Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet60/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

NAVOYIning uchunchi devoni
BADOYE U-L- VASAD”dan


GAZALLAR

Labki xandon qilubon qoshu ko’zni o’ynatodur,


O’ynay-o’ynay meni bechorani qon yig’latodur.

Ko’rgach ul oyni yaqindurki fig’onlar qilg’ay,


Lek bexudluq ila ko’nglum o’zin tuktatodur.

Tortmoq mumkin emas o’qini ko’nglumdinkim,


Yana o’q har nafas oning yonida o’rnatodur.

Baxtim uyg’onmas agarchi faz’aim dard ahlin,


O’lum uyqusiga borganlar esa uyg’otodir.

Ko’zum ashkin bu jihatdin desa bo’lg’ay xunob,


Kim bu suv oqsa, bag’ir ham anga qonin qotadur.

Sabru orom sipohin nechakim yig’sam ishq,


Gah oni sinduradur, goh muni butratodur.

O’xshamaydur mening olimda, agarchi dehqon


Sarvi gulro’yima sarvu gulnio’xshatodur.

Ishq oni kelturadur xasta Navoyi tarafi,


Novaki g’amzani ul sho’x qayonkim otadur.

* *

Hayot bog’idagi sarvu lola bo’lg’usidur,
Mening mumiddi hayotim piyola bo’lg’usidur.

Ne ayb bazmim ichinda xazin fig’onki surud,


Angaki qon yutar, albatta, nola bo’lg’usidur.

Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,


Piyola davri ushal oyga hola bo’lg’usidur.
Navoyi, istama Kavsar mayini zuhd bila,
Ki boda ichguchi elg’a xavola bo’lg’usidur.

* *

Ne ham qoshlardururkim xasra gi qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar o’qi kim ro’zg’orimni qaro qilmish.

Ne pechu tobi hadsiz dom zulf erkinki ochilg’ach,


Demay ko’nglum qushikim o’yla yuzni mubtalo qilmish.
Ne ko’zlardurki, olmish ko’z yumub ochkuncha kunglumni,
Qilib xar gushada bemor qismi yuz balo qilmish.

Ne nozikxuy erurkim, aylamish o’truda yuz dashnom,


Gadoyikim, oning zulfu ko’zu qaddin duo qilmish.

Biravkim jannatu do’zax so’zin sharh, aylamish go’yo,


Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish...

* *

Biravki kundi kecha o’zga yerda yori oning,
Ko’zidin uyqu ucharda ne ixtiyori oning.

Kishiki dilbari ag’yor birla tutti qaror,


Ajab emastur agar qolmasa qarori oning.

Vafoga chunki jafodur evaz xush ul forig’,


Ki ishq kishvariga tushmamish guzari oning.

Hayot gulshaindin qayda bar tilar ko’nglum,


Ki, gam xazonida bo’lmish badal bahori oning.

Zamona bog’ida nahli vafo emas barsiz,


Ki javr sar-saridin tushti bargi bori oning.

Quvonma davlati husnungga, ey parivashkim,


Zamona davlatidek yo’qtur e’tibori oning.

Navoyi, ista fig’on xo’blar torig’mangkim,


Na qolg’usidur o’zi, ne fig’onu zori oning.
* *
Ishq o’tidin qismatim dardu balomu qilmading
Dard birla xonumonimni qaromu qilmading.
Kuymakimga barqu ofat qilmadingmu ohni,
O’lmakimga ashkni seli balomu qilmading.

Zulm tiyg’idin tanimni qilmadingmu band-band,


Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading.

Dema ey ko’zkim, ne qildim gar seni kur istasam,


Bir boqib yuz ming baloga mubtalomu qilmading.

Ey ko’ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,


Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading.

Shikva qilmoq sandin, ey gardun, ravo ermas dema,


Bizni bekom aylab el komin: ravomu qilmading...

* *

Sahar ko’rdum yuzin oqshomgacha kuydi xazin jonim,
Bu yerdi subh vaslim to na bo’lga’y shomi hijronim.

Quyosh kulbamga ingandin manga yuz qatla xushroqdur,


Qaro shomimni ravshan aylagay sham’i shabistonim.

Ne yanglig’ yoshuray xijron g’aminikim fosh etar har dam.


Og’izdin shu’lalik ohim nazardin ashksiz qonim,

Qading nahli xayoli ko’zdadur, ne navbahori husn.


Ma’ozalilao agar oni kungargay seli mijgonim,

Baliyat toshi yog’durgan tani vayronima gardun.


Mazallat4 gardi har dam yog’durur boshimga vayronim,

Qadah davrin evur, ey dayr piri, toki mumkindur.


Ki davron ranjini tortarga emdi yo’qtur imkonim,

Dema jomi fano ichra ezilmishdur ajal zaxri.


Navoyi, jon berib ul jomni chekmaktur armonim,
* *
Ishq ichra koni men kabi zeru zabar o’lgan,
Har kimki yo’q ondin batar ulgan, bagar ulgan.

Chun dilbari kirpiklar o’qi el sori otgan,


A’zosi aro har sarimu nishtar o’lgan.

Dehqon, deki mendek yana davron chamanida,


Kim ko’rdi vafo naxliga hijron samar o’lgan.

Men men labi jonbaxshi uchun la’l masallik,


Bag’ri teshilib garkayi xuni jigar o’lgan.

Mast ulki jahon mehnatidin topti farog’at


Davronga kelib ketganidin bexabar o’lgan.
* *

Oy botti munfa’il bo’lubon ul jamoldin,


Shoyadki chiqmagay yana bu infi’oldin .

Zulfung xayoli ko’nglum uyi ichra qo’ygali


, Holi emasturur nafasi ul xayoldin.

Kim ko’rdi husn bog’ida sarvi qading kabi


Hargiz tajavuz aylamagan i’tidoldin.

Dardaki, uldumu anga dardimni demadim,


Ko’nglin mukaddar aylamayin deb maloldin.

Yuz jon berib vafo bani odamda tobmogung,


Kech emdi ey ko’ngul, bu xayolimu holdin.
Xursandlig Navoyigadur bu umid ila
Kim vasl toshkori, xud emas extimoldin.

* *
Hijron kuni xar xastaki jononga yo’luqti,


Qil o’yla tasavvurki o’luk jonga yo’luqti.

Zulfung qaro qayg’usida la’lingga yulukkan,


Zulmat ichida chashmayi hayvonga yo’luqti.

Kochti ko’ngul ashkimdinu ohim aro tushti,


Yomg’ur suyidin ko’chtiyu to’fonga yo’luqti.

Hayronlig’ima xayrati mendin dog’i oshti,


Ishq ahlidin ulkim meni xayronga yo’luqti
.
Ishq ahdi ish topti bori vasl ila chora,
Bechora Navoyi g’ami hijronga yo’luqti.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling