgan bahsli, muammoli vaziyatlarni hal etishga, topshiriq, vazifa va 
masalaning yechimini topishga undaydi, natijada talaba mustaqil fikrlay 
boshlaydi, adabiyotlarga murojaat qiladi, guruhdoshlari bilan maslahatlashadi, 
bahslashadi, izlanadi, ma'lumotlar to`playdi, natijada to`g`ri yechimni topishga 
erishishga muvofiq bo`ladi. Natijada bilishga, o`rganishga harakati, qiziqishi 
kuchayadi. 
Interfaol uslub va texnologiyalardan foydalanuvchilar o`quv 
jarayonini tashkil etish uchun texnologiya treninglarni aynan bir xil tartibda 
o`tkazishlari shart emas, har qaysi o`qituvchi bu treninglarning umumiy shaklini 
bilib olgan holda o`zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan 
treninglarning to`liq yoki ularning ba'zi bir bosqichlari, elementlarini 
ishlatishlari mumkin.  
“I va II guruh kationlari aralashmasini sistematik tahlil qilish” mavzusi 
bo`yicha o`tilgan ma'ruza va laboratoriya mashg`ulotlaridan so`ng talabalarni 
baholab olish maqsadida innovatsion pedagogik texnologiyaning interfaol 
usullaridan biri bo`lgan "Blits-so`rov" yoki “To`g`ri joylashtir” usulining 
qo`llanilishi ayni mavzuni har tomonlama kengroq o`rganishga mos keladi. 
Ushbu usul talabalarni harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, 
mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan fani asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar 
ichidan keraklisini tanlab olishni, o'z faoliyatini rejalashtira olishni o'rgatishga 
qaratilgan.  
O'qituvchi talabalarga ushbu mashg'ulot bir necha bosqichda o'tkazilishi 
haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo’ljallangan vazifalarni bajarishga 
aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi 
haqida ularni ogohlantiradi, bu mashg'ulotni o'tkazish tartibi hisoblanadi. Keyin 
hammaga alohida tarqatma material beradi va ushbu materialni sinchiklab 
o'rganishlarini so'raydi. Bu jarayonni kompyuterdan foydalanib, videoproektor 
orqali ekranga uzatib ham bajarish mumkin. O'qituvchi tarqatma material 
mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi: "Talabaning familiyasi va ismi" 
va "Guruhi" bo'limlarini to'ldirishni aytadi. Har bir talaba o'zining shaxsiy fikri 
asosida "Shaxsiy javob" bo'limiga berilgan jarayonlarni ketma-ketlikda 
raqamlab chiqadi, bu topshiriq uchun 6-10 daqiqa vaqt beriladi. Keyingi bosqich 
to`g`ri javobni e'lon qilish va ajratilgan kataklarni to`ldirishdan iboratdir. 
“To`g`ri javob” va “Shaxsiy javob” bo`limlarining kattasidan kichigi ayriladi 
hamda natija son jadvalining “Shaxsiy xato” kataklariga yoziladi. 
Talabalarga to`g`ri javobni e'lon qilib, ularning ziyrakligi, 
berilayotgan har bir masala haqida mantiqiy mulohaza yuritishi, nostandart 


228 
vaziyatlarda sarosimaga tushib qolmasliklari va vaziyatga ijodiy yondashish 
ko`nikmasi muhim ekanligi e'tirof etiladi.  
Ushbu texnologiyalardan talabalarning mantiqiy fikrlarishi shakillantirish 
va takomillashtirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Topshiriqni “Blits-
so`rov” yoki “To`g`ri joylashtir” usulida amalga oshirish vazifasi: I va II guruh 
kationlarini sistematik tahlil qilishda amalga oshiriladigan jarayonlar ketma-
ketligini to`g`ri tanlang. 
Darsda mavzu bo`yicha tahlil ketma-ketligi tasvirining qo`llanilishi ayni 
mavzuni har tomonlama kengroq o`rganishga mos keladi: 
“Blits-so`rov” (yoki “To`g`ri joylashtir”) usulining "To`g`ri javob" variant 
Jarayonlar mazmuni 
S
ha
xsiy 
xa
to
S
ha
xsiy
javob
To`
g`
ri 
javob
Cho`kmani eritib olish 

K
+
kationini aralashmadan aniqlash 

Ishqor qo`shib qizdirish 

Ca
2+
kationini aralashmadan aniqlash 

NH
4
+
kationini aralashmadan aniqlash 

Ba
2+
kationini aralashmadan aniqlash 

Ammoniyli bufer va ammoniy karbonat eritmasidan qo`shish 

Sentrifuga qilib I va II guruh kationlarini bir-biridan ajratib olish 

Mg
2+
kationini aralashmadan aniqlash 

Izoh: Savollar sonini ko'paytirish mumkin 
O`qituvchi boshqa mutaxassislik bo`yicha tahsil olayotgan talabalarga 
ham “I va II guruh kationlari aralashmasini sistematik tahlil qilish” mavzusini 
o`rgatishda mavzuning mutaxassislikka xos jihatini ta'kidlab o`tganda va 
yondoshgandagina yaxshi natijalarga erishish mumkin bo`ladi. Buning uchun 
esa o`qituvchidan ijodkorlik talab etiladi. Bundan tashqari yangi pedagogik 


229 
texnologiyalardan foydalanib, har bir mashg`ulotda zamonaviy interfaol 
metodlarni joriy etgan holda mashg`ulot olib borish, darsning samaradorligini 
oshiradi va kutilayotgan natijalarning ham yuqori bo`lishi kuzatiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling