Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi 5A140602 –Geografiya


Download 0.97 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#233464
Bog'liq
YANVAR OYI XISOBOT


Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi 5A140602 –Geografiya (o'rganish ob'ekti ) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Xudoyberdiyev Davlatbek Muxammadqul o‘g‘lining “ o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha kalendar ish rejasida mo'ljallangan ishlari” bo'yicha 2021 - yil YANVAR oyi uchun

Hisoboti

I. O'quv-metodik ishlar

Joriy 2020-2021- o’quv yilining I semestrida shaxsiy kalendar ish rejasida ko’zda tutilgan quyidagi o’quv va o’quv-metodik ishlar amalga oshirildi:

1.1.Geodemografiya fanidan joriy nazorat ballarini to`plash ucun berilgan amaliy mashg`ulot topshiriqlarini topshirdim;

1.2.Geosistemalar nazariyasi fanidan paletka yordamida daryo havzasi maydonini o`lchash bo`yicha amaliy mashg`ulot bajardim;

1.3.Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya metodologiyasi fanidan Germaniyada geografiya ta`limi mavzusidagi mustaqil ishimni topshirdim;

1.4 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan “Ilmiy ishlarning turlari va namoyon bo`lish shakllari” mavzusidan topshiriqlarni bajardim.



II.Ilmiy tadqiqot ishlari

2.1.Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqmoqdaman.

2.2. MD mavzusi bo‘yicha quyidagi ilmiy adabiyotlar bilan tanishib chiqmoqdaman:


      • .T.To’xtaev, A. Hamidov –Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, “O’qituvchi”, 1994.

      • . Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Экологический туризм: сущность, тенденции и стратегия развития.

  • О‘zbekiston Respublikasining qonuni “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida” gi qonun О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami. 2005-yil 137-son.

  • B. Kamolov “Ekologik siyosat”. O’quv uslubiy majmua,Namangan - 2018.

III. Ilmiy pedagogik ishlari

3.1. O’quv jarayonini tashkil qilishga bog’liq me’yoriy hujjatlar: Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejalari, ishchi o’quv rejalari bilan tanishib chiqmoqdaman;



IV. Ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtiroki

4.1. 2021-yil 20-yanvar kuni O`zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi qoshidagi ilmiy seminarda Namozov Jo`rabek Abduazizovichning “Samarqand viloyati yer- suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy-geografik jihatlari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ma`ruzalarini tingladik. Seminar qiziqarli bo’ldi, professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan savollarga ma‘ruzachi atroflicha javob beridi. Seminardan o’zimizga kerakli ma’lumotlar oldik.

4.2. 2021-yil 22-yanvar kuni O`zbekiston Milliy universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi qoshida ilmiy seminarda PhD dissertstsiyasining himoyasi bo`lib o`tdi. Unda Karimov Ilhom Esonovich “Jizzax suv ombori ta`siri doirasidagi geotizimlarning landshaft – ekologik holatini baholash” mavzusidagi ma`ruzasini tingladik.



V. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash

5.1 Tanlangan mavzuyim magistratura bo`limi tomonidan tasdiqlandi;

5.2. Tasdiqlangan mavzuyim bo`yicha magistrlik dissertatsiyasining annotatsiyasini tayyorlash bo`yicha ilmiy rahbarim bilan birgalikda tayyorlamoqdaman.

5.3.Ilmiy rahbarim bilan magistrlik dissertatsiyasini (MD) tayyorlash ustida izlanishlar olib bormoqdaman;

5.4. Magistrlik dissertatsiyasining strukturaviy-mantiqiy sxemasi tuzildi.

5.5. Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishmoqdaman;

5.6. Hal bo’lishi kerak bo’lgan topshiriqlarni shakllantirmoqdaman va javob olishi kerak bo’lgan tadqiqot savollarini aniqlab bormoqdaman;

5.7. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda yanvar oyidagi yozma hisobotni tayyorladim.



Kafedra mudiri: g.f.d. (DSc). M. T. Mirakmalov

Ilmiy rahbar: g.f.n., dots.N.T. SHamuratova

Magistrant: D.M.Xudoyberdiyev
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling