Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi


Download 293.31 Kb.
bet3/13
Sana19.06.2023
Hajmi293.31 Kb.
#1620090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Surxandaryo tarixi 01

Transporti
Viloyatda temiryoʻl transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temiryol 1915-yilda Kogon— Termiz qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻlgan. 1925-yilda 248 kmli Termiz—Dushanbe temiryoʻlni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanbe bilan bogʻladi. 1971-yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning janubiy tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temiryoʻlini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlangan. Amudaryo ustidan Hayraton temir yoʻ koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yoʻllari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — Amu-Zang, Termiz — Sariosiyo shaharcha Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Shuningdek, Termiz orqali Dushanbe — Astraxon, Dushanbe — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi Temir yoʻllarning uzunligi 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uzunligi 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoor. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanbe, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan

Download 293.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling