O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 8.68 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi8.68 Kb.
#1546863
  1   2
Bog'liq
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI


61010300 -

Sport faoliyati (xotin-qizlar sporti ta’lim yo’nalishi bo’yicha) TURIZM
fanidan Tillayeva Barchinoyning tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Sayohatlarda birinchi tibbiy yordam

Sayohatlarda birinchi tibbiy yordam berish usullari


1. Yiqilish, surinish, dumalab ketish sababi bilan etlarni shilini-shi, bo’g’inlarning cho’zilishi yoki qo’zg’alishi, suyaklarning chatnashi (yorilishi) yoki sinishi mumkin
2. Tosh, shox va boshqa o’tkir uchli narsalarga urilish, yiqilish oqibatida mushaklarning yirtilishi (kesilishi), qon tomirlarining yorilishi (uzilishi) natijasida qonlar otilib chiqishi mumkin.
 
Sayohatlar jarayonida jarohatlanish yoki boshqa tasodiflar bo’lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Qatnashchilarni tartib-qoidalar bilan qurollantirish, ularni doimiy ravishda nazorat qilib, kuzatib borish natijasida ko’ngilsiz hodisalarning kamroq bo’lishiga erishish mumkin. U yoki bu sabablar oqibatida quyidagi hodisalar bo’lishi mumkin, ya’ni:
3. Ehtiyotsizlik sababli ovqat pishirish, choy qaynatish, gulxan yoqish yoki atroflarda olov yonishi tufayli badan a’zolari kuyishi sodir bo’ladi.
4. Quyoshda yalong’och bo’lib ko’p yurish, yotish oqibatida nurlanish (quyosh urishi) vujudga keladi.
5. Daryo, katta ariq, kanal, ko’l, ko’lmaklarda cho’milib cho’kib yoki oqib ketish natijasida ko’p suv yutib hushdan ketish mumkin.
6. Yoqimsiz, eski (achigan) ovqatlar, zamburuq, qo’ziqorin va yovvoyi mevalarni (olcha, jiyda, do’lana, olho’ri, yong’oq va h.k) iste’mol qilish natijasida ko’ngil aynish, qusish, qorin og’rig’i va h.k. bo’ladi.
7. Surunkali (xronik) kasalliklarning (ich ketish, yo’talish, bosh og’ri-g’i, buyrak shamollashi va h.k) asoratlari qo’zg’alishi kabi illatlar ham sodir bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan voqeliklar va yana boshqa hodisalar tibbiy bilimlarga yetarlicha ega bo’lmasligining oqibatidir, deyish ham mumkin. SHu sababdan bir kunlik, tunab kelish, ayniqsa ko’p kunlik sayohatlarda tibbiy hodimning (shifokor yoki feldsher, medsestra) bo’lishi shart. Ularga maxsus tayyorlangan sanitarlar (qatnashchilar hisobidan) va ma’lum darajada tibbiy malakaga ega bo’lgan bevosita yordam berishlari lozim bo’ladi. Tibbiy xodimlar sayohat sharoitlarini bilishlari zarur bo’lgan dori-darmonlar, texnik vositalar, moslamalarni olib yurishlari shartdir. SHunday bo’lsada sayohat qatnashchilarining deyarlik barchasi birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usullarini sayohatlar davomida (musobaqa-slyot) amalda yana sinab ko’rishlari lozim. Zaruriyat bo’lganda esa amaliy yordam ko’rsatish kerak bo’ladi.

Download 8.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling