Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet68/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Hayvonlari

Hayvonotkim, Hinduston(ga) maxsusdur. Vuxushdin biri fildurkim, Galpiy viloyatining sarhadlarida bo’lur. Ondin yuqori sharq sori boqa borgan sayi sahroyi fil ko’prak bo’lur. Ul oradin fil tutub keltururlar. Gara va Mangpurdin o’ttuz, qirq mavze’ning ishi fil tutmovdur. Devonga fil uq javob berurlar (ya’ni solug’larini ham fil bilan beradurlar).


Fil azimul jussa" va zerak jonivordur. Har ne desalar bilur, buyursalar qilur. Bahosi ulug’ligiga yarashadur. Karilab sotarlar. Har necha ulugrok baxosi ko’prak. Andoq rivoyat qildilarkim, ba’zi Jazoyirda shunqori fil bo’lur emish. Bu orada xud to’rt-besh qaridin ekizraq urulmadi. Filning yemak va ichmaki tamom xartumi biladur. Xartumi bo’lmasa tirilmas. Xartumning iki yoiida yuqoriga yengakida iki ulug tishi bor. Tomg’a va yog’ochga ushbu tishlarni qo’yub zurlab yi- kitur. Har zo’r ishkim bo’lsa ushbu tishlarni qo’yub qilur. “Och” bu tishlarni derlar. Bu tishlarning hind elining qoshida xili qadri bor. Filning tugi yo’qtur. Hinduston yelining qoshida filning bisyor e’tibori bor.

Cheriklarida har favjdakim bo’lur, albatta, bir necha fil hamrohdur. Filning ba’zi yaxshi xaysiyatlari bor. Ulug’ suvlardii va tundu tez suvlardin kalin yo’q ko’tarib, oson o’tadur. Yana to’rt-besh yuz kishi tortar qazon arobasiga uch-to’rt fil oson tortib boradur. Vale bugzi xili ulug’dur. Bir qator tevaning bo’g’zini bir fil yer!


Yana “Qarak”dur. Bu ham ulug’ jonivoridur, zahomati uch govishcha bo’lg’ay! Ul so’zkim, ul viloyatlarda mashxurdurkim: “kark filni shoxi bila ko’tarur emish” g’oliba g’alatdur. Bir shoxi bor burnining ustida uzunlug’i bir karishdin ko’prak iki karish xud ko’runmaydur. Bir ulug shoxidin bir abxurayi kishti bo’ldi, yana bir “nard”ning taxtasi bo’ldi. Yana uch-to’rt ilik ham shoyad ortti. Pekin terisi bisyor qalin bo’lur, katik yoy bila bagal qushoy va xub to’ldurub ursalar, yaxshi kirsa to’rt ilik kirar. Derlarkim: pustining ba’zi yerlarin o’q xili utar ermish. Iki qo’lining qoshidin va iki bo’tining qoshidin tixi tushubtur. Iirokdin yopug’ yopqan ko’runur. O’zga hayvonotdin otga
mushobaxati ko’prakdur. Nuchukkim, otning oshuk urnida parcha so’ngagi bor; muning xdm so’ngagi bor. Nuchukkim, otning ulug korni bo’mas; muning ham ulug korni yo’qtur. Nuchukkim otning ilgida kumak bo’lur; muning ham ilgida kumak bor. Bu fildin darrandaroktur. Vale, oncha mute’ minkod bo’mas “pir shovur” va “pishingir”ning jangallarida kalin bo’ur. Yana Sind suyi bila Jaxra viloyatnning orasidagn jan- gallarda ham kalin bo’ur. Aksar Hinduston yurushlarida Pirshovur va Pishingir jangallarida kark ulturulur edi. Tavri shoxlar urar, bu ovlarda g’alaba kishini va otini urubtur. Bir ovda Maqsud otlik chehraning' otini shoxi bila bir nayza buyi tashladi. Bu jihatdin Maqsud karkka mulakkab bo’ldi.
Yana govmish sahroyidur: bu govmishdin xiyli ulug’roqdur. Shoxi govmishning shoxidek keyinga boqsa yopuq emasdur. Bu mahkam muzir va darranda-jonuvordur. Hindustonda Sarv daryosining yoqasida ham qalin bo’lur. Yana nilagavdur: balandligi otcha bo’lgay. Otdin bir nima ingichqaraktur. Erkaki ko’kdur. Bu jihatdin g’oliba nilagav derlar. Iki kichikraq shoxi bor. Bo’g’zida bir qarishdin uzunroq tug’i bordur. Baxri qo’tosga mushobahati bor. Tuyog’i uyning tuyog’idek iridur. Modasining rangi gumrolning rangidekdur. Shoxi ham yo’qdur. Bo’g’zidagi tug’i ham yo’qdur. Erkagiga boka tupchok vaz’dur. Yana kutaxpoydur: ulug’lug’i ok kiyikcha bo’lgay. Muning iki qo’li iki buti qisqarokdur. Bu jihatdin ko’tahpoy derlar. Mungo’zi bugu munguzidek shoxchalikdur. Vale kichikrakdur. Xar yil bug’udek munguz solur. Yugurushda zabunrokdur . Bu jixatdin jangaldin chikmas. Yana bir jiyronning erkagi xuna yo’qunlik kiyikdur. Orqasi qora, tugi oq xunaning shoxidin muning shoxi uzunroqdur. Va parishonroqdur. Hindustonlilar kalxar derlar. Aslida qolaxran ekandur. Ya’ni qora kiyik. Taxfif qilib kalxara debdurlar. Modasi oqdur. Ushbu kalxara bila kiyik tutarlar. Bu kalxaraning shoxiga tuzoqning xalqasini berkiturlar. Oyogiga to’pig’din ulug’roq toshni ovizon bog’larlar, ya’ni kiyik ilingandan so’ng yiroq ketariga mone’ bo’lgay. Ondin so’ng yozi kalxarasini ko’rub muqobilasida qo’ya berurlar. Bu bila kiyik urushqa g’arib xarisdur, filhol urushqa kelur. Ul kiyikning shoxiga berkitgan shox urushub ilgari keyin borur, kelurda ul kiyikning shoxiga berkitgan tuzoqqa kirar. Ul kochmokka mayl qilsa rom kiyik qochmas. Golibo oyog’iga bog’lagan tosh ham mone’ bo’ur. Bu nav’ bila kalin kiyik tutarlar. Tutgandin so’ng rom ilurlar. Kiyiklarni tutmoqqa rom qilurlar. Yana bu rom kiyiklarni ham to’yda urushqa solurlar. Yaxshi urushur.
Yana Hindustonning tog’ domonalarida kichikraq kiyik bo’lur. Orqarg’olchaning bir yillik tuklisicha ulug’lugi bo’lgay. Yana bir kichikgina uydur. Ul yerlarning ulug qo’chqoricha bo’lgay. Gushti bisyor yumshoqdur. Yana maymundur: Xindustoni bondir der. Ham ulug bo’lur. Bir nav’i uldurkim, viloyatlarga eltarlar, lo’lilar o’yun o’rgaturlar. Darayi nur tog’larida, Ko’xi safedning Jar navoxisidagi, domonolarida va andin kuyi tomom Hindustonlarda bo’lur. Bulardan yuqori bo’lmas. Tuki sariq va yuzi oqdur. Quyrug’i xili uzun emasdur. Yana bir nav’ maymun' bo’lur bajvar va savdo ul navoxilarda ko’rulmaydur. Ul viloyatlarga eltar maymunlardan xili ulug’roqdur. Kuyrugi ham bisyor uzundur. Tugi oqroq, yuzi kob-qoradur. Bu nav’ maymun Hindustonning tog’larida va jangallarida bo’ladur. Ul viloyatlarda yo’qtur. Yana bir nav’ maymun bo’ladur: yuzi, tugi va bo’ri o’zvi qop-qoradur. Yana niyuldur kishidin jo’zvi kechirak bo’lg’an. Yog’ochqa chiqar. Ba’zi mush xurmo ham derlar. Muni muborak tutarlar. Yana bir sichqondurkim, qilaxriderlar. Bu hamisha daraxtlarda o’q bo’lur. Daraxtlarning ustida yuqori-quyi ajib chust va chaspon yugurur.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling