Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Nuh to’foni afsonasidan bir parcha


Download 390.19 Kb.
bet32/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Nuh to’foni afsonasidan bir parcha

Aytmishlar: sichqon kemani teshmishta odamlarg’a g’arq bo’lur qo’rqunji bo’ldi ersa, suv ichinda kema teshugini tilab bo’lmadilar6 Nuh ayttikim: Har kim bu teshukni topib berkitsa, ne tilagi bor ersa bergaymiz, dedi. Yilon aytti: Men borayin, teshukni berkitayin, suv kirmasun. Kirgan suvlarni tashqari chiqarsunlar. Yilon aytti: Menga ne bergaysiz? Nuh aytti: Ne tilarsen?! Yilon aytti: Qaysi et kim totliroq ersa oni bergil. Nuh qabul qildi. Yilon suvga kirib teshukni berkitti. Suv kirmas bo’ldi, ichindagi suvni qochtilar. Suv qo’rqunji qolmadi. Kemadin chiqmishdan so’ng yilon kelib, Nuhdin so’zlashgan etni tiladi. Nuh aytti: Jonivorlar qamug’lari chiqti, har taraf bordilar. Etlarni qayda bilaling?! Yilon taqozo qildi ersa, Nuh payg’ambar pashshani indadi, dedi: Borgil, yer yuzindagi qamug’ etlari totgil, qaysi totlig’ bo’lsa yilonga beraling, dedi. Pashsha bordi. Kech qoldi. Yilon taqozo qildi. Nuh payg’ambar o’tlug’ bo’lub, pashshani tilagali qarlug’ochni yubordi. Qarlug’och kelib pashshani tobti. Nedin holding?! dedi ersa, pashsha aytti: Yer yuzi keng ermish kezmak uchun kech qoldim, dedi. Qarlug’och aytti: Etlarni totting, qaysi et totlig’rog’ turur?! Pashsha aytti: Qamug’din odami eti totlig’roq turur. Qarlug’och aytti: Ul etning totlig’i og’zingda bor bo’lg’ay. Og’zingni ochqil, men islab ko’rayin. Pashsha og’zin ochti. Qarlug’och pashsha og’zin islaguncha tumshug’i bilan pashshaning tilin kesib soldi. Ul kundin beri pashsha so’zlay bilmas bo’ldi. Ikkavlan Nuh payg’ambarga keldilar. Nuh nechakim pashsha birlan so’zlashti, pashsha so’zlay bilmadi. Yarog’siz un qilur bo’ldi. Qarlug’ochdin so’rdikim: Bu nedeb so’zlaydur?! Hech oning so’zin anglasa bo’lmaydur. Qarlug’och aytti: Mening birla so’zlashti qamug’ etlardan suv baqasining eti totlig’roq, dedi. Kech qolg’anga qo’rqub so’zlay olmaydur, dedi. Nuh baqa etini yilong’a berdi. Ul jihatdin bu kun yilonlar baqa yerlar. Agar qarlug’och ul kun zi(y)raklik qilmasa erdi, bu kun odamlar qamug’ yilonga yem bo’lgay erdilar.


Hikoyat

Aytmishlar: bir kun xo’jasi Luqmonni bug’doy ekgali yubordi. Luqmon borib arpa ekti. Bug’doy unmasmu? dedi. Beki aytti: Unmas. Luqmon aytti: Andok ersa sen ham yovuzluk tuxmin ekasen, azguluk tama’ qilmag’il, dedi.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling