4. Itim tutub ko’zi1 jaldi2
Anink tu3 sin qira yuldi
Bosh alib ko’zi saldi
Bug’az olib tukal bug’di.
O’zbekchasi: Itim uni tutub quyig’a tashladi.
Tuklarini, yunlarini yula boshladi
Eng so’ng boshini olib quyig’a soldi-da
Bug’oz tutub butunlay bug’di.
Ayrim so’zlari: 1. Ko’zi - quyi. 2. J(ch)almoq - yiqitmoq. 3. Tu — tug, yun
5. Qara tunuk kajursadim1
Ag’ir uni2 uchursadim
Yatkaniq3 qochursadim4
Saqish ichra kunum to’g’di.
O’zbekchasi: Qora tunni kechirmak,
Og’ir uyquni sochirmoq istadim
Yetti yulduzni necha martaba sanab chiqdim
Xayollar orasida ekanimda kun chiqib qoldi.
Ayrim so’zlari: 1. Kajursadim - kechirmak istadim. 2. Uni - shunday yozilgan, Biroq arabcha tarjimasidan “uyqu” ma’nosida kelgani anglashiladir. Uyquning burungi turkchasi “uzu”dir. Buning ham to’grisi uzni-uzuni bo’lsa kerak. 3. Yatika - yitika, yetti yulduz, arablarning “binotal na’sh - banotu-n-nash”, tojiklarning “xaft dodron - xaft dodaron” deganlari yulduzlardir. 4. Qochursadim - arabcha tarjimasidan “necha daf’a sanadim” ma’nosi anglashiladir. “Samok” - sanamok demakdir (j.3.B.187). Qachur - usmonlicha “qoch” so’zi bilan “ur” qo’shimchasidan iborat bo’lub “qochur necha shar daf’a” demakdir. 5. Saqish - Mahmud Koshg’ariy bunga “sanamok” deb ma’no bergan, holbuki “Devoni lug’at”ning o’zida “xayollamoq” ma’nosida “soqimoq” ham bordir (j.3.B.2).
6.Og’a1 buktir2 o’za yurdim
Barq, yoqib3 qaya ko’rdim
Ani bilib taqi bardim5
Tukal yag’i turi6 to’g’di
O’zbekchasi: Toqqa oshib tepasida yurdim
Yiroqlarga qaradim, bir qora ko’rdim
Ani bilib tag’in biroz turgan edim
Yovning tugal to’zoni paydo bo’ldi.
Ayrim so’zlari: 1. Og’mok – chiqmoq, ko’tarilmak, oshmoq. Og’a -uning hol fe’li. 2. Buktir — tog’. 3. Bariq yaqib - bosma nusxada shunday yozilgan. To’g’risi, ’’yiriq yaqib”, “yiroq yoqib“ bo’lsa kerak. 4. Qaya – kattig’ tosh, biroq bunda to’g’ri kelmaydir. Arabcha tarjimasida “sivad- savod” deyilgan savodning turkchasi “qara”dir. Bukun ham uzoqda bir
narsani ko’rgach, “qara ko’rdim” deyiladir. 5. Bardim - “bormoq” fe’li o’tkan zamon shakli. Bu ham to’g’ri kelmaydir. Arabcha tarjimasida “maksat - makastu” deyilgankim, turkchasi “to’xtadim, turdim” bo’ladir. 6. Tur – to’g’risi, tuz bo’lsa kerak. To’zon, tuproq ma’nosida.
Do'stlaringiz bilan baham: |