Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet67/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Hindiston
Hindiston avvalg’i iqlimdan va ikinchi iqlimdan va uchunchi iqlimdandur. To’rtinchi iqlimdan Hindistonda yo’qtur. G’arib mamlakati voqe’ bo’lubtur. Bizning viloyatlarg’a boqa o’zgacha olamdur. Va daryosi va jangal va sahrosi mavozig’ va viloyati va hayvonoti, nabototi, eli va til yomg’ur va seli barchasi o’zgacha voqe’ bo’lubtur. Kobul tavobi gar misirlar, agarchi ba’zi ishda Hindistong’a mushobhati bor, ba’zida yo’q. Sind suvini o’tgach, yer, suv, yog’och tosh va el, ulus, roh va rasm tomomida Hindiston tariqidadur. Shimoldagi tog’kim, mazkur bo’ldi Sind daryosidan o’tgach, bu tog’da Kashmir tovobi’ viloyatlardur. Agarchi bu tarixda bu tog’ dag’i viloyatlar misli “baqli va shahmang” aksari Kashmirga itoat qilmaydir, vale burun Kashmir doxili ekandur. Kashmirdin o’tgach, bu tog’da benihoyat el ulus pargana va viloyatdur. Balki muhit yoqasigacha bu tog’da payvast xaloyiqdur. Hindiston elidin muncha tahqiq va taftish qilindi. Hech kim bu tavoyifdan tahqiq xabar ayta olmadi.Ushbuncha deyurlarkim: bu tog’ elini “kas” derlar. Xotirga yettikim, Hindiston eli “shin”ni “sin” talaffuz qilur. Chun bu tog’da mutabar shahr Kashmirdur (balki Kashmirdin o’zga bu tog’da, yana shahri eshitilmaydur) bu jihatdin bo’la olurkim Kashmir demish bo’lg’aylar.
Bu tog’lardin moto, nofa, mushk, qo’tos, bahri va surub va misdur. Bu tog’ni hind eli Sevalak - Parpat derlar. “Seva” rub’, lak yuz ming, “parpat” tog’ ma’nosidadur. Ya’ni rub’ va yuz ming tog’durkim, yuz yigirma besh ming tog’ bo’lg’ay bu tog’larda qor o’ksumas. Hindistonning ba’zi viloyatidin (misli Lahur va Sarhind va Sunbuldin) taqdir qor oqarib ko’runur. Ushbu tog’ Kobulda Hindqushga mavshumdir. Kobuldin bu tog’, sharqqa boqa boribtur. Bir nima janubqa moyil, janubi Hindustontur. Bu tog’ning va bu noma’lum uluslarikim: “kas” derlar, shimoli Tibat viloyatidur. Bu tog’din qalin daryo chiqib, Hindiston- ning ichi bila oqar. Sarhinddin shimol sari boqa olti daryokim: Sind va Baxt va Chanot va Radi va Bayoq va Satlux bo’lg’ay, ushbu tog’din chiqib multon navohisida barcha bir yerda qotilg’anda ham Sind derlar, g’ariz sori oqib Tata viloyatining ichi bila o’tib ummonga qotilur. Bu olti daryodin o’zga daryolar misli Jup va Gang va Raht* va Kumti va Gagra va Siru va Kandak va yana qalin daryolardurkim: bori Kang daryosig’a qatilib Kang-uk atalur. Sharq sori okib Bangola viloyatining orasi bila o’tub muhitqa to’kulur. Barining manba’i ushbu “shevalak- parpat”tur. Ba’zi daryolardurkim: Hinduston tog’laridin chiqar, misli Janbal va Banos va Beto’y va Sun (bu tog’larda qor aslo bo’mas) alar ham Kang daryosiga qotilur. Hindustonda ham tog’lar bordur. Ul jumladin bir tog’i ushbudur: Shimoldin janubqa boqa boribdur. Bu tog’ning ibtidosi Dehli viloyatida Fero’zshoxning jahonnomoy otluq imoratidindurkim: parchag’ina toshliq, tog’ning ustida voqe’ bo’lubtur. Va mundin o’tgach, Dehli navohisida parcha-parcha kichikraq, anda-unda toshliq tog’ qinolar paydo bo’lubtur. Mayvot viloyatiga yeta bu tog’lar ulug’roq bo’lur, Mayvottin o’tub, Bayona viloyatig’a borur. Segri va Bori va Dulyurning tog’lari ham ushbu tog’lardindur (agarchi payvayet emas). Guvalyorningkim “Golpur” derlar tog’lari ushbu togning shu’balaridindur. Dantbur va Chetur va Mandu va Chandiri tog’lari ham ushbu tog’lardindur.
Ba’zi yerlarda yeti-sakiz guruh munqati’ bo’lubtur. Bu tog’lar past- past va durusht va toshliq va changallik tog’lardur. Bu tog’;larda qor aslo yog’mas. Hindustonda ba’zi daryolarning manbai bu tog’lardur. Hindustonning aksar viloyati tuz yerda voqe’ bo’lubtur. Muncha shaharlar viloyatlarkim bor, xech yerda oqar suvi yo’qtur. Daryolar oqar suvidur. Ba’zi yerlarda qor suvlardur.
Ba’zi shahrlarningkim, ariq qazib suv chiqarur qobiliyati ham bor, suv chiqara olmaydurlar.
Bu necha jihatdin bo’la olur: biri bukim ziroat va bog’otiga aslo suv ehtiyoj emas xazifi mahsul pushqol yomg’uri bilan bo’ladur. Bu g’aribdurkim: rab’iy mahsulga agar yomg’ur bo’lmasa ham bo’ladur. Daraxtlarning niholig’a bir-iki yil suvni toshib yo charx bila yo dalv bila suv beradurlar, ondin so’ng aslo suv bermak ehtiyoj emas, ba’zi sabzilarga suv beradurlar Lahur va Diyolyur va Sarhind va ul navohida charx bila suv beradurlar.
Iki uzun ip chohning qaddicha (bo’ynicha) halqa qilibdirlar. Iki ipning orasig’a yig’ochlar bog’lab ko’zalarni yig’ochlarga berkitibdurlar. Bu ko’zalarni berkitg’an ipni choh ustidagi charxg’a band qilib solubdurlar. Bu charxning tiyrining yana bir boshida bir charx qilibdurlar. Bu charxning qoshida yana bir charx qilibdurlarkim: o’qii tik turuptur.
Uy evirgach, parralari ikinchi charx parralariga kirib, ul ko’zalik charx evrulur suv to’kulur.
Yerda nov qo’yubdurlar. Novdin har qayon suv ertarlar. Yana Agra va Jandvor va Bayona va bu navohida dalv bila suv berurlar. Bu mashaqqatlidur. Va murdorlig’i ham bor: choh yoqasida bir yog’ochni berkitib orasida g’altak tartib qilibdurlar. Uzun arg’amchig’a ulug’ dalvni bog’labdurlar va bu g’altak ustiga solibdurlar arg’amchining bir uchini uyga bog’labturlar. Bir kishi uyni haydamoq kerak. Bir kishi dalv suvini to’kmak kerak. Har qatla uy tortib dalvni chiqorib yonar mahalda ul arg’amchi uyning yo’lig’akim uning siyduk va tezagi bir mulavvasdur, tegib yana chohg’a tushar.
Ba’zi ziroatlarga suv ehtiyoj bo’lsa ko’za bila er va xotun suv tashib, sug’oradurlar. Hindustonning shahrlari va viloyatlari asli besafodur. Bori shahrlari va bori yerlari bir vazlik . Bag’otga tom bo’lmas. Aksar yerlari tuptuz voqe’ bo’lubtur. Ba’zi daryolarning va rudlarning yoqasi pushqol yog’inlari jihatidin abkandlar bo’lubturkim, har biridin ubur ham murur muta’zzirdur . Tuz yerlarida ba’zi yerlarida teganlik daraxt jangal bordurkim, parganalarning eli jangallarda ko’rg’adab mutamarridlik qilib mol bermaslar. Hindustonda oqar suv daryolardin o’zga kamdur. Ahyonan ba’zi yerlarda qora suvlar bor. Ushbuncha shahr va viloyat choh suyi yo havz suyi bilakim pushkal yomg’urdin yig’ilmish bo’lgay maishat qilurlar.
Hindustonda mavoze’ va kentlarning balki shahrlarning buzulmoq va tuzulmagi bir zamonda bo’ladur. Ush bundog’ ulug’ shahrlarkim yillar anda mutavattindurlar. Agar qachonlari bo’lsa bir kunda andoq qocharkim osar va alomatlari qolmaydur, agar tuzulmag’ig’a yuz qo’ysalar orqazmog’i va band bog’lamog’i ehtiyoj emas. Ekinlar tamom lalmidurlar. Elika xud nihoyat yo’qdur jami yigildilar. Bir havz yasadilar, yo chiqazdilar (uy yasamoq yo tomom qo’pormoq xud yo’qtur). Xoss bisyor va daraxt beshumor chirilar qildilar. Filhol kent yo shahr bo’ldi.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling