Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Saxi(y)liq, baxilliq to’g’rilarida


Download 390.19 Kb.
bet29/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Saxi(y)liq, baxilliq to’g’rilarida

Ayo do’st, biliklik yizin11 izlagil,


Qali12 so’zlasang so’z bilib so’zlagil.
Axi arni o’kkil o’kar arsa san13,
Baxilg’a qattig’ yo, o’qun gizlagil.

Qamug’ til axi ar sanasin ayur,


Axilliq qamug’ ayib kirini yuyur.
Axi bo’l senga so’z so’kunj kelmasun,
So’kunj kelgu yo’lini axilliq teyur1

Ekilmas ko’ngulni axi ar ekar,


Tiqilmas murodqa axi ar tekar,
Baxillikni qani o’kar til kabu
Axilliqni ham xos tuzu2 xalq o’kar.

Baxil yig’di zar sim haromtin o’kush,


U bol ko’tru3 bordi o’zala so’kush,
Ulush4 bo’ldi moli kishilar aro,
Baxil oldi andin so’kunjtin ulush.

Yana bir keraklik so’zum bor senga,


Atayin man ani, quloq tut menga!
So’z uldur: takabburni boshtin solip
Tovazu’ni bark tut yopush ket anga.

Takabbur qamug’ tilida yirlur5 qilig’,


Yiliqlarda adgu qiliq xuy qiliq,
Qamug’ kazg’aniqli6 ajun molini
Yeyuvmadi, bordi, ko’rung holini.
AHMAD YASSAVIY ham BOQIRG’ONdan

...G’arib faqir yatimlarning boshin silab,


Ko’ngli qattig’ xaloyiqdan qochtim mano.

Qayda ko’rsang ko’ngli sinuq marham bo’lg’il,


Qandog’ mazlum yo’lda bo’lsa hamdam bo’lg’il,
Ro’zi mahshar dargohiga mahram bo’lg’il,
Movumanlik7 xaloyiqdin qochdim mano.

G’arib faqir yatimlarni Rasul so’rdi,


Oshal kecha me’roj chiqib diydor ko’rdi,
Qaytib tushub g’arib, faqir holin so’rdi,
G’ariblarning izin izlab tushtum mano.

Ummat bo’lsang g’ariblarga tobe bo’lg’il,


Oyat, hadis har kim aytsa some’ bo’lg’il,
Rizqu ro’zi harna bersa qoni’ bo’lg’il,
Qoni’ bo’lub shavq sharobii ichtim mano.

Madinaga Rasul borib bo’ldi g’arib,


G’ariblikda mehnat tortib bo’ldi habib.
Jafo tortib, Yaratqang’a bo’ldi qarib,
G’arib bo’lub aqbalardin1 oshtim mano.

Oqil ersang g’ariblarning ko’nglin ovla,


Mustafodek elni kezib yatim kavla.
Dunyoparast nojinslardan bo’yun tovla,
Bo’yun tovlab daryo bo’lub toshtim mano...

* * *

Qiyomatning shiddatidin aqlim hayron,
Ko’nglum qo’rqqan, jonim hurkgan xonavayron,
Sirot otlig’ ko’frukdan dilim larzon,
Aqlim ketib, bexush bo’lub qoldim, do’stlar.

Qul Xo’ja Ahmad qirqqa kirding nafingni qirq,


Munda yig’lab oxiratda bo’lg’il oriq.
Po’st iymon shariatdur mag’zi tariyq2
Tariq kirgan Haqdin ulush oldi, do’stlar.

Subhi sodiq dushanba kun birga kirdim,


Mustafog’a motam tutub kirdim mano.
Oltmish uchda sunnat, dedi eshtib bildim,
Mustafog’a motam tutub kirdim mano.

Yer ustida yoronlarim motam tutti,


Olam hama sultonim deb na’ra tortti,
Haqni topqan chin so’fiylar qonlar yutti,
Mustafog’a motam tutub kirdim mano.

Alvido, deb yer ostiga qadam qo’ydum,


Yoruq dunyo harom qilib, Haqni so’ydum,
Zikrin aytib yolg’uz o’lub, yolg’uz kuydum,
Mustafog’a motam tutub kirdim mano...

* * *
Ayo do’stlar, pok ishqini qo’lg’a oldim,


Bu dunyoni dushman tutub yurdum mano.
Yoqam tutub hazratiga sig’nib keldim,
Ishq bobida mansursifat bo’ldum mano.

Ishq yo’lida oshiq bo’lub Mansur o’tti,


Belni bog’lab Haq ishqini mahkam tutti,
Malomatlar, ihonatlar ko’p eshtti,
Ey mo’minlar, man ham Mansur bo’ldum mano.

Uch yuz mulla yig’lib bitti ko’p rivoyat,


Shariatdur men ham bitay bir rivoyat.
Tariqatda haqiqatda Haq himoyat,
Boshim berib Haq sirrini bildim mano.

“Anal haq”ning ma’nosini bilmas nodon,


Dono kerak bu yo’llarda poku mardon,
G’ofil qullar Haq yodini aydi jondan,
Jondin kechib jononani suydum mano.

Imo qildim dono bo’lsa ma’ni olsun,


Qol ilmidin bitib edim nishon qolsun,
Durru gavhar so’zlarimni ichga solsun,
Holdin aytib oshiqlarga berdim mano.

Esiz Mansur xo’rliq birla bo’ldi ado,


Bir so’z birla yoronlardin bo’ldi judo.
Holi dilni hech kim bilmas Tangri guvoh,
Qonlar yutub men ham guvoh bo’ldum mano.

Shoh Mansurni “Analhaq”i bejo emas,


Yo’lni tobqan bizga o’xshash gumroh emas.
Har na jinslar bu so’zlardin ogoh emas,
Ogoh bo’lub bo’yi Xudo (topdim) mano1.

Nodonlarg’a esiz so’zum hayfi hikmat,


Odamman deb belni bog’lar qani himmat?
Dunyo uchun bir-birig’a qilmas shafqat,
Zolimlarg’a asir bo’lub o’ldum mano.

Zolimlarda had na bo’lgay bizda gunoh,


Darvishlarni xalqi murdor o’tmas duo.
Ul sababdin podshoh qilur bizga jafo,
Oyat, hadis ma’nosidin aytim mano.

Zolim agar jafo qilsa Alloh degil,


Eling ochib, duo aylab buyunsungil,
Haq dodingga yetmas bo’lsa gila qilg’il,
Haqin eshtib bu so’zlarni aydim mano.

Zolim agar zulm aylasa manga yig’la,


Yoshing sochib, manga sig’nib beling bog’la.
Harom, shubha tark etibon yurak dog’la,
Zolimlarga yuz ming balo berdim mano.

Zolimlarning qurbi nedur men yaratqan,


Yaratkanni manzur qilmay sen unutqan.
Mendin kechib zolimlarning ilkin tutqan,
Zolimlarga o’zum rivoj berdim mano.

Sanga jazo Yaratqang’a yolbormading,


“Illolloh” deb tunlar turub ingranmading.
Haqiqatdin so’zlar ayt(d)im eshitmading,
Zolimlarning ilkin uzun qildim mano.

Zolimlardin shikva qilma zolim o’zung,


Xo’ying riyo, ta’sir qilmas xalqqa so’zung.
Dunyo molin to’la berdim to’ymas ko’zung,
Horislarni sijjin ichra soldim mano1...

* * *

Oqil ersang go’ristondin xabar olg’il,
Men ham shundog’ bo’lurman deb ibrat olg’il,
“Mavtu qablan tamutu”g’a amal qilg’il,
Bu hadisni fikr aylabon o’ldum mano.

Amalsizlar qah-qah kulur, xurram yurur,


Farmonig’a bo’yinsung’an purg’om yurur,
Kecha-kunduz diydalari purnam yurur,
Ko’z yoshimni daryo qilib yurdum mano.
* * *

Mansur aytur: “Analhaq”, eranlar ishi barhaq,


Mullalar aytur: na Haq ko’ngliga yomon olib,
Aytmagil “Analhaq” deb kofir bo’ldung,
Mansur deb, Qur’on ichra buldur, deb o'ldurdilar ko’blashib.

Bilmadilar mullalar “Analhaq”ning ma’nisin.


Qol ahdiga hol ilmini Haq ko’rmadi munosib.
Rivoyatlar bitildi, holin aning bilmadi,
Mansurdek avliyoni qo’ydilar dorg’a osib.

Afsonadir shariat1, farzonadur tariqat,


Durdonadir haqiqat oshiqlarg’a munosib.
* * *

Ahli dunyo xalqimizda saxovat yo’q,


Podshohparda, vazirlarda adolat yo’q,
Darvishlarning duosida ijobat yo’q,
Turluk balo xalq ustig’a yog’di, do’stlar.

Oxir zamon olimlari zolim bo’ldi,


Xushomadni aytguchilar olim bo’ldi.
Haqni aytgan darvishlarga g’anim2 bo’ldi,
Ajab shumluq zamonalar bo’ldi, do’stlar.

Qiyomat kun yovuq yetti qolg’ani yo’q,


Qul Ahmadning aytkan so’zin yolg’oni yo’q,
O’z-o’zig’a bir nasihat qilg’ani yo’q,
Nasihatin xalqqa aytib ketti, do’stlar.

Oxir zamon shayxi tuzar suratlarin,


Zuhdu taqvo qilmay buzar siyratlarin.
Karomat der xobi g’aflat ro’’yatlarin1,
Riyo birla xalqqa o’zin sotar, do’stlar.
* * *
G’ariblikda g’arib bo’lgan g’ariblar,
G’ariblar holin bilg’an g’ariblar,
Sabab birla yiroq yerga boribon
Qarindosh qadrin bilgan g’ariblar.

Suvsaganda suvga muhtoj bo’lg’an,


Tirikda zor o’lub o’lgan g’ariblar.
Kishi bilmas g’ariblar holi nedur
Kim ul beqadr, ular miskin g’ariblar.

Kel emdi Ahmado, o’zungga boqg’il,


G’aribsan, sen g’arib miskin g’ariblar..
* *

Dunyo maning deganlar,


Jahon molin olg’anlar,
Katkas qushdek bo’lubon
Ul xaromg’a botmishlar.

Mulla, mufti bo’lg’anlar,


Nohaq da’vo qilg’anlar,
Oqni qora qilg’anlar
Ul tomuqg’a kirmishlar.

Qozi, imom bo’lg’anlar,


Nohaq da’vo qilg’anlar,
Himor2 yanglig’ bo’lubo
Yuk ostida qolmishlar.

Harom yegan hokimlar,


Rishvat olib yeganlar,
O’z barmoqin tishlabon
Qo’rqub turub qolmishlar.
Totlig’, totlig’ yeganlar,
Turluk, turluk kiyganlar,
Oltun taxt o’lturganlar
Tufroq aro yotmishlar.
* * *

Yetimni ko’rsangiz og’ritmangizlar,


G’aribni ko’rsangiz dog’ etmangizlar.

Yetimlar bu jahonda xor ekandur,


G’ariblarning ishi dushvor ekandur.

G’ariblarning ishi doim so’lukdur,


Tirik emas, g’arib misli o’lukdur.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling