Мирзо улуғбек номидаги


ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALARDAN FOYDALANISH VA


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/189
Sana27.10.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1727116
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189
Bog'liq
Milliy universitet Lobar bilan tezis

ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALARDAN FOYDALANISH VA 
KIMYODA KASBGA YO’NALTIRUVCHI FANLARNI O’QITISHDA 
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR BILAN TA’MINLASHNING 
AHAMIYATI 
Ruziyev E.A., Ismatullayeva M. 
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh. 
Zamonaviy ta’lim tizimida ko’zda tutilayotgan asosiy maqsad yosh avlodga 
ta’lim tarbiya berish, kasbga o’rgatish, ularning aqliy va ma’naviy jihatdan 
kamol topdirishdan iboratdir. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga qo’yilayotgan 
talablardan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan 
ishlab chiqarishni hayotning o’zi talab qilmoda. Bu omil ta’lim jarayonining 
tarkibiy qismlarini yangicha tartibda bo’lishini talab etadi. Ana shu tashkiliy-
pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va sharoitlariga mos holda yangi 
tamoyillarga amal qilish, ma’lum usullarining paydo bo’lishi, ta’lim 
vositalarining takomillashishi, ayniqsa ta’limni tashkil etishda o’qituvchi 
mahoratining no’ananaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda. 
Innovatsion 
pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim 
sohalariga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri 
ekanligini qayd etib o’tish zarur. 
Zamonaviy ta’lim tizimining bosh maqsadlaridan biri ta’lim jarayoning 
ishlab chiqarish va fan bilan integratsiyasini rivojlantirish oliy va o’rta maxsus
kasb- hunar ta’limi, ya’ni mutaxssis tayyorlovchi bilan ish beruvchi korxona va 


246 
tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etib, pirovard natijada malakali 
mutaxassislar tayyorlashdan iborat. 
Ta’limdagi integratsiyalashuv nafaqat bilimlarni predmetlararo bog’lanish 
asosida o’rganishni, balki o’qitish texnologiyalari, usul va shakllarining ham 
yanada takomillashinuvini o’z ichiga oladi. 
Turli rivojlangan mamlakatlardan keltirilayotgan zamonaviy asbob-
uskunalardan kimyo fanlarining laboratoriya va amaliy mashg’ulot darslarini 
jihozlashda va ta’lim jarayonida foydalanishga hozirgi paytda hukumatimizning 
qat’iy talablari va ta’lim sifatini oshirishga qo’yilayotgan talablardan kelib 
chiqadigan asosiy maqsad talaba va o’quvchilarni yuqori malakali va iqtidorli 
bo’lishiga erishishdan iboratdir.
Nafaqat oliy ta’lim, kasb-hunar ta’limi tizimida balki akademik litseylarda 
ham tabiiy fanlardan kimyoni chuqurlashtirib o’qitiladigan guruhlarda kasbga 
yo’naltiruvchi fanlarni o’qitishda tayyorlanayotgan kimyogar laborant 
mutaxassislarining bilim darajalarini oshirishda va ta’lim sifatining yuqori 
bo’lishini ta’minlashda Respublikamizning barcha kasb–hunar kollejlari va 
akademik litseylarida mavjud bo’lgan Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropa 
davlatlaridan keltirilgan zamonaviy asbob- uskunalar akademik litseylarning 
kimyodan kasbga yo’naltiruvchi fanlarida o’qitiladigan umumta’lim fanlaridan 
kimyogar laborantlarga oid bo’lgan darslarda bajariladigan, laboratoriya va 
amaliy mashg’ulotlarda shu fanga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan 
birga turli o’lchov vositalari bilan muloqat va munosabatda bo’lish 
ko’nikmalarini ham shakllantiradi. 
Ayniqsa, analitik kimyoni bakalavr ta’lim tizimida ta’lim olayotgan 
talabalarga o’qitishning zamonaviy analiz usullari, fizik-kimyoviy analiz 
usullari, fizikaviy usullari, elektrokimyoviy va spektroskopik analiz usullari kabi 
fanlaridan, kimyo magistrlariga analitik kimyoning suvsiz eritmalarning 
elektrokimyoviy analiz usullari, polyarografik va potensiometrik analiz usullari, 
ionometrik, atom-emission va atom-adsorbsion analiz usullari kabilarni 
o’qitishda zamonaviy o’lchov vositalardan foydalanmaslikning iloji yo’qligi 
hammamizga ma’lumdir. Shuning uchun hozirgi paytda ta’lim jarayoni faoliyati 
tugatilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo’lgan 
zamonaviy asbob-uskuna va o’lchov vositalarini yo’nalishlarga mos oliy ta’lim 
dargohlaridagi kafedralarga taqsimlash maqsadga muvofiq ish bo’lar edi, deb 
hisoblaymiz. Hozirgi sharoitda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda fan 
va texnikaning so’nggi yutuqlaridan foydalanish zarur bo’ladi. 
Faoliyati davom ettirilishi ko’zda tutilgan oliy ta’lim dargohlari tasarrufiga 
o’tkazilgan akademik litseylarni tugatgach mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan 
yoshlardan eng zamonaviy ta’limga asoslangan bilim, ishlab chiqarishning 
iqtisodiy asoslari va chuqur ilmiy texnik bilim mehnatga ijodiy va ongli ravishda 
yondashuv 
talab 
etiladi. 
Bunday 
yondashuv 
akademik 
litseylarda 
tayyorlanayotgan o’rta qism mutaxassislari-laborantlar, texniklar va boshqalarni 


247 
kimyo sanoatining turli sohalari va ma’lum jarayoni uchun tayyorlashga ham 
bevosita aloqadordir. 
Kasbga yo’naltiruvchi fanning kimyogar laborantlar tayyorlash bo’yicha 
tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun ajratilgan o’quv soati yuklamalari kam 
ekanligini hisobga olib, hatto ikki soatdan ajratilgan darslarda ham nazariy 
bilimlarni 
mustahkamlashga 
hamda 
ishlab 
chiqarish 
korxonalari 
laboratoriyalarida ishlab keta olishini ta’minlash maqsadida kimyoviy va ba’zi 
fizik kimyoviy analiz jarayonlari bilan ham tanishtirishi imkonini hisobga olish 
zarur. Ushbu mutaxassislik yo’nalishi yangi bo’lganligi sababli ushbu ma’lum 
yo’nalishi uchun maxsus darsliklar va o’quv qo’llanmalar mavjud emas. 
Shuning uchun ma’lum yo’nalishiga qo’yilgan talablar asosida o’qishini tashkil 
etish uchun maxsus o’quv rejalari, dasturlari va o’quv jarayonini tashkil etish 
uchun maxsus qo’llanmalar tayyorlash muhim hisoblanadi. 
Kasbga yo’naltiruvchi fanning kimyogar laborantlar tayyorlash yo’nalishi 
bo’yicha ma’lum talablarga asoslangan kimyoning anorganik, organik va 
analitik kimyo kabi yo’nalishlarining turli bo’limlari bo’yicha hamda 
laboratoriya amaliyotida zarur bo’lgan masalalarni o’z ichiga olgan nazariy 
tushunchalarni, akademik litseylarda mavjud bo’lgan kimyoviy asbob –
uskunalar va zamonaviy o’lchov vositalaridan foydalanishga asoslangan 
laboratoriya ishlarini o’rganish bo’yicha amaliy ishlarni o’z ichiga olgan uslubiy 
qo’llanma tayyorlandi. Tayyorlangan qo’llanmaga yuqorida qayd etilganlardan 
tashqari laboratoriya ishlari uchun zarur bo’lgan jadvallardan iborat ma’lumotlar 
ham kiritilgan. 
Kasbga yo’naltiruvchi fan bo’yicha kimyo yo’nalishidagi kafedralarning 
filiallari mavjud bo’lgan akademik litseylarning tabiiy fanlar yo’nalishidagi 
tarmoq ta’lim standartining chuqurlashtirilgan fanlar o’quv dasturlarida 
(Toshkent-2005) kimyo chuqurlashtirib o’qitiladigan akademik litseylar uchun 
namunaviy o’quv dasturi ham tavsiya etilmagan. 
O’zbekiston 
Respublikasining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
vazirligining yangi o’quv rejalarida akademik litseylar tabiiy fanlar 
yo’nalishining kimyo fanlari chuqurlashtirib o’qitiladigan guruhlariga 
qo’shimcha mutaxassisliklar berish maqsadida kasbga yo’naltiruvchi fanni 
o’qitish uchun yigirma soat ma’ruza va amaliy dars soatlari ajratilgan. Shuning 
uchun Samarqand davlat universiteti tasarrufidagi akademik litseyda kasbga 
yo’naltiruvchi fanni (kimyogar laborantlar tayyorlash yo’nalishi bo’yicha) rejali 
asosda o’qitish uchun uslubiy qo’llanmani tayyorlash uchun ko’zda tutilgan 
mavzularni qamrab olgan taxminiy o’quv rejasi tuzildi.
Akademik litseylarning tabiiy fanlar yo’nalishi talabalari uchun kasbga 
yo’naltiruvchi fanni o’qitish nomli o’quv-uslubiy qo’llanma akademik 
litseylarning tabiiy fanlar yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun 
mo’ljallangan bo’lib, kimyogar laborant qo’shimcha mutaxassisligini oluvchi 
bitiruvchilarga mo’ljallangan. Qo’llanmadan laborantlar tayyorlaydigan kasb-
hunar kollejlari va universitetlarning kimyogar laborantlar tayyorlaydigan 


248 
maxsus kurslarning o’qituvchilari, laborantlari va talabalari ham foydalanishlari 
mumkin. Qo’llanmaga kimyo bilan bog’liq bo’lgan laboratoriyalar uchun zarur 
bo’lgan laborantlar bilishi zarur bo’lgan asbob-uskunalar, reaktivlar va ba’zi 
zamonaviy o’chov vositlariga oid bo’lgan ma’lumotlardan tashqari ba’zi 
kimyoviy hisoblarni bajarish uchun zarur bo’lgan masalalardan ham namunalar 
berilgan. 
Kimyogar laborantlar tayyorlash rejalashtirilayotgan kasbga yo’naltiruvchi 
fanni o’qitishda talabadan ko’proq mustaqil fikrlashni, berilgan masala va 
amaliy ishlarga har tomonlama ijodiy yondoshishni talab qiladigan texnologiya 
qo’llaniladi. Kasbga yo’naltiruvchi fanni o’qitish uchun ushbu uslubiy 
qo’llanmada tuzilgan, ya’ni tavsiya qilinayotgan o’quv dasturi talabalarda shu 
yo’nalish bo’yicha kimyo va kimyo amaliyotidan chuqur bilim berishga va 
kimyoga bo’lgan qiziqishni orttirishga o’z hissasini qo’shishiga umid bildiramiz 
va shu soha mutaxassislarining tayyorlangan uslubiy qo’llanmaning ilk variyanti 
bo’yicha fikr-mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling