Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet58/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

RUBOIYLAR

Ondin berikim qoshimda yorim yo’qtur,


Hijronida juz nolayi zorim yo’qtur,
Dasht uzra quyun kabi qarorim yo’qtur,
Sargashtaligimda ixtiyorim yo’qtur.
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
Hech kimsa g’aribqa mehrubon bo’lmas emish,
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikandek oshyon bo’lmas emish.
Yillar tutubon shayx maqolatig’a gush,
Ne ko’ngluma zavq etti, ne jonima xush,
Jonimga navo soldiyu ko’nglumga xurush,
Bir jur’a bila ul sanami bodafurush.

Ko’ksumni jafo tig’i bila yora qiling,


Ko’nglumni chiqaring dog’i yuz pora qiling,
Har porasini bir sori ovora qiling,
Ishqim o’tig’a bu nav’ ila chora qiling.


TUYUQLAR

Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tugay,


O’tki, o’trusiga oning ko’z tutay,
Necha ko’rgach o’zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy qurgan kishidek ko’z tutay
.
La’lidin jonimg’a o’tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur,
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Ul vafo bilmanki qilmas, yo qilur.
Bovujud ul yuz erur gulgunasiz ,
Kim ko’runur olida gul gunasiz',
Yuz qizillik yo’qturur, ey ahli zuhd ,
Toki munkirsiz, mayi gulguna siz.

Charx tortib xarjari hijron butun,


Qo’ymadi bir zarra bag’rimni butun,
Tunga borib bizni bexil aylading,
Ne balolik yer emish yorab, bu tun?!

Tig’i ishqing yorasidur butmagan,


Dardini har kimga aytib butmagan,
Hajr sahrosidur ohim o’tidin ,
Onda gul yoxud giyohi butmagan.

To qachonga tekru ishqing gojidin ,


Ko’zuma har lahza o’t choqilgusi,
Basdurur ko’nglumda ishqing yoqma o’t,
Kim harorat ul ham ut choqilgusi.

Ul pari ishqida bu devonani,


Eyki istarsen, kelib gulxanda kur,
Bir qadah ul gulni xandon ayladi,
Ey ko’ngul nazzora et gulxanda kur.

O’tgali ul sarvi gulrux soridin,


Yo’q xabar ul sarvi gul ruxsoridin,
Hajrida bog’ ichra berur yodima,
Qomatidin sarv, gul ruxsoridin.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling