Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet8/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Ovdan urushga
("Devoni lug’at "dagi tizmalardan)
Iqilachim1 arik2 bo’ldi
Arik bo’lg’u yari3 ko’rdi
Bo’lit urub4 ko’k urtuldi
Tuman turub to’li yog’di


O’zbekchasi: Mening sho’x, go’zal otim sho’xlik, qila boshladi
Bulutlar paydo bo’lub ko’k yuzini yopganda
Havo tumanlanib jala yoqqanda
Mening otim ham sho’xlik, qilishini yararliq, ko’rdi.


Ayrim so’zlari: 1. Iqilaj — go’zal, chopag’on, sho’x ot. 2. Arik - yurushli, chaqqon. 3. Yari - yararliq. 4. Urmoq - paydo bo’lmoq.


2.Kaja turub yur ardim
Qara, qizil bo’ri ko’rdim
Qattig’ yoni qura ko’rdim
Qaya1 ko’rub baqu2 og’di


O’zbekchasi: Kechasi turub yurur edim
Qora, qizil bo’ri ko’rdim
Berk, qattiq yoyimni ko’rdim . Bo’ri katta bir tosh ko’rib shuning tepasiga chiqdi.


Ayrim so’zlari: 1. Qaya - katta, qattiq tosh. 2. Baqu - tepa.


3.Uzu1 barib o’qush2 evdim3
Talim4 yurub kujin gavdim5
Atim birla taku6 avdim7
Mani ko’rub esi8 og’di9


O’zbekchasi: Ketidan shoshib pishib bordim
Ancha yurub uni charchatdim. Otli edim.
Eng so’ng yetib oldim-da tegrasida aylanaturdim
Meni ko’rgach tusi og’di.


Ayrim so’zlari: 1. Uzu - ket, orqa. 2. O’kush - ko’p. 3. Evmak - shoshilmoq. 4. Talim - ko’b, ancha. 5. Gavmak - kuchni kamaytirmoq. 6. Taku — tekib, yetib.7. Avmak - bir narsaning tegrasida aylanmak. 8. Esi- bu shunday yozilgan,cho’zgisi ko’rsatilmagan. “Yosi”mi, “yusi”mi bo’lgani anglashilmadi. “Devoni lug’at”ning birinchi jild, 152-betida “og’miq” so’zi izoh qilinganda “qo’rqub oqardi" ma’nosida “yuzi og’di” deyilgan. Bunda ham yo ”yuzi og’di”, yo “tusi og’di” ekani aniqdir. Arabcha tarjimasidan ham meni “ko’rub qo’rqdi” demak istagani anglashiladir.
9. Og’di - oqardi.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling