Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet64/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

MAHBUB UL-QULUB”dan


Yigirma oltilanchi fasl: tujjorlar zikrida

Tujjori sayohat shior, aqolim va buldon: holidin xabardor ajoyibdin afsona guzar va g’aroyibdin nodira guftor. Jibol tosh, dasht qumig’a oqa surgan, bexor amvojidnn naf’ va zarar ko’rgan, halolro’zi kasbiga masofatlar qat etgan, jamiyati zohir tilab botin parishonglig’lariga yetgan, biri yuz bo’lurdin boshida savdo va ro’zi katon bo’lurdin ko’nglida tamanno. Mundoq kishining maqsudi tamom osig’ bo’lmasa va bu osig’ xusuli ujun ranji qatig’ bo’lmasa, savdo uchun tengizga kema surmasa va dur uchun nahang komiga qadam urmasa, mol va diram azamatiga sabab qilmasa, xadam va hashamni" hashmatiga jihat bilmasa, nafs ashyosini ayab eski chopon kiymasa. Va laziz ag’ziyani isirqab qurug’ non yemasa, ranji maosh sahulati uchun bo’lsa va sudi ko’ngul farog’ati uchun bo’lsa. Safardin azizlar suhbatiga yetmak murodi bo’lsa. Va rioyatidin nomurodlar ishi kushodi bo’lsa. Shar’iy zakot bo’ynida qolmasa va fuqaro haqqin o’z bo’yniga olmasa, yo’qki molin aziz asrab o’zin xadar etgay va o’z molin tomg’adin o’g’urlab o’ziga mazallat etgadi. Yo voris, uchun yig’g’ay va hodisa ko’zgar uchun qozong’ay. Mundoq kishi xo’ja emas, mazdurdur va o’z laym va razilligidin hamisha ranjurdur. Nazm:


Mundoq kishida yo’q xiradu hushdin nishon,


Bilgil gado agarchi erur Xo’jai jahon.


BOBIRNING SHE’RLARI

Jonimdin o’zga yori vafodor tobmadim,


Ko’nglumdin o’zga mahrami asror tobmadim.

Jonimdin o’zga joni dilafkor ko’rmadim,


Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor tobmadim.

Nochor furqati bila xo’y etmishsam, netay,


Chun vasliga o’zumni sazovor tobmadim.

Bori boray eshikiga bu navbat, ey ko’ngul,


Nechaki borib eshikiga bor tobmadim .

Bobir, o’zungni o’rgata kur yorsizki man


Istab jahonni muncha qilib yor tobmadim.
* *
Ko’zumda mattasil ul egma qosh kerak bo’lsa,
Qoshimda ko’z yorug’i ul quyosh kerak bo’lsa.

Sujud vaqtida mehrob bo’lmasun hargiz,


Ki bosh qo’yarda o’shal egma qosh kerak bo’lsa.

Habib ishqida boshdin kech, ey ko’ngul, yo’q esa


Buyung’a qo’yma oyoq senga bosh kerak bo’lsa.

Qo’yub oyog’ig’a bosh so’rsa la’lidn har kim,


Boshig’a tufroqu og’ziga tosh kerak bo’lsa.

Sening bila bori el noxush o’lsa, ey Bobir,


Ne bo’lg’usi senga ul yor xush kerak bo’lsa.

* *
Kim ko’rar xurshidin ul moh siymo bo’masa,


Kim so’rar shakkarni ul la’li shakarho bo’lmasa
.
Gul tikandur ul yuzi guldin yiroq,
Sarv o’qtur bag’rima ul sarvi balo' bo’lmasa.

Jannatul ma’voni ne zohid netay men zorkim,


Istaram kuyidin o’zga menga ma’vo bo’lmasa.
Tiymagil devona ko’nglumni ki rasvo bo’lma deb,
Oshiq o’lgaymu edi ul telba rasvo bo’lmasa!

Gar boshingni kessalar ishqda, ey Bobir, sening


Yordin ko’nglung kerakkim o’zga qat’o bo’lmasa.

* *
Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,


Kelsun agar yuzumni evursam balo menga.

Netgaymen ul rafiq bilakim qilur, base,


Mehru vafo raqibqa, javru jafo menga.

Begona bo’lsa aql meni telbadin ne tong,


Chun bo’ldi ul parisifatim oshno menga.

Ohu yoshimdin ortadurur zaif, ey tabib,


Bildim yarashmas emdi bu obu havo menga!

Dardim ko’rub muolajada zo’ye etma umr,


Kim jonda dardi ishqdurur bedavo menga.

To yor kimni istaru ko’ngliga kim yoqar,


Tashvish bejihatturur oxir senga, menga.

* *
Xazon yaprog’i yanglig’ gul yuzung hajrida sarg’ardim,


Ko’rub rahm aylagil ey lolarux , bu chexrayi zardim.

Sen ey gul, qo’ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,


Oyog’ingg’a tushub bargi xazondek muncha yolbordim.

Latofat gulshanida gul kabisen sabzu xurram qol,


Men archi dahr bog’idin xazon yafrog’idek bordim.

Xazondek kon yoshim sorig yuzumdin el tanaffurda


Bahar rangi bihamdullox ulusdin o’zni qutqardim.

Ne tole’dur mengakim axtari baxtim topilmaydur,


Falak avrokini xar nechaki daftardin axtardim'.

Ulusning ta’nu ta’rizi menga, Bobir, barobardur,


Bu olamda o’zumni chun yomon yaxshidin o’tkardim.

* *
Gul jamolin yopqan ul gulning iki rayhonidur,


G’uncha sirrin ochqan ul ikki labi xandonidur.

O’qi zaxmini ko’rub uryon tanimda el degay,


Kim bu ko’hi dardining ul lolayi nu’monidur .

Sel emastur yer yuzin tutqan ko’zumning yoshidur,


Dud emastur ko’kka chirmashqan ko’ngul afg’onidur.

Lojaram' bo’lgay parishonu havoiy men kabi


Zarra yanglig’ kimki bir xurshid sargardonidur...

* *
Ko’k o’smada ul oy qoshi go’yo xayoldur,


Yo oy boshida ko’kda ko’rungan hiloldur.

Ne nav’ o’xshasun yuzig’a oftobkim


Oning zavoli bordur, bu bezavoldur

Og’ziyu ikki zulfu qadi bo’lmasa menga


Rayhonu sarvu guncha ko’rardin maloldur.

Ushshoq ohi selidin osib opmasun


Qaddingki husn bog’ida nozik niholdur.

Ko’nglumga dard kelgali ham bo’ldi qomatim


Qaddim magarki dard yonidagi doldur.

Garchi vafoyu mehrni bilmas mening oyim,


Lekin jafoyu javrda sohib kamoldur.

Har necha beinoyat esa yor, Bobiro


Sen qo’yma xizmatingniyu oni uyoldur.

* *
Charxning men ko’rmagan javru jafosi qoldimu?!


Xasta ko’nglum chekmagan dardu balosi qoldimu?!

Meni xor etdiyu qildi muddaini parvarish


Dahri dunparvarning o’zga iddaosi qoldimu?!

Meni o’lturdi jafoyu javr birla ul quyosh


Emdi tirguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq o’lg’ach ko’rdum o’lumni o’zumga, ey rafiq,
O’zga ko’nglumning bu olamda qarosi qoldimu?!

Ey ko’ngul, gar Bobir ul olamni istar qilma ayb,


Tangri uchun de: bu olamning safosi qoldimu?!

* *
Mening ko’nglumki gulning g’unchasiday tahbatah qondur,


Agar yuz ming bahor o’lsa ochilmog’i ne imkondur.

Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtin orzu qilsam,


Ko’zumga o’qdurur sarvu ko’ngulga g’uncha paykondur3.

Bahoru bog’ sayrin ne qilaykim, dilistonimning


Yuzi gul, zulfi sunbo’, qomati sarvi xiromondur.

Visoli lazzatidin ruh topmoglig’ erur dushvor


Firoqi shiddatida yo’qsa chun bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armoni birla o’ldum,
ey Bobir, Mening na’shimni1 bori ul pari ko’yidin aylandur.

* *
Agarchi sensizin sayr aylamak, ey yor mushkuldur,


Sening birla chiqishmog’liq dog’i bisyor mushkildur.

Mezojing noziku sen tundu2 men bir beadab telba,


Senga holimni qilmoq ey pari izhor mushkildur.

Ne osig’ nolayu faryod xob olud baxtimdin,


Bu unlar birla chun qilmoq oni bedor mushkildur.

Menga osondurur bo’lsa agar yuz ming tuman dushman.


Vale bo’lmoq jahonda, ey ko’ngul, beyor mushkildur.

* *
Ey xush bo’lgayki, bir kun uyqulik baxtimni uyg’otsam,


Kechalar tori mo’yidek beliga jirmashib yotsam.

Gahi guldek yuzini ul shakar so’zlukning eslasam,


Gahi shakkar kabi ul yuzi gulning la’lidin totsam.

Qani Shirin bila Layliki sendin noz o’rgansa,


Qani Farhodu Majnunkim alarga ishq o’rgatsam.
Ko’zum ravshanligida bo’lgay, ey Bobir, base kamlik
Agar qoshi bila yuzin hilolu kunga o’xshatsam.

* *
Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kabi yozi,


Xush ul kishi kim ayshi ila o’tsa qishu yozi.

Dutora uni ayshu farog’at ne berur yod,


Mutribqa quloq tutki ne der nag’mada sozi
.
Chun qiblam erur yor qilay qqoshida sajda,
Nosih so’zini naylay, emas so’zi namozi?

Bu telbayu madhush dilu jonig’a xushtur,


Gah qahru itobi bila gah ishva bu nozi.

* *
Ko’rmagay erdim jamoli olam aro koshki,


Bo’lmag’ay erdim bori olamg’a rasvo koshki.

Ishq bog’ining niholi g’am bari xirmon emish,


Qilmag’ay erdim bu gulshanni tomosho koshki.

Qilmag’y erdim ko’ngul ishqin havas bal tilga ham,


Kechmagay erdi oningdek lafz aslo koshki.

Ixtiyor et o’zga ish, Bobirki, hosil bo’lmagay I


shqu vaslu aysh ila ishrattin illo koshki.

* *
Qaysi bir ozorin aytay jonima ag’yorning,


Qaysi bir og’ritqanin ko’nglumni dey dildorning.

Qaysi bir payrovlig’ini tole’ gumrohning,


Qaysi bir kajravolig’imni charx kajraftorning.

Qaysi xasrat birla armonin vafosiz vaslining


Qaysi mehnat birla ranjin furqati xunxorning.

G’urbat ichra, ey ko’ngul, eldin vafo istarni kuy


Chun vafo sen ko’rmading hargiz diyoru yorning.

Bobir, ul gul javr etar ag’yordin ne yaxshilig’ ,


Gulning ozori bu bo’lsa xud ne bo’lgay xorning.
* *
Tushumda chun quyoshdek orazingni ko’rdum o’trudin,
Tilarmen to qiyomat ochmag’aymen ko’zni uyqudin.

Sening vaslingdin ayru tushgali borg’an sayiortar,


Tahassur orqadin mehnat yonimdin hajr o’trudin.

Ko’nguldan qat’iy umid ayladim ul vaqtkim bildim,


Kesildi rishtayi jondin, osildi tori gesudin.

Tiya olmon yig’idin ko’rgach, ul yoshin vale ul ham,


Ko’zum yoshini ko’rgach asray olmas o’zni kulgudin.

* *
Sochiyu qoshiyu ko’zidin boshta xavodur


Ne boshta xavo xar birisi boshqa balodur.

Qosh yoyi bila ul qaro ko’z gamza ukini


Ushshoqdin o’zga soriga otsa xatodur.

Gar chin desangiz ko’zi oning ohuyi Chindur,


Zulfini xato qilmasangiz mushki Xitodur.

Evrulsam oning boshig’a tobshursam anga jon.


Jonimda havas ulduru boshta bu havodur

Ishq ichra yoshurg’an yuragim qonini vahkim,


Bu seli sirishkim bori olamg’a yo yodur...
* *
Xurshid yuzung birla bu kun, ey mahitobon,
Da’vo gar etar bo’lg’usi kun so’ngra pushaymon.

Sen gul kabi to g’amzada sen husnungga magrur,


Bulbul kibi men g’amzada" men husnungga xayron.

Gul yuzung erur lola, vale lolayi xudruy3,


Tor og’zing erur g’uncha, vale g’unchayi xandon.

Gahi qulog’ing to’lg’adi, gah yuzunga keldi,


Zulfungni yig’ishturki base bo’ldi parishon.

Chun bo’ldi sochi toriga jon rishtasi payvand,


Bobir, ko’ngul o’zmak sochidin emdi ne imkon?!

Shohi gulu nastaran yod berur bo’yidin,


Atir ne mushki Xutan kasb qilur mo’yidin.

Gul yuzidin munqa’il , sarv qadidin xijil,


Rang olur muttasil lolayi gul ro’yidii.

Jong’a qilur yuz sitam ko’ngluma yuz ancha ham,


Ko’z oqirir jo’yi g’am sho’xi bolajo’yidin .

Garchi qilur yuz karam, vasli etar muhtaram,


Lek base qo’rqaram Bobir oning xo’yidin.

* *
Qayonga borsa, oning men o’zumni yetkuranin,


Yetishmasam sanga boqib duo qilib turayin.

Yuzum busog’anga sursam ne yaxshi ayshdurur,


Inoyat et eshikingda bu ayshni so’rayin.

Firoqing ichra yig’idin nechun yig’ay o’zni,


Yoshim bosh urdi jahonga ne nav’ yoshurayin.

Necha to g’oful etib manga boqmadin yurur ul,


Necha tazarrut etib men anga boqib turayin.

Quyoshqa zarra nazar solmagay sevunmakdin,


Qutulsa g’am o’tidin, ko’rsa yona Bobir oyin.

* *
Necha husn ahlidin maxzun ko’ngul, ozor tobkaysen


Necha gulchehralardin bag’ring ichra xor tobkaysen

Necha ishku firoku rahmsiz ag’yor ilkidin,


Uzungni xoru jonni zoru ko’z xunbor tobkaysen.

Necha mokdur bor necha oning royicha borgaysen,


Necha borg’an sayin o’zungni bemiqdor tobkaysen.
Tanimg’a nechakim nazzora qilsang dog’ ko’rgaysen
Ko’ngulda har nechakim istasang ozor tobqaysen.

Bu mahvashlarga ko’ngul bermagilkim asray olmaslar,


Ko’ngulni asragil bo’lg’ayki bir dildor tobqaysen.

* *
G’ofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut,


Vaqti aysh erur boqi ol chog’ir ketur bot tut.

Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yangla ,


Ne bo’lur ekan tongla? Sen bu kun g’animat tut
.
Xushturur vasli yor, onda bo’lmasa dayyor ,
Bo’lsa vasl beag’yor davlatu saodat tut.

G’am cheriki bexaddur chorasi budur Bobir,


Bodani ko’pak keltur, jomni himoyat tut.

* *
Ulki yillar, oylar o’tkargay g’amu motam bila


Shodu xurram bo’lmagay navro’z ila bayram bila.

Ulki davronning oyog’idin damodam qon yutar,


Nash’a topmas gar ichar har davr jomi jam bila.

Dema, ey hamdam, diyoru yor so’zinkim mening,


Ulfatim yo’q olam ahli birla bal olam bila.

Sendin ayru naylagayman oid ila navro’zni


Oyu yil xushtur sening birla agar bo’lsam bila.

Tortib afg’on ox urub xijronda, Bobir, yig’lasang,


Navha3 tuzgay bazmi g’am ahli bu zeru bam bila.

Tunu kun bizla bu, tun majlisi asru xush edi,


Majlis ahli bori dilxo hubori dilkash edi.

Borining so’zi edi xubu latifu rangin,


Ne parishonu ne bema’niyu ne chirmash edi.

Yaxshi may yo’q ediyu nash’ai may yaxshi edi,


Noxush el yo’q ediyu asru havoyi xush edi.

Bori ahbob edi xozir, bori asbob edi jam’,


Sozu xonanda bila nuqlu mayi beg’ash edi.

Goh purxanda edi el labi sarxushluqtin,


Mastlig’din yana goh el ko’zi to’la yosh edi.

* *
Barcha ta’zim qilib bir-birini mastona,


Goh boshta oyoq erdi, goq oyoqta bosh edi.

Tun yarimigacha nav’ ediyu ondin so’ng,


Majlis axlining ishi xar sorig’a tarqash edi.

Men eligdin borib erdim tutub iyagimni birav,


Meni uyg’otdi ko’z ochtim esa ul mahvash edi
.
Bobir, ar harza dedi majlis eli ayb etmang
Karam aylang, oni ma’zur tutung sarxush edi.
* *
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishqdardi, bodaning kayfiyati.

Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor,


Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa bordur davlati.

Ishq dardini chekib har kimki topsa vasli yor,


Ul zamon bo’lgay unut yuz yilg’i xijron shiidati.
Do’stlarning suhbatida ne xush o’lgay bahsi she’r,
To bilingay har kishining tab’i birla holati.

Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila,


Mundin ortuq bo’lmagay Bobir jahonning ishrati.

* *
G’urbatg’a soldi charx meni yuz jafo bila,


Yod ayla men g’aribni gohi duo bila.

Behad vafoyu mehr sanga ko’rsatib edim,


Sen ham sog’ing’asen meni mehru vafo bila.

Chun qildi meni ul buti chin zoru mubtalo,


Ishim mening qolib turur emdi Xudo bila.

Ko’rman farahni bir dam agar ondin ayrumen.


Bilman alamni bormen oning birla to bila.

Ul sarvga qaram qilibon yetkur, ey sabo,


Bobir niyozin yer o’pub xo’b ado bila.

* *
Keldi ul vakt ki boshimni olib ketgaymen,


Olam ichra oyogim yetgancha yetgaymen.

Istaram o’zni aziz elga ko’runmasliktin,


Necha uzumni ulus ko’zida xor etgaymen.

Xalq yuz javr ila ishlar buyurur kosh elning


Ne yuzin k)fgamenu ne so’zin eshitgaymen.

Xar sori borsa bu devona ko’ngul ayb etma,


Ela devona emaskim oni berkitgaymen.

* *

Bu g’amda menki ishim fikrini ne nav’ etayin,
Ne yerda sokin o’lay, ne qilay, qayon ketayin?!

Nedadin eshigim ochilur ne masjidtin,


Necha eshikdin eshikga gado kabi yetayin?!

Jahon eli bila guftu shunud qilmasmen,


Necha so’zumni deyin, mencha qatiq eshitayin?!

Dema ne bo’ldi ishing fikr qilgil, ey Bobir,


Ne bo’lsa ul bo’lur erkin ishim, ne fikr etayin.
* *
Xush ulkim yordin qat’ aylabon tarki diyor etsa,
Jahon kezmak bila beqaydligni ixtiyor etsa.

Oningdek bo’lsakim aslo tafovut bo’lmasa paydo,
Agar bu dahr dunxor aylasa gar e’tibor etsa.

Kishining jonig’a dushman, balodur boshig’a bu el.


Agar boshin tufayl aylab, va gar jonin nisor etsa'.

Diyoru yordin, Bobir, jafoyu javr ko’p ko’rdi,


Xush ulkim yordin qat’ aylabon tarki diyor etsa.
* *
Yana bir ko’z g’amidin xasta ko’rarmen o’zni,
Yana bir zulfga vobasta ko’rarmen o’zni.

Labining xasratida zor toparmen jonni,


Ko’zining furqatida xasta ko’rarmen o’zni.

Ko’zidin ul qoshi yo, garchi meni soldi yiroq


Lek ul oy qatida payvasta ko’rarmen o’zni.

Zulfi zanjiriga to bo’ldi ko’ngul vobasta


Shukr Bobir kabi vorasta ko’rarmen o’zni .

* *
G’urbatg’a ul oy hajri meni pir qilubtur,


Hijron bila g’urbat menga ta’sir qilibtur.

Bu hind yeri hosilidin ko’p ko’ngul oldim,


Ne sudki bu yer meni taqdir * qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq o’lmadi Bobir,


Ma’zur tut ey yorki, taqsir qilibtur.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling