Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi 5A140602 –Geografiya
Download 0.97 Mb.
|
YANVAR OYI XISOBOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoboti I. Oquv-metodik ishlar
- II.Ilmiy tadqiqot ishlari
- III. Ilmiy pedagogik ishlari
- V. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
- Kafedra mudiri
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Geografiya va Tabiiy resurslar fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi 5A140602 –Geografiya (o'rganish ob'ekti ) mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Xudoyberdiyev Davlatbek Muxammadqul o‘g‘lining “ o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha kalendar ish rejasida mo'ljallangan ishlari” bo'yicha 2021 - yil YANVAR oyi uchun Hisoboti I. O'quv-metodik ishlar Joriy 2020-2021- o’quv yilining I semestrida shaxsiy kalendar ish rejasida ko’zda tutilgan quyidagi o’quv va o’quv-metodik ishlar amalga oshirildi: 1.1.Geodemografiya fanidan joriy nazorat ballarini to`plash ucun berilgan amaliy mashg`ulot topshiriqlarini topshirdim; 1.2.Geosistemalar nazariyasi fanidan paletka yordamida daryo havzasi maydonini o`lchash bo`yicha amaliy mashg`ulot bajardim; 1.3.Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya metodologiyasi fanidan Germaniyada geografiya ta`limi mavzusidagi mustaqil ishimni topshirdim; 1.4 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan “Ilmiy ishlarning turlari va namoyon bo`lish shakllari” mavzusidan topshiriqlarni bajardim. II.Ilmiy tadqiqot ishlari 2.1.Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha tadqiqot ishlari bilan tanishib chiqmoqdaman. 2.2. MD mavzusi bo‘yicha quyidagi ilmiy adabiyotlar bilan tanishib chiqmoqdaman:
.T.To’xtaev, A. Hamidov –Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, “O’qituvchi”, 1994. . Тухлиев Н., Абдуллаева Т. Экологический туризм: сущность, тенденции и стратегия развития. О‘zbekiston Respublikasining qonuni “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida” gi qonun О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami. 2005-yil 137-son. B. Kamolov “Ekologik siyosat”. O’quv uslubiy majmua,Namangan - 2018. III. Ilmiy pedagogik ishlari 3.1. O’quv jarayonini tashkil qilishga bog’liq me’yoriy hujjatlar: Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejalari, ishchi o’quv rejalari bilan tanishib chiqmoqdaman; IV. Ilmiy seminar va konferensiyalarda ishtiroki 4.1. 2021-yil 20-yanvar kuni O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi qoshidagi ilmiy seminarda Namozov Jo`rabek Abduazizovichning “Samarqand viloyati yer- suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy-geografik jihatlari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ma`ruzalarini tingladik. Seminar qiziqarli bo’ldi, professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan savollarga ma‘ruzachi atroflicha javob beridi. Seminardan o’zimizga kerakli ma’lumotlar oldik. 4.2. 2021-yil 22-yanvar kuni O`zbekiston Milliy universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi qoshida ilmiy seminarda PhD dissertstsiyasining himoyasi bo`lib o`tdi. Unda Karimov Ilhom Esonovich “Jizzax suv ombori ta`siri doirasidagi geotizimlarning landshaft – ekologik holatini baholash” mavzusidagi ma`ruzasini tingladik. V. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 5.1 Tanlangan mavzuyim magistratura bo`limi tomonidan tasdiqlandi; 5.2. Tasdiqlangan mavzuyim bo`yicha magistrlik dissertatsiyasining annotatsiyasini tayyorlash bo`yicha ilmiy rahbarim bilan birgalikda tayyorlamoqdaman. 5.3.Ilmiy rahbarim bilan magistrlik dissertatsiyasini (MD) tayyorlash ustida izlanishlar olib bormoqdaman; 5.4. Magistrlik dissertatsiyasining strukturaviy-mantiqiy sxemasi tuzildi. 5.5. Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari va elektron resurslari bilan tanishmoqdaman; 5.6. Hal bo’lishi kerak bo’lgan topshiriqlarni shakllantirmoqdaman va javob olishi kerak bo’lgan tadqiqot savollarini aniqlab bormoqdaman; 5.7. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda yanvar oyidagi yozma hisobotni tayyorladim. Kafedra mudiri: g.f.d. (DSc). M. T. Mirakmalov Ilmiy rahbar: g.f.n., dots.N.T. SHamuratova Magistrant: D.M.Xudoyberdiyev Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling