Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet57/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

MUSADDAS

I


Subhidam maxmurlug’din tortibon dardisari,
Azm dayr ettimki ichgaymen sabuhi sog’ari ,
Chiqti sog’ar to’ldurub kofirvashi, mohpaykari,
Naqdidin olib dilimga soldi maydin ozari,
Vahki dinim kishvarin taroj qildi kofiri,
Kufr Eliga homiy bedin ahliga yag’mogari.
Demakim, nechun hayotingdin sanga yo’q hosili,
Ishqdin olingda har dam mushqil uzra mushkili?
Chun bilursen nechun aylabsen uzungni g’ofili,
Buyla bo’gay kimki yori bo’lsa sendek qotili,
Chobuki, ra’noqadi, no’shinlabi, xorodili,
Mahvashi, nasrinizori, gulruxi, siyminbari.

II


Do’stlar, gar xalq aro yo’q men kabi devonayi
Aylamang ko’p aybkim, yonimdadur mayxonayi,
Anda sho’xi kim tutar har dam to’la paymonasi,
Qaysi sho’xi: boda no’shi, ko’zlari mastonayi,
Jon berurda la’lidin Isosifat jononayi,
Ko’ngul olurda yuzidin Yusuf oyin dilbari...

III

Ul quyosh ishqidakim ko’nglumga yo’qtur toqati,
Shomi zulfidin agar jonimg’a yetsa mehnati,
Orazi mehriga qilsam mayl ermas xasrati,
Kim erur, har kimsakim nazzora qilsa soati,
Zulfi ko’zlarni qaro qilmoqta shomi furqati,
Shomi furqat daf’iga ruxsori mehri anvari1.

IV


Mayl qilmon bog’ aro gar bo’lsa gul, yo sunbo’i
Yoki guldek yuzda sunbuldek sochilgay kokili,
Ulki obdin har dam aylarmen fig’onur gulguli.
Gulizoridur, vale savti nechukkim bulbuli,
Ham guliston bazmi ichra sarv qomatlig guli,
Ham shabiston bazmi ixyosida' sham’i anvari.

V
Rahm qilmas notavon ko’nglum oning zori bo’lub,


Chehra ochmas,ko’zlarimning ashki gulnori bo’lub,
Vaslidin marham yeturmas bafim afkori bo’lub,
Iltifot etmas tanim xajr ichra bemori bo’lub,
Olloh-olloy bila ofatning giriftori bo’lub,
Naypag’ay bir men kabi zori, zaifi, abtari.

Ko’hi darding zaiflig tan birla chektim muddati,


Kim visol ummididin ko’nglumda erdi quvvati,
Emdi rahm etgilki yuzlanmish ajoyib holati,
Ne ko’ngulda quvati qolmish, ne tanda sihhati,
Ne qaroru sabru, ne tobu tavon, ne toqati,
Ne ko’ngul, ne jonu, ne ruhi ravon, ne paykari.
Ul zamonkim bo’ldum ul oy mexriga moyil bu nav’
Bilmadimkim bo’lg’usidir jonima qotil bu nav’,
Kelgusidur ishqida olimga yuz mushkil bu nav’,
Aylagumdur, hajridin mayxonani manzil bu nav’
Soqiyo dildorim ul yanglig’, meni bedil bu nav’,
Rahm etib, aylab manga tutkil labolab sog’ari.

Oshnolig’ tark etib chun yor etar begonalik,


Men qila olmon salomat ko’yida farzonalik ,
Aylayin dermen fano ahli bila hamxonalik,
Kim malomat jomidin hosil etay mastonalik,
To, bo’lub bexud Navoyidek qilay devonalik,
Kim tarahhum qilmasa, qilgay tamosho ul pari.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling