Shul bog’da Laylining Majnunni xushsiz tashlab ketgani,
so’ngra uning oylib o’zini yolguz ko’rgani
Chun gulshani charx gulizori ,
Mag’rib sori tortdi imori .
Anjum guli birla bu shabiston ,
Olam yuzin ayladi guliston.
Ul toza bahori noz parvard ,
G’unchadek ichini qon qilib dard.
Soz etti qabila sori ohang ,
Bedil g’amidin va lek diltang .
Behol qabilasiga ketti,
G’amdin anga yetti uncha yetti.
Gulshan aro Kaysi hushdin fard,
Yotib edi yerda o’ylakim gard.
Ham mag’zig’a xuvshdin xabar yo’q,
Ham jismida ruhdin asar yo’q.
Yorim kechakim nasimi gulbez ,
Bo’ldi chaman ahli uzra gulrez.
Gul atri dimog’ig’a solib hush,
Ochti ko’zin ul g’arib, madhush.
Ko’rdi o’zini chaman ichinda
Sarvu gulu yo suman ichinda.
Bulbul boshi uzra nag’ma pardoz,
Ahvoliga navha aylab og’oz.
Gul holig’a chun nazzora aylab,
Gulgun yoqasini pora aylab.
Nargis, shabnamdin ashk etib fosh1,
Ahvolig’a yummayin to’kub yosh.
Chun ko’ksida hajrdin ko’rub dog’,
Ko’ksi o’za lola kuydirub dog’.
Zahmi ko’kdin bunafshada g’am
So’giga2 kiyib libosi motam.
Topib chuvu kuvf buv azog’a,
Ashjor alam chekib havog’a.
Sunbul qilibon qaro izorin,
Ochib qaro zulf mushkborin.
So’giga oqar su zor yig’lab,
Un tortib, so’kvor3 yig’lab.
Sarv o’lmay mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.
Sabza qilib o’zni sarbasar til,
Aytib g’amidin fasona har til.
Buv so’klar aylab ul nazora,
Tobmay o’lmaktin o’zga chora.
Har yon boqib anda yor tobmay,
Anduhi o’ti qaror tobmay.
Ne davrida xeli dust ori,
Ne olida sarvi gulizori.
Xurshid ketib, kelib qaro shom,
Yo hajr kuni, vale siyahfom .
Yo xajr o’ti butranib duxonin ,
Aylab qaro dahr xonumonin.
Ko’ngliga o’quldi ko’hi anduh ,
Anduhi yig’ildi ko’h tokuh.
Sog’indi qachon nazzora qildi.
Kim charx uyi boshig’a yiqildi.
Chun dardig’a tobmadi garona ,
Ashki durin ayladi ravona.
Do'stlaringiz bilan baham: |