Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»
NAVOYIning MAKTUBLARI (RIQ’OTI)dan
Download 390.19 Kb.
|
Fitrat adabiyot namunalari
NAVOYIning MAKTUBLARI (RIQ’OTI)dan
Navoyining Husayn Boysaroga xati Qulluq arzadosht ulkim bir necha so’z xotirg’a kelib erdi. Arz qilmog’i vojib ko’rundi: ulkim ilzom qililsakim, erta uyg’onib namoz qililsa. Agar eshikta masjid tayin qilib farzi jamoat bila qililsa, xud fabih0 va illo besh vaqt namoz bari tark bo’lmasa, barcha masjidda muyassar bo’lmasa, ba’zi bori bo’lsa. Yana ulkim, alassabox , xaramdin chiqgach, devonda o’lturub dodxox surulsa, dogi dodxox so’rarda o’zluk bila mashg’ullik qililsa. Agar bir mazlumg’a birovdin zulmi o’tgan bo’lsa, zolimg’a andoq siyosat qililsakim, o’zga zolimlarga mujbi intibox bo’lsa. Yana ulkim, dodxox ishi tugangandin so’ngrakim, shelan' ham bartaraf bo’ur. Ichki xona ta’yin qilib anda o’lturub, arkoni davlatni tilab mulk va mol ishi etilsa. O’zluk bila barchaga yetilsa. Yana ulkim, arkoni davlatga bir ishi buyrulur, agar butmaki bir kun muyassardur, agar ikki yo uch kun; andok muqarrar bo’lsakim, bot butardek ishni hamul kun arz qilib javob olsalar. Kechraq bugar ishni tongla, yo indindin yo mioddin o’tkarmasalar. Har kun ne miqdor butganin kelib arz qilsalar. Agar ba’zi hukm yo’quni bila mioddin utkarib arzga yetkurmasalar alarga; andok xitob bo’lsakim, o’z ishlaridin gofil bo’masalar. Yana ulkim, umid uldurkim, Haq Taollo chog’irdin tavfiq bergay. Agar bu ujurda irtiqob qililsa, albatta, peshindin burun bo’lmasa. Iki namoz orasinda ijtixod qililsakim, uyur chog ma’xud uyqu vaqti bo’lsa tong namozi fav bo’lmasa. Bori barcha hol bila bir necha ichmak ishdin extiyot, balki ta’xir vojib bililsa. Yana ulkim, mulk va mol ishidin ba’zi dodxox ishdin farog’at hosil bo’lsa. Malolat daf’i uchun kitobxona kirilsa. Kutubxona ahdi bila mashgulluk qililsa. Navvobdin * har kaysi munosib kurulsa. Tavorih o’qimoq buyrulsa. Bataxsis4, “Zafarnoma”. Agar mashoyih so’zi yo ba’zi davovin dagi guftu shunuft bo’lsa nomunosib ermas. Yana ul kim, sudurg’a hukm qililsakim ishga obdon imom bila mukri ta’yin qilsalarkim, salot xomsani koyim tututsalar dagi muxtasib ta’yin qililsakim, elni namozga targ’ib qilsa. Yana ul haftada iki kunkim eshikta axobir jam’ bo’lurlar. Hofiz Sanoyiga yaxshi extirom qililsa. Balki burulsakim, yaqinroqda o’lturub shariya umurni qat qilsa. To muborak xotir ul bobda dagi’ mulaymat paydo qilsa, yana ulkim Iroq mamlakatig’a faxmlik, hushlik kishilar yuborib, doyim xabar tutula turulsa. Arz qilur yo’sunluk xabarlarni arzdosht qilib, yuqori yuborila turulsa. Ul bobdani hukm bo’lsa, anga ko’ra qilsa. Yana ulkim, shahr ihtisob amrnda yaxshi ihtimom' qililsa. Andoqkim, sharobxona, baytul Lutf , qimorxona alarga o’xshar nomashru’ umur kulli man’ qililsa muxtasiblar xaftada iki katla bozor ahlining narxlaridin vuquf tobsalar. Yana ulkim, sudurga hukm bo’lsakim, masojdiddin ehtiyot qilib, imom va muazzindin maxalla ahlini surub, balki xatqa olib, namozga targ’ib qilsalar. Agar fisq fasod ahli bo’lub alar amri ma’ruf qila olmasalar, arz solar; to sudur shar’i yuquni bila alarni man’ qilsalar. Dagi har masjidining imomiga ta’yin qilsalarkim, ul mahalla ahlining o’g’ul sho’xig’a maktab tutub o’qutsalar. Yana ulkim, bu dastur bilankim, dahrda ta’yin qilinur. Buluqot ulug’laridin Xo’ja Faxruddin boshlig’ barcha bu dastur bila muqarrar qililsakim, buluklar kent-bakent bu nav’ amal qilsalar. Yana ulkim, sudurg’a hukm bo’lsakim, viloyat vuqofidin xabardor bo’lsalar. Buzulg’anin tuzsalar, tutag’alliba(’ ilgida bo’lsa chiqorib, hosilni masrifiga yetkursalar. Bu ishlarkim, sudurg’a verulur Xoja Fulonni dog’i hukm bo’lsakim alar ishidin xabarda bo’lub alarga madadgorligda taqsir qilmasa. Yana ulkim, Xofiz Muhammad Sanoyi g’animatdur. Shar’ida oning qo’liga quvvat berilsakim, shar’iga mujibi tarvij bo’lsa. Bas, masjid jomiga bormoq tark bo’lmasa. Munda qurulg’andek dastur bila masjid jome’da masoyil shar’iya mazkur bo’lulsa. Yana ul devon beklariga hukm qililsakim, har kun devonda o’lturub, musulmonlar ishini yasasalar. Bu kungi ishni tonglaga qo’ymasalar. Dag’i sart devonlar ham raoyo ishini o’zlari qila olgucha ne qilib qila olmasni arz qilib hukm olsalar. Yana ulkim, tavoji beklariga hukm bo’lsakim, ul devonida muhr bosar beklar dasturi bila yasog’lik ishiga mashgulluk qilsalar, kim anda dagi ish favt bo’masa. Yana ulkim, shaxr dorug’asidin beklar bila Xo’ja Fulon andoq sohib vukuf bo’lsalarkim, juzvi ishdin kulli ahdod tilamasalar. Mujrimdin jarimasiga ko’ra jurmona olsalar. Yana ulkim, bir munosib kishi ta’yin qililsakim mirzom davlat bila devonda o’lturganda har ishkim voqe bo’lur, borir qalami qilib ro’znomada sabt qililsa. Dag’i tarixni bitsakim, qachon o’z ishini ehtiyoji bilmak bo’lsa, mazmuni va tarixi ma’lum bo’lsa, yana ulkim beklar va devonlarga basa parvonachi va muhrdor va munshiyga hukm bo’lsakim, musulmonlarning nishonin ortuq tama’ bila kechga qo’ymasalar shar’iy va kavliy nishoni bir chorsu muhri bila hukm bo’lgan kun o’q yutkarib bersalar. Kullirak nishonlarni dagi qila olgancha hukmdin qo’rqup botroq butkarsalar. Yana ulkim, majlis ko’rub chog’ir icharga ko’p hirs ko’rsatilmasa. Agar ahyonan bizzarurat voke’ bo’lsa, navvobga muqarrar qililsakim, hukm bo’lmagan kishi butlakat mo’rtakib bo’masa, toki majlisda filjumla tarkibi mar’i bo’lsa. Yana ulkim, yuqoridin har nav’ yetsa, agar kulli agar juzviy vaqtida hukm yuquni bila ishga faysal berilmay, hech ishga shuru’ qililmasa. Agar qilguluk ishtur ham hukm yukuni bila qililsa. Agar muyassar bo’lmas bo’lsa ham javobin bot arizadosht yuborilsa. Yana ulkim, har turluk arizadoshtkim yuqori bitilsa, nasx, ta’liq xati andoq xona bitilsakim ukurda ukur kishiga tashvish tekmasa. Turkcha xat bila xud aslo bitilmasaki, bu bobda kavli dag’i bor. Har so’zkim, arzadosht qilinur uncha imkoni bor, mashrux bitilsa. Har ishiing tarixi, ne oy ne kunda ekandur, andok bitilsakim, ul maqsudda hech ishtiboh qolmasa. Yana ulkim, atrof javonibdin dagi elining arzadoshti kelsa, bot uzunur elni ko’p mavquf qilinmasa , har qaysiga o’z holiga ko’ra iltifot qilib bataxsis, Mir Zaynulobidin jonibikim rioyati bag’oyat vojibdur, munda iltifot dasturi bila alar jonin doim rioyat qililsa. Yana ulkim, ul viloyatlarning bir kunlli dehonalarning zabtidur. Bu mahaldakim ko’ngul tilamasdek amri voqe’ emas. Dehonalardaandoq mazbut bilar qo’yub andok mustahkam va mazbut qililsakim auzubillo xar amri xadis bo’lsaki, mujibi taradudi xotir bo’lsa, dexonalar tarafidinxotir bekulli jam’ bo’lsa. Yana ulkim, ish kujga andoq mashg’ulluk qilib g’avrg’a yetilsakim, arkon davlatdin har qaysiga buyrulsa, mi’oddin o’tqara olmasalar. Tag’oful bila ichkuga mashg’ul bo’b, eshikga kelib arz qilmasdin ihtiroz qilsalar. Yana ulkim, lanmoq, tushmoq, ov va qushga mashg’ulluk qilmoq ko’b bo’lmasa, ul bobda etidol rioyat qililsa, ul ishdin zaruriy ish kuj faqat bo’lurg’a is bo’lmasa, yana ulkim, mirzo navkarlarikim, anda qulluqg’a mashg’ul bular, mirzo navkarligi haysiyatidin inoyat va hurmat alar bobida bo’lmasa. Lekin beqoidaligi biridin zohir bo’lsa, bozxost2 va siyosatda ma’zur tutulmasa. Yana ulkim, tavoji3 beklariga hukm bo’lsakim ish elin mazbut ta’yin qilib yotish tavochisi har kun alarning yotishiga kelgan, kelmaganin yaxshi tergasa, to yotish ishi favt bo’lmasa. Yana ulkim, devonilarga hukm bo’lsakim atrofdin kelgan bozurgonlarning4 jonibin rioyat qilsalar. Ul viloyatda tomg’a lafzi mazkur bo’lmasa. Zakotni shar’iy va hukm yukuni bila alardin mustaxlas3 qilsa. Zakotchilar ishidin moh ba moh, balki hafta ba hafta vuquf topib arzga yetkursalar. Jo’zvi jarima qilganini kulli siyosat qililsa. Bok yo’qtur. To bu ovoza olam mamolikiga yoyilsa. Tujjorning ruju’i ko’prak bo’lsa. Yana ulkim, mundin ortuqroq arz qililsa, shoyad mutoliasi muhibi kalol6 xotir bo’lg’ay. Download 390.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling