Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet50/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

(Farhodning Shirinni boshlab sevgan zamonlaridan bir ko’rinish)

Nechakim istadi Fahodi g’amnok,


Yoshurmoq o’t yopib ustiga xashok.

Va lekin elni ohu ashki nogoh,


Qilur erdi nihon dardidin ogoh.

Xiradning pardasiga qayda yoro,


Yoshurmoq ishk o’tin aylab madoro!?

Quyoshni zarra yoshurmoq bo’lurmu?


Hubob uzra tengiz turmoq bo’lurmu?

Yopar fonus birla shu’lasin sham’,


Ko’rarlik pardadin ul shu’lani jam’.

Ko’z ichra maxfiy o’lmas ashk koni,


Bo’lurmu, shisha ichra may nihoni?

Anga ul dardu g’am o’tin yoshurmoq,


Ko’ngulga yoshurun dard o’ti turmoq.

Necha kun ichra ancha kor qildi,


Zaifu notavonu zor qildi.

Ki har kim ko’rsa aylar erdi ma’lum,


Kim ul xoroni bir o’t- aylamish mum.

Chu ul oyg’a yetib andog’ maloli,


Falakning sayridin bo’ldi hiloli .

Izori bo’ldi sorig’ lola yanglig’,


Duri ashk anda yog’qan jola yanglig’.

Vale ul lolaning dog’i siyohi,


Og’iz ochqach ko’rungay dudi ohi.

Qadin ahli kim erdi sarvi cholak ,


Zaifu hamlik o’ldi o’ylakim tok.

Vale ul tokning ta’bidagi may,


Bo’lub ko’ngluda qon yutmoq payopay.
Tanining zaifi tundin kunga ko’prak,
Bo’lub ul zaif kundin kunga ko’prak.

Necha afg’ondin etsa og’zini berk,


Yo’q erdi nola chekmakda anga erk.

Dimog’ida bo’runkim, quvvat erdi,


Tanida dog’i zo’ru sihat erdi.

Riyoyat aylar erdi benihoyat,


Fig’on zohir bo’lur erdi bag’oyat.

Bu damkim bo’ldi savdoyi dimog’i,


Marazlarg’a ulandi jismi dog’i.

Junun ta’bida ko’rguzdi nishona,


So’z ayta boshladi savdoyiyona.

Ko’ngulda qolmadi sabru qarori,


Ilikdin bordi barcha ixtiyori.

Farhodning Eron shohi Xusravi Parvez oldig’a tutub


keltirganlari, ikkalasining so’zlashganlari

Ketur, soqiy, kadahkim benavomen,


Xumoru hajr eliga mubtalomen.

Mening xokimni anglarg’a yiroq qil,


Necha behush esam bexushroq qil.

Bu bexudlug’ yo’lining xushmandi,


Bo’lub bu na ma’ni naqshbandi.

Ki chun Farhodni ul xeyli cholok,


Shah olig’a yeturdilar tarabnok .

Bo’lub Xusrav ul ishdin shodmona,


Ato aylab olarg’a xisravona.

Dedi Majnung’a soldilar og’ir band,


Iki ilkin qilib band uzra payvand .

Majonindek muqayyad qildi hosil,


Bori a’zosin og’lalu salosil .
Buyurdikim hakim ulub hamog’ush ,
Keturdi notavonning mog’zig’a xush.

Ko’zin chun ochti ul majnuni bexud,


Ki bo’lmish erdi majnundek muqayyad.

O’zin ko’rdi ajoyib hol ichinda,


Salosil qaydida ag’lol ichinda.

Boshida Xisravoniy bor gohi,


Tutub arofida xeyli sipohi.

To’rida bor gahning bir buyuk taxt,


Oning ustida bir shahi juvonbaxt.

Oyog’i ostida taxti Kayoniy ,


Boshi ustida toji Xisravoniy.

Taajjub birla oning sori boqib,


Boshini irg’otib ilgini qoqib.

Yaqin bildi chu bo’ldi fikrat andesh ,


Ki ne fe’l aylamish charxi jafokesh.

O’zin solmay xidevi g’ayrat oyin,


Ko’pub o’lturdi solib qoshig’a chin.

Chu da’bi yo’q edi surmay demak so’z,


Og’iz so’zdin tigib tekdi kuyi ko’z.

Shukuhidin yetib Xusravga tag’yir


Qilib ishqi o’ti ko’ngliga ta’sir.

Unutti aylamakni qatlu bedod,


Anga boqib takallum qildi bunyod .

Dedi: Qaydinsen, ey majnuni gumrah?


Dedi: Majnun vatandin qayda ogoh?

Dedi: Nedur senga olamda pesha?


Dedi: Ishq ichra majnunluk hamesha.

Dedi: Bu ishdin o’lmas kasbi ro’zi.


Dedi: Kasb o’lsa basdur ishq so’zi.
Dedikim: Ishq o’tidin de fasona.
Dedi: Kuymay kishi topmas nishona!

Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum.


Dedi: Ondin erur joh ahli mahrum.

Dedi: Qay chog’din o’lding ishq aro mast?


Dedi: Ruh ermas erdi tanga payvast.

Dedi: Bu ishqdin inkor qilg’il.


Dedi: Bu so’zdin istig’for qilg’il .

