Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


NAVOYI ning ikkinchi kitobi “NAVODIRU-Sh-SHUBOB”dan


Download 390.19 Kb.
bet59/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

NAVOYI ning ikkinchi kitobi “NAVODIRU-Sh-SHUBOB”dan
G’AZALLAR

Yuzungdek qamar yo’qtur, qadingdek shajar yo’qtur,


Shajar bo’lsa ham anda labingdek samar yo’qtur.

Ko’zum ashkining rudi oqar tundu tez andoq,


Ki gar uyqu ko’z sori kelur ham guzar yo’qtur.

Otin tutsalar nogah ketar o’yla xushumkim,


Badan ichra ruhimdin degaysen asar yo’qtur.

Ko’ngul so’rgali kelding, tabibo, muni bilkim,


Ul ovoradin sendek manga ham xabar yo’qtur.

Bu gulshanda, ey deqqon, necha oz mun ettim


Vafo nahli ekganga bajuz g’ussa bar yo’qtur...
* *
Vahki, o’tluk chehra ochib xonimonim o’rtading,
Otashin la’lingdin oytib nuqta jonim o’rtading.

Dema ne qildim, ne qildim notavon ko’nglung olib?


O’rtading, ey qotili, nomehrubonim o’rtading.

O’t uza qil to’lg’anib, kuygandek ul yuz shavqidin,


Nechakim, tob urdi jismi notavonim o’rtading.

Ko’kta zohirdur shafaqdin shu’la anjumdin sharar,


Kim oni, ey shu’lalik, ohu fig’onim o’rtading.

Bismil etgach, saydni andog’ki qilgaylar kabob,


Zahm egib ko’nglumni chunkim, oqti qonim o’rtading.

O’rgali, ey ishki zolim, barqi ofat jonima,


Har ne o’zluktinki bor erdi fig’onim o’rtading.

Ey Navoyi, to belu og’zi xayoli aylading,


Boru yo’q, ya’niki paydoyu nihonim o’rtading.
* *
Ey ko’zu ko’nglum sirishku ohdin to’fon qiling,
Jonu jismimning yiqilgur kulbasin vayron qiling.

Qilsa bu ish kuzu ko’nglum sizdagi, ey dardu ishq,


Ko’zni kur aylab ko’ngulga dard o’qin parron qiling.
Har bahona birlakim bo’lsa hayotim qasrining
Toku ayvonin buzub tufroq ila yakson qiling.

Ya’ni aylab muncha bedoru jafolar shammayi ,


Hajr dardi shiddatin men xastaga oson qiling.

Zinhor, ahbob, oshiq bo’lmangiz, gar sahv etib,


Bo’lmoq istarsiz burun andishayi hijron qiling.

Hajrdin ko’ngli to’la kelmish Navoyi, raxm etib,


Ey xarobot ahdi, mamlu bir qadah ehson qiling.
* *
No’shi labini xar necha surdum o’sonmadim ,
Ichmak bila hayot zulolimini , qonmadim.

Zoxid dediki, raxn etibon xirka dayr aro,


Ko’rmish sen anda butga dog’i sajda tonmadim.
Sarxil edim bu kecha xarobot ahlig’a,
Ul saltanatda lek uzumga inonmadim.

Oqil etti man’ maykadayu, dayrdin base,


Ko’p uqdi xuru ravzani lekin beganmadim...
* *
Tirik qolsam tar, o’zni bazmi vasling ichra solg’aymen,
Firoqing shiddatin dey olmasam xud yig’lay olg’aymen.

Qabo bir qatla vasli xilvatida meni, ey gardun,


Necha hijroni zindonida ul, ayting, qabolg’aymen.

Junun toshi boshig’a yog’di, deb tan etma, ey zohid,


Tasavvur qilmakim, bu sarzanishlardin uyolg’aymen.

Nigoring gar borur bot kelgusidur yema g’am dersiz,


Hamono sog’inursizkim, men ul kelguncha qolg’aymen...

* *
Yor ila ag’yor ozoridin andok zormen,


Kim tani zorim kabi boshtin oyoq ozormen.

Yor zulmi tig’idin ko’nglum kabi majruhmen,


El jafosi toshidin bag’rim kabi afkormen.

Yor holim anglamoq ummididin noumidmen,


Xalqning yuz mehnatu paykoridin2 nokormen.

Jon talashurmen, ne dardim bilgudur ne sihhatim,


Ne o’lukmen, ne tirik, ne sog’u ne bemormen.

Gar boshim olib jahondin chiqsam ermastur ajab,


Kim malul ahdi jahondin ulcha dersen bormen.

Ey Navoyi, umr agar budur ajal rahm aylabon,


Kelsa jonim olgali jon birla minnatdormen.

* *
Lablaring sharbati bechashmayi hayvonmu deyin?


Demasam chashmani hayvon, ne deyin, jonmu deyin?

Tun, kunum kim yoruq yuzdin erur, vahki oni,


Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin?

Kulubon jilva qilur chog’da qadu og’zin oning,


Sarvi ra’nomu deyin, g’unchayi xandonmu deyin?

G’amzayi qotil ila kofiri xunrez ko’zin,


Dushmani jonmu atay, ofati iymonmu deyin?

Ishq dardini desam sa’b meni ayb etmang,


Ishqi ming mushkil erur zaminda osonmu deyin?

Aql agar ishq o’tidin ko’chsa, nuchuk man’ qilay,


Shu’ladin sa’i qilib ko’chsa perav yonmu deyin?

Ichmagim zohid, agar bildi Navoyi, naylay


So’rsa so’z, o’yla kishi olida yolg’onmu deyin?

* *

Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin?
Bu qudurat aro ruxsadi safosinmu deyin?

Ko’zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,


Ko’ngluma har birining dardu balosinmu deyin?

Ishq dardinmu deyin, xajr nabardinmu deyin,


Bu qatig’ dard ila vasl davosinmu deyin?

Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,


Birining qaydi yana birining adosinmu deyin?

Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,


Movi ko’nglak uza gulrang qabosinmu'1 deyin?

Charx ranjinmu deyin, daxr shikanjinmu deyin,


Jonima har birining javru jafosinmu deyin

Ey Navoyi, dema qoshu ko’zining vasfini et,


Qoshi yosinmu deyin, ko’zi karosinmu deyin?

* *
Ochmagay erding jamoli olam aro koshki,


Solmagay erding bori olamda g’avg’o koshki.

Chun jamoling jilvasi olamg’a soldi dastuxez ,


Qilmag’ay erdi ko’zum oni tomosho koshki.

Bo’lmag’ay erdi ko’zum o’tluk yuzung qurgan zamon,


Ishqing uti shu’lasi ko’nglumda paydo koshki.
Aylagaj ishqing balosi zor ko’nglumni xazin
Qilmag’ay erdi meni mahzunga parvo koshki.

Tushmagay erdi firib omiz lutfung bilmayin,


Notavon ko’nglumga vaslingdin tamanno koshki.

Lutf ila kunglumni vaslingdin ta’makor aylabon,


Qilmagay erding yana zulm oshkoro koshki.

Bevafolig aylagach, ishqingni ko’nglum tark etib,


Qilmag’ay erdi o’zin olamda rasvo koshki.

Emdikim devonayu rasvoyi olam bo’lmisham,


Vasl chun mumkin yo’q, o’lturgay bu savdo koshki.

Ey Navoyi, bevafodur yor, bas, ne foyda


Nechakim desang agar yoxud magar yo koshki.
MUSTAZOD

Din ofati bir mug’bachayi mohlikodur,


mayxaroyu bebok,

Kim ishqidin oning vatanim dayr fanodur,


sarmastu yoqqam chok.

Ham turrasining dudi vara’ beliga zunnor,


men kofiri ishqi,

Ham yuzi majus uti kabi shu’la fizodur ,


men o’rtanibon pok!

Ul chehra furug’i tushubon zor g’animg’a,


bu nav’ qo’yarkim,

H’ar kimsa oni ko’rdi sog’indiki yonadur,


jon ichida xashak.

Hayvon suyi jonimni olur la’lidin ayru,


ul jur’ayi maykim,

Tekmish anga maygun labi jonimg’a davodur,


ne zahru, ne taryoq.

Hajringda yuzi sargaribon dam ura olmas,


bechora Navoyi,

Go’yoki xazon faslida bebargu navodur,


ul bulbuli g’amnok.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling