Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet65/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

BIR MAKTUB

Sabo , ul gul harimig’a guzar qil


Mening holimdin ul gulga xabar qil.

Salomim yetkur ul oromijong’a,


Yana mundoq degil ul dilistong’a.

Yuzungni ko’rsatib ko’nglumni olding,


Olib ko’nglumni ko’zdin meni solding.

Degil dildorlik mundoq bo’lurmu?


Tariki yorlig’ mundoq bo’lurmu?

Seni mundoq tasavvur qilmas erdim,


Bu yanglig’ rahmsiz ham bilmas erdim.

Seni deb barcha olamdin kechibmen,


Rafiqu yoru hamdamdin kechibmen.

Zamoni qilmadim sendin farog’at,


{Zale bordur senga mendin farog’at.

Meni avval uzunga hamdam etting.


Yana bilman nega nomahram etting!

Ne ya’ni muncha bizdin so’z yoshurmoq,


Jafo oyyini ne haddin oshurmoq-

Birovningkim birovdin ko’ngli qolur,


Kishi yuz so’z bila ko’nglini olur.

Ajabkim, mendin ey dildor to’ydung.


Mening ko’nglumni bir so’z birla qo’ydung.

Uzatma muncha ham Bobir so’zungni,


Bu so’zlar birla xor etma o’zungni.

Agarchi ko’p so’zung bor muxtasar qil,


Ul oyg’a so’zning aslidin xabar qil.

Gar ul so’zkim yoshurdung aytmassen,


Bu yanglig’ odatingdin qaytmassen.

Sening sevmasligingni jazm etarmen.


Bosh olib o’zga yer sori ketarmen.

Agar botroq yubormassen javobim


Bu xatdin ortuq o’lur pech-u tobim.
Bobir Shayboniydan mag’lub bo’lganidan keyingi holini tasvir qiladi

Bir kecha xotirim mushavvash edi


Ko’zda suv, ko’nglum ichra otash edi.

Dahr ishidin fig’on qilur erdim


Xotirimni yomon qilur erdim.

Har zamonda har ne xitob qilib,


O’lturub gah ko’pub shitob qilib.

Der edim, ey vafosi yo’q zolim,


Zulmdin yetti o’lgali holim.

Zulmdin o’zga ishni bilmaysen


Meni miskinga rahm qilmaysen.

Gar men o’lturguluk men o’lturgil.


Yo’q esa surguluk esam surgil.

Yo’q edi hech ishim sening birla


Neng bor ey dahr dun mening birla.

Kunji uzlatga ru qilib erdim,


G’amu mehnatta ju qilib erdim.

Ey xush ulkim. jam’i hamdamdin,


Dema hamdam, ki jumla olamdin.

Forig’ erdim, qanoatim bor edi.


Qoni’ erdim, farog’atimbor edi.

Go’shayi ixtiyor qilgan edim,


G’aflat uyqusidin oyilg’an edim.

Yana yuz ishvayu firib bila.


Hech bilmanki ne hiseb bila.

Davlat o’trusiga meni solding,


G’aflat uyqusig’a meni solding.

Bori ahbobni qilub masrur.


Bori a’doni aylading makhur.

Ato taxtiyda forig’ o’lturdum,


Bal, otam ko’rmaganni men ko’rdum.

Olti oy ichra olti taxt oldim,


Yetti iqlima balki ko’z soldim.

Dedim emdi murodima yetim.


Bilmadimki g’alat xayol ettim.

Ishratu aysh vaq ti yetgan chog’,


Mehnatu g’ussino oni yetgan chog’.

Yana mahrumi xonumon qilding,


Yana ovorayi jahon qilding.

Dardu g’amni menga anis etting,


Mehnatu ranjini jalis etting.

Aysh ila ishratimdin ayrildim,


Davlatu izzatimdin ayrildim.

Davlatu taxtu azizu joh qani?!


Hamdamu ham nishonlar, oh, qani?!

Bordi ul ayshu komronlig’lar,


Emdi kim ko’rsa holatim yig[‘lar.

Ko’rsatib davlat etmaging na edi?!


Yerga urdung ko’tarmaging na edi?

Bu necha zulmdur nihoyati yo’q?


Bu na yanglig’ sitamki g’oyati yo’q?

Dahrga ne vafoduru ne rahm,


Dahr ko’p bevafoduru berahm.

Yo’qturur mehri hech kishiga oning


E’timod etma xech ishiga oning.

Gah johilni sarbaland' aylar


Gah oqilni poyband aylar.

Jonu ko’nglida juz jaholat yo’q,


Hech ishida oning adolat yo’q.

Ne vafo qilg’anini bilsa bo’lur.


Ne jafosiga sabr qilsa bo’lur.

Ne qilay, ne kishidin istay dod ,


Kimga dahr ilgidin qilay faryod.

Dahr dundin shikoyatim ko’ptur,


Dahr eldin hikoyatim ko’ptur.

Ushbu holatta notavon ko’nglum,


G’ussadin tobmag’an omon ko’nglum.

O’z qatiq holatig’a yig’lar edi,


Ko’z qatiq holatig’a yig’lar edi .

Keldi boshimg’a subhidam oxir,


Mehrdin urdi subhdam oxir.
Meni o’z dedi mehrubonlig’din,
Necha so’z dedi mehrubonlig’din.

Ki fulonibuni razolattur


Ne jaholatturu ne holattur.

Necha dunya g’amidin aytmaklik,


Ko’p so’z oning uchun eshitmaklik.

Arzimas g’am yemakka bu dunyo.


Bal otin ham demakga bu dunyo
.
Tama’ uzgil bu eski dunyodin.
Xotiringdin chiqar bu dunyodin,

Davlat uchun o’zungni zor etma,


Izzat uchun o’zungni xor etma.

Ko’z ochib boqqucha safo yo’q anga,


Ko’z yumub ochg’uncha baqo yo’q anga.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling