Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi


I.A.Karimov istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab


Download 293.31 Kb.
bet11/13
Sana19.06.2023
Hajmi293.31 Kb.
#1620090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Surxandaryo tarixi 01

I.A.Karimov istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab ta’lim-tarbiya sohasida tub o’zgarishlar qilishga, yangi jamiyat qurish talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berdi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ga ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlar jamoatchiligi tomonidan yuksak baho berilmoqda. M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining rektori akademik V.Sadovnichiy O’zbekistonda yangi avlod tarbiyasi, ta’lim tizimini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar rossiyalik olimlar, ta’lim sohasi mutaxassislari tomonidan yuksak baholanayotganini ta’kidlaydi. «Biz sizni kelajak avlod uchun katta g’amxo’rlik qilayotgan davlat rahbari sifatida alohida hurmat qilamiz», deydi u O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilib. I.A.Karimovga dunyoning eng ilg’or ilm-fan, madaniyat va siyosat arboblari qatorida jahonning eng yirik o’quv yurtlaridan bo’lgan Moskva Davlat universitetining faxriy professori unvoni berildi. O’zbekiston Respublikasining qisqa vaqt ichida ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport sohasida erishgan katta yutuqlarini hisobga olib I.A.Karimovga YuNESKO «Oltin medali», Xalqaro Olimpiya komiteti tomonidan «Oltin medal» topshirilishi, Rossiya Federasiyasi Oliy pedagogika akademiyasiga faxriy a’zo etib saylanishi bejiz bo’lmasdan, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning dunyo miqyosida tan olinganligining belgisidir. I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, haqqoniy yaratishga jamiyatshunos olimlarning e’tiborini jalb qildi. Prezidentimiz istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil, yanvar) «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha – hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.
Joriy yilning 17-22 aprel` kunlari Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po'lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida kriminogen vaziyat, aholining turmush darajasi, sektor rahbarlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashni "mahallabay" usulda tashkil etilishi bo'yicha o'rganish ishlarini olib bordi.
Surxondaryo viloyati hokimligida o'rganish ishlari yakuniga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po'lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh, viloyat hokimi To'ra Bobolov, viloyat va shahar-tuman sektor rahbarlari hamda aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Dastlab, Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov so'zga chiqib, endi sektor rahbarlarining faoliyatiga hududidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda, kamayishida qo'shgan hissasiga qarab baho berilishi, shu bois ushbu masalaga jiddiy yondashish lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shundan so'ng, yig'ilishda kriminogen vaziyati og'ir bo'lgan Termiz shahri va Denov tumanlari sektor rahbarlarining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Ushbu hududlarda jinoyatchilik salmog'i kamaymayotganligi, mutasaddilarning o'z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashayotganliklari o'rganishlar davomida o'z tasdig'ini topganligi ta'kidlab o'tildi. Oldini olish mumkin bo'lgan jinoyatlarning ham sodir etilayotganligi ishchi guruhning e'tiroziga sabab bo'ldi. Jinoyatchilik ko'rsatkichi bo'yicha “qizil” va “sariq” hududga kiritilgan mahallalarni “yashil” hududga aylantirish, buning uchun sektor rahbarlaridan tortib profilaktika inspektorlari va mahalla raislariga “mahallabay”, “xavfsiz xonadon”, “xavfsiz hovli” hamda “fuqarobay” usulida ishlarni tashkil etish bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.
O'rganishlar natijasiga ko'ra, faoliyatida bir qator kamchiliklarga yo'l qo'yganligi uchun 11 nafar xodimlarga tegishli choralar ko'rilgani vazir tomonidan aytib o'tildi. Jumladan, 1 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo'shatilib, 3 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 7 nafariga intizomiy jazo berildi.
Shuningdek, aholi tinchligi va jamoat xavfsizligini ta'minlashda o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan 2 nafar xodimga Ichki ishlar vaziri buyrug'i asosida rag'batlantirish tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berildi. Xususan, Denov tumani bo'yicha IIO FMB 1-sonli IIB HPB guruhi huquq-tartibot maskani profilaktika katta inspektori, katta leytenant Abror Qurbonalievga “kapitan”, Angor tuman IIB HPB huquq-tartibot maskanlari profilaktika inspektori, leytenant Alisher Murodovga “katta leytenant” maxsus unvonlari topshirildi. Shuningdek, 8 nafar xodim turli darajadagi rag'batlantirishlar bilan mukofotlandi.
Yig'ilish nihoyasida vazir tomonidan “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “temir daftar”da ro'yxatda turgan fuqarolar bilan alohida shug'ullanish bo'yicha kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Viloyat hokimi T.Bobolov viloyatdagi barcha sektor rahbarlari va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli tartibda ish olib borishlarini, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishlarini ta'kidlab o'tdi.

Download 293.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling