Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet147/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning 
ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati 
shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma'lum bo‘limini 
o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi 
mumkin. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant yordamida olib 
boriladi. Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi 
sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan 
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki 
olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-
matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishda 
keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini 
amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifasini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish 
uchun ulardan uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga 
ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan 
munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompe-tentsiyalarini 
baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va 
kompetentsiyalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib 
kelgan. Chunki u o‘quv adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud 
qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malakalari va kompetentsiyalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va 
vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish 
darajasiga tayangan holda belgilanadi.


232 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling