Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet66/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

RUBOIYLAR

Ko’ngli tilagan murodg’a yetsa kishi,


Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu iki muyassar o’lmasa olamda
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.

Ovoralig’ asru xonumondin yaxshi,


Bir go’sha manga iki jahondin yaxshi.
Ovora bo’lurni yaxshi ermas demagil,
Bo’lsa agar ovora ne ondin yaxshi?!

Raftoriyu qaddiga ravonim1 sadqa,


Bir boqishig’a iki jahonim sadqa,
Og’ziyu belig’a budu nobudim sarf,
Ko’ziyu labig’a jismu jonim sadqa.

Beqaydmenu xarob siym ermasmen,


Ham mol yig’ishturur laym ermasmen...
Ey gul ne uchun qatingda men xor o’ldum,
Yuz mehnatu anduh bila yor o’ldum,
Vasling bila bisyor sevindim avval
Hajring bila oqibat giriftor o’ldim.
Men necha jafoyu javrunga sabr etay,
Bir zarra vafoyu mehr yo’q senda netay,

Chun boshim oyog’ingg’a qo’yarg’a yaramas


Boshimni olib oyog’ yetkancha ketay.
Yod etmas emish kishini g’urbatta kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatta kishi,

Ko’nglum bu ga’ribliqta shod o’lmadi oh,


G’urbatta sevunmas ermish albatta kishi.
Yo’lda iqomat etti, Bobur dersiz,
Andoq demangizlarki, muqim ermasmen...

Har zulfdin ey ko’ngul, parishon bo’lma,


Har yuzga asru zoru xayron bo’ma,
Men sanga demanki tarki ishq et, lekin
Andoq qilkim so’ngra pushaymon bo’lma.

G’urbat tug’i yopqan ruhi zardimnimu dey,


Yo xajr chiqarg’an ohi sardimnimu dey,
Holing nedurur, bilurmusen dardimni
Holingni so’raymu, yo’qsa dardimnimu dey?

Dushmanni ki bu dahr zabardast qilur,


Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur,
G’am yemaki yetkursa boshini ko’kga
Oxir yana yer kabi oni past qilur.

Naqqosh mening holima tadbir etgil.


Bir yog’lig’ oro kashida tahrir etgil,
Ul safhada men xayol qilg’an yanglig’
Ul yorga mushkilimni takrir etgil.

Yuz nomayi ishtiyok tahrir ettim,


Yuz nav’ bila vaslinga tadbir ettim,
Ma’zur tut ey quyoshki to’leyi yo’qdin
Vaslingga yetar mahal da taqsir ettim.

Arbobi hasad so’ziga yuttung o’xshar,


Begonalik atvorini tutting o’xshar,
Bir dog’i soqinmading bu fursatta meni
Men xastani ey yor, unutgung o’xshar.
Tole’i yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi,
O’z yerni qo’yub hind sori yuzlandim,
Vah-vah netayin ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Bu chehra iki zardimdin uyalsang netgay,


Rahmat nazarini menga solsang netgay,
Bir ishva bila ko’ngul berib Boburg’a
Bir bo’sa bila ko’nglini olsang netgay.

Ey payk borib sano bila qulluq de,


Yer o’p, dog’i xub ado bila qulluq de,
Gar yor meni xastani sursa zinhor
Mendin yukunib duo bila qulluq de.

Davron meni o’tkardi sarvu somond


in, Ayirdi meni bir yo’li xonumondin,
Gah boshima toj, gah baloyi ta’na
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.

Xush ulki ko’zum tushsa sening ko’zungta,


Bevosita holimni desam o’zunga,
Bermay so’zima javob achchig’lanasen
Qilding meni muhtoj chuchuk so’zungga.

Sen gulsenu men haqir bulburdurmen,


Sen shu’lasen ul shu’laga men quldurmen.
Nisbati yo’qtur deb ijtinob1 aylamakim,
Shahmen elga, vale sanga quldurmen

Ko’zung bori sog’larni mast etgusidur,


G’amzang bori mastlarni past etgusidur,
Ko’b zohidu porsoni2 Bobir yanglig’
La’ling3 havasi bodaparast etgusidur
.
Keldi ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldiyu zikri may qilur men payvast4.
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar
Tun kun mayyu ma’jun bila devonayu mast.

Hijron g’amidin za’if jonim qo’ldi,


G’urbat alami birla ichim qon to’ldi,
Yuz shukrki muncha yilg’i g’am birla alam
Rohat bila ishratqamu baddal bo’ldi.
Ishqing, netay, ixtiyorsiz qildi meni,
Sabrimni olib qarorsiz qildi meni,
Olam eli ichra orsiz qildi meni,
Zuhd axliga e’tiborsiz qildi meni.

May tarkini qilgali erurmen g’amlik,


Bor tiyra ko’ngulga har zamon darhamlik5,
G’am birla fasurdalik6 halok etti meni
May birla emish shodliku xurramlik.

May tarkini qilg’ali parishondurmen,


Bilman qilur ishimniyu xayrondurmen,
El barcha pushaymon bo’luru tavba qilur
Men tavba qilibmenu pushaymondurmen.

Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,


G’urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav’ bitay firoqu g’urbat sharhin
Kim ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.

Bu olam aro ajab olamlar ko’rdum,


Olam elidin turfa sitamlar ko’rdum,
Har kim bu “Vaqoye’”ni o’qur bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.

Ne xesh meni xushlaru ne begona,


Ne g’ayr rizo mendinu ne jonona,
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun
Xalq ichra yomonlig’ bila men afsona.

BOBIRNOMA "dan





Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling