Мирзо улуғбек номидаги


Использованная литература


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

Использованная литература 
1.Соколов, Евгений Алексеевич. Проблемно-модульное обучение [Текст] : 
Учебное пособие / Евгений Алексеевич Соколов. - Москва : Вузовский 
учебник ; Москва : ООО "Научно- издательский центр ИНФРА-М", 
2012. - 392 с.
2.Чернобельская Г.М. Методика обучения химии в средней школе: Учеб. 
для студ. высш. учеб. заведений. – М.: Изд. ВЛАДОС, 2000. – 336 с. 
 
ZAMONAVIY AXBOROT VA KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA ORGANIK KIMYO FANINI 
O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
Shernazarov I. E., Abduqodirov A.A.  
TPTI akademik litsey
shernazarov_iskandar@mail.ru 
Zamonaviy 
ta`lim 
jarayoniga 
axborot 
va 
kommunikatsiya 
texnologiyalarining kirib kelishi, o’qitishning yangi shakllarini ishlab chiqishni 


243 
taqozo etadi. Bunday ta`lim shakllaridan biri kompyuterli o’qitish 
texnologiyasidir.  
Kompyuterli o’qitish texnologiyasi, asosan, elektron ta`lim resurslari orqali 
amalga oshiriladi. 
Kompyuterli o’qitish texnologiyasining xususiyati shundaki:  
- u o’quvchining mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga 
yo’naltirilgan; 
- o’qituvchi ta`lim jarayonida maslahatchi sifatida qatnashadi; 
- o’qitish jarayonidagi axborot vositalari va resurslarining faol 
integratsiyasi ta`minlanadi; 
- o’qitish motivatsiyasini oshiradi; 
- ta`limning jadalligi va natijaviyligini oshiradi; 
- o’quvchining mustaqil ishlash va izlash malakalari shakllantiriladi. 
Kompyuterli o’qitish texnologiyasida bilimlarni baholash muhim vazifa 
hisoblanadi. Ushbu texnologiya, asosan, mustaqil ta`limga yo’naltirilganligi 
sababli, o’qituvchilardan baholash jarayonini tashkil etishda faol va mas`uliyatli 
ishtirokni talab etadi. Chunki, o’quvchilarning bilimini baholash jarayonida 
nafaqat test natijalari, balki o’quvchilarning faolligi va mustaqil ishlash 
qobiliyatlari ham inobatga olinishi kerak.  
Kompyuter texnologiyasi asosida o’quvchilarga amaliy hamda laboratoriya 
ishlarini bajarib ko’rsatish natijasida o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi, 
kimyoviy 
reaksiyalarning 
mohiyatini 
tushunish 
darajasi, 
kimyoviy 
jarayonlardagi mahsulotlarning sifat tarkibi, fazoviy tuzilishini to’liq anglay 
olish imkoniyati oshib boradi. 
Bugungi 
kunda 
dars 
jarayonida 
kompyuter 
texnologiyalaridan 
foydalanishning ahamiyati oshib borayotganini e’tiborga olgan holda, 
kompyuterli o’qitishni mumkin qadar jadal sur’atlarda hayotga tatbiq etish 
lozim. Zamon bilan hamnafas bo’lgan yosh kadrlarni tayyorlash uchun 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ularni dars jarayonida faol ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. Fan-texnika taraqqiy etib borar ekan, bu taraqqiyot 
yutuqlaridan samarali foydalanish, ular asosida o’tigan darslar orqali yuqori 
natijalarga erishishga harakat qilish zarur. Bugungi kunning yoshlariga an’anviy 
usulda dars o’tishdan ko’ra zamonaviy texnika vositalari yordamida darsni 
tushuntirish, amaliy ishlar va laboratoriya mashg’ulotlarini animatsion 
ko’rinishda taqdim etish ko’proq foyda beradi. Chunki, bu usul orqali 
o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishini oshirish, eng katta muammolardan 
biri bo’lgan e’tiborni jamlay olmaslikni bartaraf etish, ularning aytib o’tilgan 
ma’lumotlarni eslab qolish darajasini oshirish, murakkab mavzularni osonlik 
bilan tushuntirish mumkin. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, murakkab 
kimyoviy jarayonlar so’z bilan aytilib, kimyoviy tenglamalar orqali ifodalab 
ko’rsatilganda hamma o’quvchilar buni birdek tushunishmaydi. Lekin ushbu 
jarayon aslida qanday ko’rinishda bo’lishi, u qanday mayda mexanizmlardan 
tuzilganligi animatsiyalar yordamida batafsil tushuntirilganda yuqoridagi holat 


244 
takrorlanmaydi. Chunki yangi va zamonaviy usulda dars o’tishning 
imkoniyatlari kengroq bo’lib, u vaqtni qisqartirish bilan bir qatorda
ma’lumotlarni osonlik bilan o’quvchilarga yetkazib beradi. Kompyuterli o’qitish 
usuli bilan dars o’tilganda o’quvchilarda faqat nazariy emas, balki undan ham 
muhimroq bo’lgan amaliy bilim va ko’nikmalar hosil bo’lishi ushbu usulning 
afzalliklaridan biridir. Odatiy dars o’tishdan ko’ra faolroq bo’lgan bu usul 
o’quvchlarni yana yangi ma’lumotlarni topib o’qish, dunyoqarashi va fikrlash 
doirasini kengaytirishga, o’z ustida ishlashga undaydi. 
Kompyuter texnologiyalari yordamida akademik litsey o’quvchilari bilim 
saviyasini oshirish uchun organik kimyo bo’limini animatsion shakllarda 
tushuntirish zarur, deb hisoblayman.  
Kompyuter texnologiyalari yordamida o’quvchilarning fikrlash, tassovur 
qilish qobiliyatini o’stirish, moddalarning fazoviy tuzilishini, reaksiyaga 
kirishish jarayonlarini anglatish an`anaviy usullarga qaraganda juda samarali 
usuldir. 
Misol 
uchun 
organik 
kimyo 
kursining 
to’yinmagan 
uglevodorodlarining fazoviy tuzilishini o’quvchilarga 3D-shaklda tushuntirish 
o’quvchilarda moddalarning fazoviy tuzilishi haqida tasavvurni kengaytiradi. 
Etilen
propilen
izobutilen

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling