Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet71/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

(Chechaklarn)

Yana Hindustonda turli gullar bordur. Bir josundur. Ba’zi Hindistoniy kadxal deydur. Giyoh emas daraxti soklikdur. Gulbundin bir nima balandrokdur. Rangi anor gulidin hanuz sabzrokdur. Ulug’¬lug’i qizil gulcha bo’lg’ay. Vale, qizilgul g’uncha bo’gandin so’ng bir o’t ochilur. Bu “josun”kim ochildi, o’rtasidin yana ham ushbu barglardan ingichka bo’lub, tanadek bir ilik uzab, yana ushbu josun barglari ochiladur. Xosil dusanbagul bo’ladir. Holi az g’aroyib emas. Daraxti ustida bisyor xush rang va xushnamo ko’runadur. Ko’p turmaydur. Bir kunda o’q pajmurda bo’ladur to’rt oy pushqol oylarida asru xub va ko’p ochiladur. G’olibo, aksar yil ochilur. Vale bu ko’pluk bila edi yo’qtur!


Va yana bir gezdur. Oq ham bo’ladur, kizil ham bo’ladir. Shoftolu guli va’zlik panj barga bo’adur. Qizil gezning shoftolu guliga shaboxati bor. Vale, gez guli un to’rt-un besh gul bir yerda ochiladur. Yiroqdin bir ulug guldek ko’runadur. Muning butasi gulbundin ulug’roqdur. Qizil gezning tavrig’ina idi bor, xushoyandadur. Bu ham pushqolda ko’p xub ochiladur. Ham aksar yil topilur.
Yana kayuradur. Bisyor latif idi bor. Mushkning aybi budurkim, xushklugi bordur. Muni mushktar desa bo’ur. Agarchi o’zining g’arib tavr xay’ati bordur. Gulning uzunlugi bir yarim qarish-iki qarish bo’lg’ay. Vaz’i garov bargidek uzun barglardur. Muning tikani bordur. G’unchadek tiqilgan, tashqarigi barglari sabzrok, tikanliraq. Ichkariga barglari yumshoq oq barglar bo’adur. Ichkariga barglarining oralarida gulning o’rtasidagidek nimalar bo’adur. Yaxshi idi ondin keladur. Yangi chiqib hanuz tana paydo qilmagan erkak qamishning butasiga o’xshar. Muning bargi yassiroqdur. Va tikanlik tanaligi bisyor beandodur. Ildizlari ko’runub turubdur.
Yana yosuman bo’ladur oq. Muni jambali deydurlar. Bizning yer yosumanlaridin ulug’roq va idi tundroq bo’ladur.
(Hindustonda yilning fasllari)

Yana ul viloyatlarda to’rt fasl bo’lur; Hindustonda uch fasl bo’ur: to’rt oy yozdur, to’rt oy pushqol, to’rt oy kish oylarining ibtidosi hiloli oylarning istiqbolidindur. Har uch yilda bir oyni pushqol oylarig’a ziyoda qilurlar. Yana uch yilda qish oylarig’a ziyoda qilurlar. Yana uch yilda yoz oylarig’a... bularning kabisasi budur. Chitor, bisom, jashit, osod (tobiston); muvaqki xut va hamal va javzo va savr. Sovun, bodun, quvor, kotik (pushqol); muvafki saraton, va asad, va sunbula, va mezon. Oqxan, push va mokxa va pexogin (zimiston); muvafki aqrab, qavs, jadi, va dalv. Hind eli fusulnikim, to’rt oy tutarlar va oy ta’yin qilibdurlar, har faslda yana ikidar1 oyni issiqning, va yog’inning va sovuqning zo’ri tutubdurlar. Yoz oylaridin iki suntti oykim, jasht bila osoddur, issiqning zo’ri bu iki oydur. Pushkor oylaridii iki burungi oykim, sovun va bodundur yog’inning zuri bu iki


u
1 Ikidar - ikishar (turkiycha).


oydur. Kish oylaridin iki o’rtadaga oykim push va moqxadur. Sovuqning zo’ri bu iki oydadur. Bu e’tibor bila bunlarning fasli olti bo’ladur. Kunlarga ham ot qo’yubdurlar; shanbe (saynchir), yakshanbe (itvor), Dushanbe (sumvor), sehshanbe (monkvor), chahorshanbe (bo’dvor), panjshanbe (birsipotvor), odina (sakrvor). Nechukkim, bizning viloyatlar istilohida kecha, kunduzni yigirma to’rt qismat qilubdurlar; har qaysi bir soatdin debdurlar; har soatni oltmish qismat qilibdurlar; har qaysini bir daqiqa debdurlarkim, kecha va kunduz ming to’rt yuz qirq daqiqa bo’lgay. Daqiqaning miqdori taqriban fotihani bismilloh bila olti qatla o’kug’anchadurkim, bir kecha-kunduz sakkiz ming olti yuz qirq navbat fotiha bismilloh bila o’kug’uncha bo’lgay. Hind eli kunduzni oltmish qismat qilibdurlar. Har qaysini bir kari debdurlar. Yana kechani to’rt va kunduzni to’rt qismat qilibdurlar. Har qaysini bir pahri debdurlarkim, forsiy (pos) bo’lg’ay. Ul viloyatlarda pos va posbon eshitilur edi, bu xususiyat bila ma’lum emas edi. Ushbu maslahatg’a Hindustonning jami mo’tabar shahrlarida jami mukarra va muayyandurlarkim, karoyli derlar. Birinjdin bir yassi nama qo’yubturlar; ulug’lig’i toboqcha bo’lgay. Qalinligi iki ilikcha bo’lgay. Birinjni karyol derlar. Bu karyolni bir baland yerda ovizon qilibdurlar. Yana bir toshlari bor: jami soat, oning quyisi tushukdur. Har qarida bir to’la, karyollar navbat bila toshni suvga qo’yub muntazirdirlar. Masalan, kun tug’ar vaqtidinkim, bu toshni qo’ydilar. Tosh bir to’lsa to’qmolari bila karyolga bir urarlar; iki martaba o’lsa iki, pahr tugatguncha. Pahrkim tugansa alomati budurkim, to’qmoqni karyolg’a bot g’alaba-g’alaba urarlar. Agar kunduzdin avvalgi pahr bo’lgan bo’lsa bot-bot qo’qqandin so’ngra darangi qilib bir navbat qoqarlar. Ikinchi pahr bo’lg’an bo’lsa bot-bot qoqqanidin so’ng iki koqarlar. Uchunchida uch, to’rtinchida to’rt. Kunduzning to’rt pahrikim tugandi, kecha pahridin boshlab ushbu dastur bila kechaning to’rt pahrini tugaturlar. Bo’run karyollar, kecha-kunduzda pahr tuganganda uq paxr alomatini qoqirlar edi, kechalar uyqudin uyg’ong’onlarg’a uch qari yo to’rt qarining qoqqan uni kelsa edi, ma’lum bo’lmas edikim, ikkinchi pahrmudur, yo uchunchi pahrmudur. Men buyurdumkim, kecha qarilarini va butunluk kunduz qarilarini kokkandan so’ng pahrning alomatini qaqqaylar, masalan, kechaning avvalgi pahridin uch kari kokkandin so’ng darang qilib, pahrning alomatini yana bir ham kokkaylar, ya’ni ma’lum bo’lgaykim, bu uch kari avvalgi pahrdindur. Kechaning uchunchi pahridin to’rt kari kokkandin so’ng darang qilib pahrning alomatini uch qoqqaylar. Ya’ni ma’lum bo’lgaykim bu to’rt kari uchunchi pahrdindur. Xiyli yaxshi bo’ldi. Kecha xar vakt uygonganda karyol uni kelsa mushaxxas bo’ladurkim, qaysi paxrdip necha karp bo’lubtur. Yana har qarini oltmish bo’lubturlar. Har birini pul debdurlarkim, bir kecha-kunduz uch ming olti yuz pul bo’lg’ay. Yana har bir pulning miqdorini oltmish qatla ko’zni yumub ochguncha debdurlarkim, kecha-kunduz iki yuz un olti ming ko’zni yumub ochguncha bo’lg’ay derlar. Bir pulni tajriba qilindi, taqriban sakkiz martaba “Qulhuvvollohu ahad”ni bismilloh bila o’qug’uncha bo’ldikim, kecha- kunduz yigirma sakkiz ming sakkiz yuz “Qulhuvolloh”ni bismilloh bila o’quguncha bo’lg’ay.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling