Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


NAVOYIning to’rtunchi devoni “FAVOYIDU-L-KIBOR’dan


Download 390.19 Kb.
bet61/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

NAVOYIning to’rtunchi devoni “FAVOYIDU-L-KIBOR’dan
G’AZALLAR
Gul kerakmastur manga majlisda sahbo bo’lmasa
Naylayin sahboni bir gul majlis aro bo’lmasa.

Bazm aro xushtur qadah kavkab vale ermas tamom


Mutribi xush lahjayi xurshid siymo bo’lmasa.

Mehru mohu mushtariyu zuhra chun qildi tulu’


Hech naxs axtar tulu’i anda qato bo’masa.

Muncha ham bo’lsa muyassar jam emas xotir hanuz,


Toki mug’ kuyida bir mahfuz ma’vo bo’lmasa.

Chun bu yerda ichkaridin rust bog’landi eshik,


Odam ermas ul kishikim, boda paymo bo’lmasa.

Xushturur bu nav aminiyat vale oqshomgacha,


Gar falakdin bir xiyonat oshkoro bo’lmasa.

Har kishiga umrida bu nav’ bir kun bersa dast ,


To abad g’am yo’q agar bo’lsa yana yo bo’lmasa.

Umr bazmida nishot asbobi dilkashtur base,


Gar havodis shehnasidin anda yag’mo bo’lmasa.

Ey Navoyi, gar nasibingdur abad umri kerak,


Xotiringda yordin o’zga tamanno bo’lmasa.

* *
Xurvi ki mening jonima ofat yetilibdur,


Tubi kabi qad birla qiyomat yetilibdur.

Ushshoq ko’zidin durru guhar oqizurg’a.


Bir bahri jafo oni malohat yetilibdur.

Ishqing chamanida ne tarab shoqiki ektim,


Har birisi bir nahli nadomat yetilibdur.

Yuz zarracha sargashtaligim bo’lsa, ne tongkim,


Yuz mehrdin ul sho’x ziyodat yetilibdur.

Hijron g’amidin vahm etu shukr ayla, Navoyi,


Bu lahzaki vasliga salomat yetilibdur.

* *
Har qatra qonki tomdi ko’ngul toza dog’idin,


Bir toza lola ochti g’aming hajr tog’idin.
Demon ichinda xurda nixon qildi gunchakim,
La’ling gamida ut chika oning dimogidin.

Mast uyqu ichra tobsamu bir kecha olmasam,


Ikki ko’zumni tonggacha oning ayog’idin.

Gulda vafo yo’qin kayu bir qushki angladi,


Hargiz vafo guli tilamas dahr bog’idin.

Doyim yuzung xayoli, Navoyi ko’zindadur,


G’oyib emasturur pari oning bulog’idin.
* *
Ishq sirriga amin kimsa xayol aylamangiz,
Kiymangiz xalqdin anduhu malol aylamangiz.

Asray olmay o’zunguz chunki tilarsiz hamroz ,


Tobmog’i mumkin emas fikri muhol aylamangiz.

Xo’blar turdayi oshuftasig’a mayl etmang,


Ko’nglungizni kuch ila shifta qol aylamangiz.

Gulda yo’q buyi vafo, sham’da yo’q shu’layi mehr


O’zni bulbulvashu parvona misol aylamangiz.

Dilbarim chikgusi xurshiddek, ey mahvashlar,


Haddingizni bilib izhori jamol aylamangiz.

Tarki ishk etti Navoyi, tutubon takvoyu zuxd,


Ey sanamlar anga kup ganju dalol aylamangiz.

* *
Harir kunglaku ko’ksin nazora aylamadim,


Ki kunglanga ko’ksumni pora qilmaymen.

Demaki, ko’ksini men muncha pora qilmabmen,


Ki oni men xud o’zim muncha pora aylamadim.

Firoq shomi o’zi dogi tiyradur yolguz,


Duhoni ohim ila oni qaro aylamadim.
El istihora qilur tavbaga sahar gahumen,
Bajuz sabuxi uchun istihora aylamadim.

Navoyiyo, meni ul mast bazmidin surdi,


Yo’q ersa kom ila ondin kanora aylamadim.
* *
Firoq tig’i halokidin ancha emkandim,
Ki yetsa dog’i ajal o’lmamakga o’rgandim.

Yerim gar ulsa tamuk ko’p ko’runmagay muhrik,


Firoq shu’lasiga munchakim men o’rtandim.

Halak dashtida etkan ko’ngul topilmadi xech,


Quyun kabi necha kun har yoniga aylandim...

Bahoru bog’din ortar malolatu dardim,


Ki, yo’q chaman aro gul bargi noz parvardim.

Meniki ul yuzu xat dardman qildi, ne tong,


Bahoru sabzani ko’rgandin ortmoq dardim.

Bahori husni tamannosi ichra bargi xazon,


Sirishk qonlaridin bo’ldi chexrayi zardim...
* * *
Qizil tunung bila yuz xasta jonga ofat sen,
Hadis muxtasar aylay qizil qiyomat sen...

* * *
Yuz ochib yanglig’ bila la’lingni maqtum aylading,


Gul chog’i gulrang maydin bizni mahrum aylading...

* *
Andoq ko’rundi sabza orasinda lolalar,


Kim sabza xatlar ilgida gulgun piyolalar...

* *
Bu kun yo’q kimsa mendek ishq dardi oni zor etgan,


Diyoru mulkidin ovoraligni ixtiyor etgan...

* *
Ondin o’zga garchi sham’i tobmadi kulbamga yo'l,


Mendin o’zga barchaning sham’i shabistonidur ul.

* *
Dam-badam la’ling xayolidin ichim konmu emas,


Qatra-qatra ko’z yo’lidin yuzga g’altonmu emas.

Gah ulub gohi tirilsam tong emas vah g’amzasi


Qotil ermasturmu yo no’shi labi jonmu emas.

Ne ajab, ishq ofatidin chiqsa jon tan mulkidin,


Shah na zolimmu emas, yo mulk vayronmu emas.

Novaki zulm urmog’ingdin tonmagil, ey koshi yo


Tanda zahm ermasmu, yo ko’nglumda paykonmu emas.

Telba ko’nglumni dema ko’p vola ermas ishq aro.


Shuhrayi ofoq yo rasvoyi davronmu emas.

Dahr sho’xiga ko’ngul gar bermadim, ayb etmangiz,


Ishvasi chinmu emas, yo ahdi yolg’onmu emas.

Dasht aro ko’rsang, Navoyini emas majnun dema,


Toshmu urmas ko’ksiga yo jismi uryonmu emas.

* *
Firoq soldi bir o’q jismi notavonimga,


Ki o’rtanur kishi surmoqqa kelsa yonimga.

Ne ayb dog’i tanim kuysa zor xas yanglig’,


Bu shu’lalarki oning xajri soldi jonimga.

Taxayyur ayladi Farhodu Vomiqu Majnun,


Chu boqtilar alam angiz dostonimga.

Oning tufayli sanamlar yuzin ko’rarmen lek,


Muni kim ayta olur sho’xi bad gumonimga.

Ko’ngul shikoyatidin yuz risola yozmishmen.


Kim eltgay bu risolatni2 dilistonimga.

Ne sud elni gar ista, Navoyi, afg’oni


Chu yor solmadi hargiz quloq fig’onimg’a.

* *
Bu gulshan ichraki yo’qtur baqo guliga sabot,


Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling