O’zbekchasi: Erlar, boturlar bo’rilardek uvladilar
Yoqalarini yirtib qichqirdilar
Ashula aytib nola qildilar
Qattig’ yig’lag’anlari uchun ko’zlarini yosh
tutdi, hech narsani ko’ralmadilar.
Ayrim so’zlar: 1.Ulimak — itlar, bo’rilarning uvlashi, uv tortishi. 2. Aran - erlar, boturlar. 3. Burlamok - bo’rilashmok. 4. O’rlamok - qichqirmoq, fig’on qilmoq. 5. Siqramok - nola qilmoq. 6. Yurlamoq - buni topolmadim. “Devoni lug’at”da shu misra “ashulachilar kabi nola qiladir” deb tarjima qilingan. Ashula ma’nosida “yir” so’zi bor. To’g’risi, “yirlamoq” bo’lsa kerak. 7. Sig’tamoq – qattig’ yig’lamoq, siqtamoq.
Ko‘nglum ijun1 o‘rtadi
Yetmish yashig‘2 qartadi
Kajmish uzuk3 irtadi4
Tun-kun kajib irtalur5
O’zbekchasi: Alb Arto’nganing qayg’usi ko’nglimning ichini yondirdi.
Ko’nglim yetmish yoshg’a kirgandek qartaydi.
Ul o’tgan kunlarni istaydir,izlaydir.
Zamon o’tkancha yana izlaydir, biroq, topolmaydir.
Ayrim so‘zlar: 1. Ijun - shunday yozilg’an, to‘g‘risi: “ichin” bo‘lsa kerak.
Yashig‘ - yoshni. 3. Uz - ud, zamon. 4. Irtamak - istamak, izlamak. 5. Irtalmak — shuning majhul fe’li.
Kujandi1 bilagim
Yag’udi2 tilagim
Talindi3 biligim
Takrub4 ankor jartilur.
O’zbekchasi: Bilagimning kuchi ketdi
Ko’p tirishkanimdan tilagim yovuqlashib qoldi.
Bilim bulog’i menga ochildi.
Tirishmak meni tilakga erishtirgan chog’da u,
qo’ldan ketadir (O’laman-datilagimga erisholmayman!)
Ayrim so’zlar: 1. Kujandi - kuchsizlandi. 2. Yag’udi - yavudi. 3. Talindi - tishildi. 4. Takrub - yetkarib.
Yoy bayti
Yoy borubon1 ar ko’zi2
Aqti aqin munduzi3
Tug’di yaruq yulduzi
Tingla so’zim kulgu so‘z
O’zbekchasi: Yoy tongi yorudi, erigan qor, muz suvlari
Telba oqin bo’lub oqa boshladi
Shu topda tongning yoruq yulduzi ham tuqqan edi
So’zimni kulgusiz tingla!
Do'stlaringiz bilan baham: |