Dedi: Oshiqg’a ne ish ko’p qilur zo’r?


Dedi: Furqat kuni ishqi balo shur.

Dedi: Ishq ahdining nedur hayoti?


Dedi: Vasl ichra jonon iltifoti.

Dedikim: Dilbaringning de safosin!


Dedi: Til g’ayratidin tutmom otin!

Dedikim: Ishqig’a ko’nglung o’rundur?


Dedi: Ko’nglumda jondek yoshurundur.

Dedi: Vaslig’a borsen orzumand?


Dedi: Bormen xayoli birla xursand.

Dedi: No’shi labidin tobqay el bahr?


Dedi: Ul no’shdin el qismidur zahr!

Dedi: Joningni olsa la’li yodi?


Dedikim: Ushbudur jonim murodi!

Dyedi: Ko’ksungni gar chok etsa bebok?


Dedi: Ko’nglum tutay ham ayla, deb chok.

Dedi: Ko’nglung fido qilsa jafosi?


Dedi: Jonimni ham aylay fidosi.

Dedikim: Ishqdin yo’q juzziyon bud.


Dedi: Bu keldi savdo ahlig’a sud!2

Dedi: Bu ishq tarki yaxshiroqdur.


Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: Ol ganj, ishqni qo’y nihoni.
Dedi: Tufroqqa bermas kimsa oni.

Dedi: Joningg’a xijron kinakashdur.


Dedi: Chun vasl yor ummidi xushdur.

Dedikim: Shahga bo’lma shirkat andesh.


Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh.

Dedi: Joningg’a bu ishdin alam bor.


Dedi: Ishq ichra jondin kimga g’am bor?!

Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin.


Dedi: Bechora, kech bu multamasdin!

Dedi: Ishq ichra qatling hukm etgum.


Dedi: Ishqida maqsudumg’a yetgum.

Necha kim bo’ldi mushkil so’z xitobi,


Base, oson anga yetti javobi.

Chu Xusrav ko’rdi bu yanglig’ tahavvur ,


Takallum aylamak sochqan kabi dur .

Bir o’t tushti ichig’a bexudona,


Ki otashgohidin chekti zabona.

Ki mendek shahga mundoq razli duni ,


Ayog’din boshqa band ichra rabuni.

Hayotining niholig’a sinib shoh,


Javob aytur ne ko;’rsam bo’yla gustoh.

Siyosat qilg’ulukdur bu fidoyi,


Ki har bir tog’ ila vodiy gadoyi.

Yana ko’rguzmagay bexavfu dahshat,


Salotin hidmatida so’zga jur’at.

G’azab birla buyurdi shohi g’addor ,


Ki urdilar Hisor olinda bir dor.

Keyin bog’lab qadog’lik qo’llarin rust,


Borib chekmaklik oni dorg’a chust.
Chekilgaj o’ylakim, abri bahoron,
Ulus qilmog’lik oni tiyir bo’ron.

Necha kun turmoq ushbu hol birla,


Ko’rub xalq oni bu ahvol birla.

Oning holidin olmoq barcha ibrat,


Gadolar qilmasun deb shahta shirkat.

Necha kundin so’ng o’t aylab farovon ,


Tamug’ o’ti kabi tafsonu so’zon.

O’t ichra tashlamoqlik, o’ylakim, barq ,


Ki bo’lg’ay shu’la to’foni aro ga’rq.

Bu yanglig’ o’tqa yondurmoqlik oni,


Kul o’lg’aj ko’kga sovurmog’lik oni.

Bo’lub yo’q dahr ichidin bori oning,


Jahonda qolmag’ay osori oning.

Bo’lub Farhod ul so’zdin tarabnok,


Kulub dediki: Ey, shohi g’azabnok

Tasavvur qilma: komi tortadursen,


Aduvdin intiqomi tortadursen.

Ki ne hukm ayladik maqsudum uldur,


Ne kelsa ishq aro behudum uldur.

Murodim ishqda o’lmaklik erdi,


Bu kun mundog’ murodim Tangri berdi.

Senga har nechakim joyi g’azabdur,


Menga buv ishda yuz ayshu tarabdur.

Ki bu hijronki har dam erdi ulmak,


Ne o’lmak? Bandsin bandimni bo’lmak.

Adam yo’liga garchi boshqarursen,


Bir o’lmak birla ondin qutqarursen.

Yana jon kim hayot ozori bo’lmish,


So’nkaklar charchubi dori bo’lmish.
Buyuklik etsa ul dori fanodin,
Qutulg’ay jon bu bir dori inodin .

Yana kim hukm qilding tir bo’ron,


Senta yog’durmamish o’q heyli hijron.

Negakim, hajr aro yuz ibtilodur,


Hamisha tir boroni balodur.

Seining bu tir bo’roningki yetgay,


Meni qutqarg’ay ondin o’zga ettay (?)

Bu kim dedinki kuydursunlar oni,


Kul aylab ko’kga sovursunlar oni.

Firoq uxsha kuymabsen hamono,


Bu ut ichra kul o’lmabsen hamono.

Menikim, hajr o’tiga soldi gardun ,


Ki bor uchqunlari do’zaxdin afzun .

Bu do’zaxdin xalos etgungdur oxir,


Tarab xuldig’a xos etgungdur oxir.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling