O’zbekchasi: Zamon fursat kuzatdi
O’g’ri tuzoq uzatdi
Beklar bekini ozdirdi (?) yo’ldan chiqardi
Uning qo’lidan qanday qochib qutulib bo’ladir?
Ayrim so’zlar: 1. Yarog’ - fursat, yararli vaqt. 2. Azitmoq — adashtirmoq, yo’ldan chiqarmoq. 3. Qali — qalay, qanday.
O’zlak kuni tavratur1
Yalinkuq2 kuji kavratur3
Ardin ajun savritur4
Qochsa taqi artilur5.
O’zbekchasi: Zamonaning kunduzlari shoshilib o’ta bergan sayin
insonning kuchini kamaytadir.
Dunyoni erlardan bo’shatadir
Undan qochsang, o’zi senga osiladir (qocholmaysan).
Ayrim so’zlar: 1,Tavratmok — shoshilmoq, ajala yetmak. 2. Yalinkuq - inson. 2. Kavratmak - kuchsiz holg’a solmoq. 4. Savritmoq – bo’shatmoq. 5. Artilmoq- yuklanmak, osilmoq.
O’kraguyi1mundag’ o’q
Munda azin2, tikdag’3 o’q
Atsa ajun o’g’rab4 o’q
Tog’lar bashi kartilur5
O’zbekchasi: Uning (zamonaning) odati shundaydir
Boshqa bahonalari bor (?)
Dunyo chog’lab o’q otg’anda
Tog’lar boshi ham kesiladir.
(Ninday kuchli bo’lsang ham uning
O’qidan qutila olmaysan!)
Ayrim so’zlar: 1. O’grayuk — odat. 2. Azin — boshqa, ayrim. 3. Tikdag’ - buning nima ekanini bila olmadim. “Devoni lug’at”da shu she’rda yozilgan bu so’z illat, sabab deb tarjima etilgan. Mazkur kitobning birinchi jild 385-betida “bahona” ma’nosida “tildag’”so’zi bor. Tovush ohangi nuqtai nazaridan (k) bilan (g’)ning bir so’zda bo’lmaslig’ini ham ko’zda tutg’animizda bunda yozilg’an “tikdag’”ning to’g’risi, “tildag’” ekani anglashiladir. 4. O’g’ramoq - qasd qilmoq. 5. Kartmak - kesmak, kartilmak: yo’nilmok, kesilmak.
Baklar atin arg’urub1
Qazg’u2 oni turg’urub
Mang’zi yuzi sarg’arub
Qurqum3 ankor turtalur4.
O’zbekchasi:
Beklar uning o’lumi munosabati bilan uzoqardan
otlarini charchatib keldilar.
Qayg’u ularni shunchalar oriqlatg’ankim:
Za’far surtulgan kabi
Yuzlari, mengizlari sarg’ayib qolibdir
Ayrim so’zlar: 1. Arg’urmoq - charchatmoq. 2. Qazg’u — qayg’u. 3. Qurqum - za’far (arabchadir). 4. Turtalmak - shunday yozilgan. To’g’risi, surtilmak ma’nosida turtulmakdir.
Ulishib1 aran 2 bo’rlayu3
Yirtin yaqa o’rlayu4
Siqrab5 uni yurlayu6
Sig’tab ko’zi urtulur.
Do'stlaringiz bilan baham: |