Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 307-guruh talabasi Avlaqulov Qobilning Biologiyani o’qitish metodikasi fanidan Taqdimot ishi


Download 340.64 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi340.64 Kb.
#1291797
Bog'liq
307-guruh Avlaqulov Qobilbek prezintatsiya

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 307-guruh talabasi Avlaqulov Qobilbekning Biologiyani o’qitish metodikasi fanidan Taqdimot ishi

Mavzu: Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlari

Reja:

  • 1. Baliqlar markaziy nerv sistemasi.
  • 2. Sezgi organlari.
  • 3. Reflekslar.

Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bo‘lib, umurtqa pog‘onasi nayi ichida joylashgan. Orqa
Miyaning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga
nervlar chiqadi.
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, nerv nayi oldingi qismining o‘zgarishidan kelib chiqqan. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bo‘limlardan iborat. Miyaning hamma bo‘limlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.
Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi. Ular yordamida baliq o‘z ozig‘ini topadi yoki yaqinlashayotgan dushmanini bilib oladi. Suvdagi sharoitni aniqlashda ham sezgi organlari katta yordam beradi. Sezgi organlari orasida ko‘zlar muhim ahamiyatga ega. Baliqlarning ko‘zi qovoqsiz, boshining ikki yonida joylashgan. Ular yaqin masofadan ko‘radi, narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Ko‘zlar oldida joylashgan ikkita burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga
ega bo‘lgan xaltachalarga ochiladi.
Baliqlar nerv sistemasi va bosh miyasining tuzilishi:
1 – bosh miya; 2 – orqa miya; 3 – oldingi miya;
4 – o‘rta miya;
5 – miyacha; 6 – uzunchoq miya; 7 – oraliq miya
Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit bo‘lganligidan
tovushni yaxshi o‘tkazadi. Tajribalarda baliqlar qirg‘oqda yurgan odam qadami, suzib kelayotgan qayiq ovozi, qo‘ng‘iroq va o‘q tovushlarini
yaxshi eshitishi aniqlangan.
Ta’m bilish hujayralari baliqlarning og‘iz bo‘shlig‘i, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zog‘ora baliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo‘ylovlar tuyg‘u vazifasini bajaradi.
Baliqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlarning ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq tanasining ikki yonida qator bo‘lib joylashgan teshikchalardan iborat. Teshikchalar maxsus sezuvchi hujayralari bo‘lgan naychalar bilan tutashgan. Yon chiziqlar suv oqimi, suv ostidagi narsalarni sezishga yordam beradi. Yon chiziqlari tufayli hatto ko‘r bo‘lib qolgan baliq ham to‘siqlarni sezadi, harakat qilayotgan o‘ljasini tutib oladi.
Reflekslar. Agar baliqni biror narsa bilan turtsak, u o‘zini tezlik bilan chetga oladi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo‘ladi. Ta’sir sezgi hujayralari tolalari orqali markaziy nerv sistemasining bosh miya yoki orqa miya qismiga uzatiladi. U yerdan ta’sirga hosil bo‘lgan javob tegishli organlarga uzatiladi. Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm ta’sirga javob beradi.
Baliqlar o‘z o‘ljasini sezganida ham xuddi shunga o‘xshash holat sodir bo‘ladi. Zog‘ora baliq chuvalchangni ko‘rganida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish ko‘rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o‘ljasini ushlab oladi. Hayvonlarning ta’sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug‘ma bo‘lganidan shartsiz reflekslar, ya’ni instinkt deyiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bo‘lib, baliqlarning hayoti davomida o‘zgarmasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga o‘tadi. Bitta turga kiruvchi hamma hayvonlarning shartsiz reflekslari bir xil bo‘ladi.
Shu bilan birga hayvonlarning hayoti davomida hosil bo‘ladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta’sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo‘lgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o‘tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 340.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling