7.Quzi1 qiyqirib 2o’g’ush3 terdim
Yogi qaru4 kirish kurdim
To’qus ichra urush berdim
Aran ko’rub bashi tig’di6
O’zbekchasi: Tog’ tepasidan tubanga qarab qichqirdim,
qabilamni to’pladim
Yov tomon sakrab yugurdim-da yoyimni kirishladim.
Maydonga kirib urush ochdim
Yov boturlari meni ko’rgach, boshlariningo’tkurligi ketdi
(boshlarini ko’tarolmay qoldilar)
Ayrim so’zlari: 1. Ko’zi - kuyi. 2. Qiyqirmoq- qichqirmoq. 3. O’gush - qabila. 4. Qarmoq - suvning sakrab yuzaga chiqib oqishi. “Qaru”: uning hol fe’li. 5. Kirish - yoyning kerishi. 6. Tig’moq - uchi keskin bir narsaning keskinligini ketkazmoq.
8. Urin uknib1 uriladi2
Yirq, yerik3 qariladi4
Atig’ kimshib5 uriladi6
Uvit7 bo’lib tubu8 og’di
O’zbekchasi: (Yov yaqinlashgach) qichqirdi, otini suya berdi
O’zini bo’lmag’ur loflar bilan maxtab
Yerni qarilab o’lchar emish kabi yura keldi .
Oxirda uyatqa qolib (bemaza bo’lub) tepaga qochib chiqdi.
Ayrim so’zlari: 1. Ukunmak - maxtanmoq. 2. Urilamoq - lof qilmoq, bo’lmag’ur so’zlar bilan maxtanmoq. 3. Cho’zgisiz yozilgan “yuruq” bo’lsa kerak. 4. Qarilamoq - gazlamak, o’lchamak. 5. Kimshamak - qo’yub yuborish.
6.Urilamoq - qichqirmoq, na’ra tortmoq. 7. Uvit - shunday yozilgan, biroq to’g’risi “uvut-uvit”dir. Sharmanda, uyat ma’nosida. 8. Tubu - tepa.
9.Aran izib1 suka turdi2
Bashi buynin suka turdi
Ufut3 bo’lub buka turdi
Uzu4 qama 5 tuban6 yig’di7
O’zbekchasi: Boturlarini menga elchilikga yubordi (ular)
oldimizdamiz cho’kdilar.
Boshlarini bo’yunlarini so’kdilar.
Uyalg’anlaridan bukulub turdilar.
Ketimizdan quvib kelmang deb bizni to’xtatdilar.
Ayrim so’zlari: 1. Izmoq – yubormoq. 2. So’kmak – cho’kmakning ikkinchi lug’ati. 3. Ufut – to’g’risi “uvut"dir "uyat "demakdir. 4. Uzu - keyin, ket.
Qama - ? 6. Taban - debon. 7. Yig’di – (g’) harfidan burun nuqta qo’yilmag’an qaysi harf ekani ma’lum emas. “Devoni lug’at”ning uchinchi jild, 46-betida “man qilmoq” ma’nosida “yig’moq” so’zi bor, shundan “yig’di” bo’lsa kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |