Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet2/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Qabilaviy adabiyot namunalari deb ko’rsatilgan adabiy parchalar “Chistoni(y) Elikbegning hikoyasi”, “Devonu lug’atit turk” kitoblari va “Alpomish” kabi dostonidan olingan. Fitratning ta’kidlashicha, “Chistoni(y) Elikbegning hikoyasi” VIII-IX asrlarga oiddir. “Tilining yengilligiga qarab uni O’rxun yozuvlaridan keyin yozilgan” degan xulosaga kelgan olim majmuada hikoyaning aslini keltirish bilan birga uning o’zbekcha tarjimasini ham berib o’tadi. Ikkinchi namuna Mahmud Koshg’ariy asaridan olingan bo’lib, uni muallif “Ov o’yinlari”, uchinchi namunani esa “Ovdan urushga” deb nomlaydi. Bu namunalar olimning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” majmuasida to’la aks etgan edi. Qabilaviy hayotning ko’p qismi tinchlik, to’y bilan emas. urushlar bilan o’tishini ta’kidlagan manbashunos olim “Ovdan urushga” tizmasini berish orqali ana shunday qabilaviy urushlar tasvirini kitobxonga yetkazmoqchi bo’ladi. Majmuadagi “Alpomish” dostonining boshlang’ich qismidagi parchalar Rozi Olim tomonidan Hamroqul baxshi va Fozil Yo’ldosh o’g’li kabi dostonchilardan, dostonning so’nggi qismi esa Alaf tomonidan Berdi baxshidan yozib olingan variantlardir. Muallif asardagi qabilaviy hayot namunalarini keltirish orqali u asarning qadimiyligiga ishora qiladi.
Feodallik davri adabiyoti namunalari deb nomlangan bo’lim VIII asrdan islomiy adabiyotning kirib kelishiga qadar yaratilgan asarlardan tarkib topgan. Qabilachilik davrida boshlangan doston adabiyoti keyingi davrlarda kengayib, badiiy jihatdan tugallanib davom etgani ma’lum. Fitrat bunday tarixiy dostonlar sirasiga “O’g’uzxon”ni kiritadi. Bu davr yozma adabiyotining asosiy namunalari sifatida O’rxun-Yenisey toshbitiklari matnlarini o’quvchiga taqdim etadi. Shu bilan birga bu davr namunasi sifatida majmuada “Alp Erto’nga” marsiyasi, “Yoy bayti”, “Kitobi Dada Qo’rqut” dostoni, “Devonu lug’atit turk”dagi ta’limiy asarlardan parchalar keltirilgan.
Savdo sarmoyasi davri adabiyoti nomli bo’lim majmuada salmoqli o’rinni egallaydi. Fitrat bu nom ostida “Qutadg’u bilig”dan (XI asr) tortib temuriylar davlatining o’zbekxonlar hujumi orqali barham topishi davrigacha (XVI asr) bo’lgan turkiy adabiyotning noyob namunalarini birlashtirgan. Bu davr ijtimoiy hayotida beklar, ma’murlar,askarlar,sayyidlar,olimlar,tabiblar, tush ta’birchilari, yulduzchi (munajjim)lar, shoirlar, tarixchilar, savdogarlar, chorvadorlar, temirchilar, o’qchilar, yoychilar kabi tabaqalaniqh vujudga kelgan edi. Yusuf Xos Hojib o’zining dostonida qo’shin boshlig’i, vazir, elchi, qopqachi (eshik og’asi), bekning qanday bo’lishi va ularning qanday xizmat qilishlarini ko’rsatib o’tgani ma’lum. Fitrat domla bu kabi tabaqalanish Markaziy Osiyoda X asrdan boshlab qat’iy farqlanish davriga kirganini ta’kidlash orqali Ovro’padagi savdo sarmoyasining vujudga kelish davridan bir necha yuz yillar avval yurtimiz bunday taraqqiyot bosqichiga kirganini ta’kidlaydi. Ayni davr xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi namunalar sifatida Ahmad Yugnakiynnng “Hibbat ul-haqoyiq” dostoni, Xoja Ahmad Yassaviy va Hakim Qo’laymon ota Boqirg’oniy hikmatlari, Rabg’uziyning “Qissasu-l-anbiyo” asarlarini belgilaydi. Ayni asarlarning diniy-ta’limiy xarakterda ekan ularning majmuaga kiritilib, O’zbek adabiyoti tarixidan o’rin olishiga mone’lik qilmaydi. Fitrat domlaning mana bu ilmiy jasorati o’z davrida keskin tanqidlarga uchragan bo’lishiga qaramasdan (J.Boybo’latov va boshqalar tomonidan) ayni ilmiy harakat bu kabi ulug’ ma’rifiy asarlarni adabiyotimiz tarixidan muqim o’rin olishiga sabab bo’ldiki, keyingi davrlarda Olim Sharafiddinov, Porso Shamsiyev, Oybek va Hamid Olimjon tomonidan yaratilgan xrestomatiyalardan ham Fitrat keltirgan namunalar qayta o’rin olgani sir emas.
Muallifning talqinicha, temuriylar davri deb ataladigan adabiy davr “Temurning o’z tilidan (balkim o’z tomonidan) yozilgan “Tuzuki Temur” yo “Tuzukoti Temuriy” nomli asari bilan boshlanishi. Biroq bu kitobning asl chig’atoychasi olimning qo’lida yo’qligi bois undan parchalar kiritmagan. Shuning uchun temuriylar davrining eng birinchi asari sifatida 1410-yili Balx shahrida yozilgan “Yusuf va Zulayxo” kitobi olingan. Majmuadagi keyingi namunalar Atoyi, Lutfiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Bobur g’azallari asosida saylab keltirilgan.
Abdurauf Fitrat majmuada turkiy adabiyotning go’zal namunala¬rini taqdim etadi, izohlaydi va talqin qiladi. Namunalar matni asl
matnga yaqinligi bois ularning aksariyati bugungi kundagi nashrlarga asos vazifasini o’tamoqda. Majmuadagi manbalarning bir necha qo’lyozma nusxalariga ega bo’lgan olim, ularni qiyosiy-tarixiy metod asosida o’rganib asl manbani topishga, asl matnni tiklashga harakat qiladi. Majmuada keltirilgan parchalardagi tushunarsiz, izohtalab so’zlarning izohini havolalar orqali berib o’tadi.
Abdurauf Fitrat buyuk adabiyotshunos edi. Shuning uchun adabiyot- shunoslikka doir ilmiy hamda badiiy manbalarga alohida e’tibor bilan qaragan. Olimning g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti, uning asarlari xususida ko’plab tadqiqotlar yaratgani adabiy jamoatchilikka ma’lum. Shu bois Fitrat ushbu majmuada Navoiyning deyarli barcha asarlariga murojaat qilib, majmuaning salmoqli qismini buyuk shoir ijodiga bag’ishlagan. Alisher Navoiyning “Xazoyin-ul-maoniy” jamlanmasidagi to’rt devon tarkibiga kiruvchi lirik merosi, “Xamsa”ning besh yirik dostonlaridan, “Muhokamat-ul- lug’atayn”, “Mezon-ul-avzon” kabi ilmiy, “Mahbub-ul-qulub”, “Munshaot” kabi nasriy asarlaridan namunalar keltiradi.
Ko’rinadiki, majmuadagi jiddiy tadqiqotni talab qiluvchi har bir manbani olim sinchiklab tekshirgan, uning mavjud variant va qo’lyozmalari hamda nashr nusxalari (agar chop etilgan bo’lsa) bilan solishtirgan. Muhimi, boy, lekin tarqoq hali jamlanmagan milliy adabiyotimiz namunalarini izchil tizimga solgan, adabiyot tarixi uchun materiallar sifatida xronologik asosda jamlagan. Agar mumtoz adabiyot tarixiga oid o’nlab risola va maqolalarda ilmiy tadqiqot ruhi ustunlik qilgan bo’lsa, adabiy majmualarida esa o’z davri matnshunosligi va manbashunosligining asosiy jihatlarini o’zida aks ettirgan.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling