Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

 
 
23
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: “Iqtisodiyot” 
nashriyoti, 2010. – 146 bet. 
24
Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 
2 март. 


20 
1.2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi , hamkorligi hamda 
taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash vazifalari. 
BMT tashkil topgan vaqtda O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida edi. O‘zbekiston 
SSRning BMT faoliyatida ilk bor ishtirok etishi 1950 yildan boshlanadi. Aynan shu 
yili O‘zbekiston SSR Tashqi ishlar ministri, professor Abdusamad Boboxo‘jayev 
BMT Bosh Assambleyasining V sessiyasida respublika nomidan nutq so‘zlaydi
25
va 
BMT minbaridan nutq so‘zlagan birinchi o‘zbek diplomati
26
sifatida tarixda qoldi.
Tashkilot sobiq sovet davrida O‘zbekistonga qiziqish bilan qarab, hamkorlik 
aloqalarini yo‘lga qo‘yishga harakat qilgan. Biroq, markaz mustaqil xalqaro 
aloqalarni cheklab qo‘yganligi bunga to‘siq bo‘lib kelgan. 
Shunga qaramay, O‘zbekiston hatto BMT Bosh kotiblarining ham diqqat 
e’tiborida bo‘lgan mamlakat edi. Xususan, 1972 yil 19–20 iyul kunlari BMT Bosh 
kotibi Kurt Valdxaym turmush o‘rtog‘i Elizabet Valdxaym va BMT vakillari bilan 
O‘zbekistonda bo‘ladi
27

O‘zbekistonning BMT bilan ko‘p tomonlama munosabatlari faqat mustaqillik 
yillarida xalqaro ahamiyat kasb etdi. 1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi 
jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida BMTga qabul qilindi
28

Shundan so‘ng 1993 yil 24 oktabrda Toshkentda Xolid Malik boshchiligida 
BMTning vakolatxonasi ish boshladi
29

O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari bu – 
mintaqaviy xavfsizlik, tahdidlarga qarshi kurashish, ekologik muammolarni bartaraf
etish, ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish, milliy an’analar, tarixiy shaxslar va 
me’moriy yodgorliklarni asrash, qayta tiklash, ularni umumbashariy qadriyatlar 
sifatida jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish kabilardir. 
25
Олтинов М. Сурхон-Шерободнинг илм аҳли // Фан ва турмуш. – 1974. – №7. – Б. 22. 
26
Абдусамат Хантураевич Бабаходжаев (1904–1975) // Общественные науки в Узбекистане. – 1975. – №3. –
С. 88. 
27
ЎзР МДА Р-2037-фонд, 7-рўйхат, 392-йиғма жилд, 1–16-варақлар. 
28
Basic Facts about the United Nations. UN Department of Public Information. – New York, 2011. – P. 278. 
29
ЎзР МДА М-37-фонд, 1-рўйхат, 55-йиғма жилд, 17–18-варақлар. 


21 
Shunday qilib, O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi va Nyu-
Yorkdagi Bosh Assambleya bosh qarorgohida mamlakatimizning davlat bayrog‘i, 
boshqa davlatlar bayrog‘i qatorida, hilpiradi. Ushbu kundan e’tiboran O‘zbekiston 
global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro 
qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish 
boshlagan kundan boshlab BMT bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlarini 
belgilab oldi. Bular, jumladan, bugungi kundagi xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan 
tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, 
mintaqada ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, ekologik 
muammolarni hal etish, Orol dengizi fojiasining og‘ir oqibatlarini yumshatish, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish kabi masalalardir. 
BMT bilan O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishi o‘zaro faol siyosiy 
muloqotni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega 
bo‘lgan a’zo davlat sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yib 
kelmoqda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining 48-sessiyasida (1993 yil 28 sentabr) ishtirok etib, uning yuksak 
minbaridan turib nutq so‘zladi va Vatanimiz tarixida ilk bor O‘zbekistonning 
mustaqil davlat sifatidagi ulkan salohiyati va imkoniyatlari haqida xalqaro 
hamjamiyatni atroflicha xabardor qildi. 
BMT Bosh Assambleyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bag‘ishlangan 
sessiyada (1995 yil 24 oktabr) so‘zlagan nutqida esa I.Karimov o‘tgan davr 
mobaynida BMT faoliyatida muhim o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidlab, uning 
ishini takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar bildirdi. Ma’lumki, o‘tgan asrning 
90-yillari boshida sobiq SSSR davlati parchalanib, uning o‘rnida yangi mustaqil 
davlatlar tashkil topdi va ular BMTning to‘laqonli a’zolariga aylandi. O‘tgan asrning 
50-60-yillarida esa Yaponiya, Germaniya, Italiya kabi ilgari tajovuzkor rejalar ostida 
bo‘lgan davlatlar demokratik rivojlanish yo‘lidan borib, jahon mamlakatlari 
o‘rtasida katta mavqega ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, BMTning Xavfsizlik 


22 
kengashi hamda uning tarkibidagi ixtisoslashgan muassasalar faoliyatini tubdan 
qayta qurish zaruratini keltirib chiqarganini Prezident Islom Karimov BMTning
50-sessiyasida qilgan ma’ruzasida bayon etib, Xavfsizlik kengashi faoliyatini 
kengaytirishni, buning uchun uning a’zolari safiga Germaniya va Yaponiyani 
kiritishni, BMT Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirishni taklif qilgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Bosh 
Assambleyasining Mingyillik sammiti (2000 yil sentabr)dagi nutqi ham dunyo 
jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Davlatimiz rahbari xalqaro terrorizm, diniy 
ekstremizm va narkobiznesga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib, samarali kurash olib 
borish, mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik 
va xavfsizlikni ta’minlash, jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT 
faoliyati va tarkibiy tuzilishini isloh qilishga oid takliflar bilan chiqdi. Narkobiznes 
va ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashda barcha BMTga a’zo 
davlatlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish, Markaziy Osiyoda ekologik 
vaziyatni (ayniqsa Orol muammosini hal qilish) sog‘lomlashtirish maqsadlarini 
ilgari surdi
30

Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, 
ekologiya va xavfsizlika doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning 
dastlabki yillarida amalga oshrilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit 
ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015 yilgacha o‘ta 
qashshoqlikda yashayotgan odamlar sonini yarmiga kamaytirish, orttirilgan 
immunitet tanqisligi sindromi – OITS (SPID) kasalligining tarqalishini to‘xtatish, 
barcha bolalar uchun boshlang‘ich ta’limni ta’minlash majburiyatini o‘z 
zimmalariga olishdi. 
BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha 
konvensiyasida va BMT tomonidan 2000 yilning 15 dekabrida qabul qilingan 
“Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini to‘xtatish, oldini olish va uning 
30
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: “Iqtisodiyot” 
nashriyoti, 2010. – 146 bet. 


23 
uchun jazo to‘g‘risida”gi bayonnomada odam savdosining oldini olish va unga 
qarshi kurashishning samarali choralarini ko‘rish belgilab berilgan edi. Bunday 
jinoyatning oldini olish, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash va 
odam savdosi qurbonlarining xalqaro e’tirof etilgan huquqlarini himoya qilishga 
qaratilgan choralarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligi 
ushbu hujjatda mustahkamlab qo‘yildi. Odam savdosiga qarshi kurashni 
kuchaytirish hamda mazkur bayonnoma qoidalarini milliy qonunchilikka singdirish 
maqsadida 2008 yil 17 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga 
qarshi kurashash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda “odam savdosi” 
va “odamlardan foydalanish” tushunchalariga aniq ta’rif berilgan, odam savdosiga 
qarshi kurashish tizimining tashkil etilish tartibi, bu sohadagi vakolatli organlar va 
ularning vazifalari, shuningdek, odam savdosi qurbonlarining himoyasi va ijtimoiy-
huquqiy reabilitatsiyasi masalalari yoritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT minbaridan butun 
Afg‘onistonda, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni 
mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hududni tashkil etish 
tashabbusini ilgari surganidan so‘ng bu haqda shartnoma 2006 yil sentabr oyida 
Semipalatinsk 
shahrida 
imzolandi. 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining
61 va 63-sessiyalarida ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘pchilik ovozi bilan 
“Markaziy Osiyoda – yadro qurolidan holi hudud” rezolyutsiyasi qabul qilindi,
2009 yilning mart oyidan boshlab esa, bu haqdagi shartnoma kuchga kirdi. 
Bugungi kunda yadrodan holi hududlar butun Yer sharining 70 foizini tashkil 
etadi. Dunyoning ko‘pgina davlatlari yadrodan holi hududlar haqidagi 6 ta 
shartnomani qo‘llab-quvvatlamoqda. 
1. Antarktida shartnomasi 1959 yil 1 dekabrda qabul qilindi va 1961 yil
3 iyunda kuchga kirgan. 
2. Lotin Amerikasi va Karib havzasida yadro qurolini taqiqlash haqidagi 
Tlatelolko shartnomasi 1967 yil 14 fevralda qabul qilindi va 1969 yil 25 aprelda 
kuchga kirdi. 


24 
3. Tinch okeanining janubiy qismini yadrodan holi hududga aylantirish 
haqidagi Raroton shartnomasi 1985 yil 6 avgustda qabul qilindi va 1986 yil
11 dekabrda kuchga kirgan. 
4. Janubi-Sharqiy Osiyoni yadro qurolidan holi hududga aylantirish haqidagi 
Bankok shartnomasi 1995 yil 15 dekabrda qabul qilindi. 
5. Afrikani yadro qurolidan xoli hududga aylantirish haqidagi Pelindab 
shartnomasi 1999 yil 11 aprelda qabul qilindi. 
6. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud tashkil etish to‘g‘risidagi 
Semipalatinsk (Qozog‘iston) shartnomasi 2006 yil 8 sentabrda qabul qilindi va 
Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlari tomonidan imzolandi. 
Demak, dunyoning 110 mamlakati, ya’ni jahon hamjamiyatining yarmidan 
ko‘pi yadro qurolidan butunlay voz kechish tarafdoridiri
31
. Bundan ko‘zlangan 
maqsad yadro quroli mavjud bo‘lgan hududlarni cheklash, yadro urushi xavfini 
kamaytirishdir. 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadrosiz hudud barpo etish haqidagi 
tashabbusi BMT va jahon jamoatchiligi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanmoqda. 
Bu taklif BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida muhokama qilindi va u 
bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi 
hudud barpo etish faqat mintaqada emas, balki butun jahonda tinchlik va 
barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda har qaysi davlatning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori 
uning nafaqat iqtisodiy, harbiy qudrati, balki shu mamlakatdagi demokratik 
jarayonlarning qanday borishi bilan ham belgilanadi. Shu jihatdan qaraganda, 
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan demokratik islohot 
jarayonlari yurtimizning jahon hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallashi va milliy 
manfaatlarimiz asosida tashqi siyosat yuritishi uchun qulay imkoniyatlar 
yaratmoqda. 
31
Sobirova Sh. Yadro qurolidan holi zona // Ma’rifat, 2006 yil 12 iyul. 


25 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi 
Munning taklifiga ko‘ra, 2010 yil 20-21 sentabr kunlari Nyu-York shahrida BMT 
Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan oliy 
darajadagi yalpi majlisida ishtirok etdi.
Prezident I.A.Karimov o‘z nutqida jahonning turli nuqtalarida hamon davom 
etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, 
millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o‘limi, 
epidemiyalar va boshqa muammolar insoniyatning umumiy taraqqiyot yo‘lida eng 
jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
32
Ma’lumki, 1997-2001 yillar davomida faoliyat olib borgan “6+2” guruhi
1997 yili Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT kotibiyatida tashkil topgan 
edi. Bu guruh Afg‘onistonda o‘sha paytda huqmron bo‘lgan ikki asosiy harbiy kuch 
– Ahmadshoh Ma’sud boshchiligidagi shimoliy kuchlar qo‘shinlari va Mulla Umar 
boshchiligidagi Tolibon harakati qo‘shinlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv va 
mojarolarni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishga 
qaratilgan edi. Mazkur muloqot guruhiga: Afg‘onistonga chegaradosh 6 ta 
mamlakat: Eron Islom Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston Islom 
Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston bilan birga AQSH va Rossiya 
davlatlari kiritilgan edi. Muloqot guruhining birinchi uchrashuvi 1997 yil 16 
oktabrda Nyu-Yorkda bo‘ldi. Mazkur anjuman O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p 
yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. Afg‘onistondagi urushning o‘z vaqtida tinch yo‘l 
bilan hal etilmasligi mintaqaviy va global xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini 
oldindan ko‘ra bilgan Prezident I.A.Karimov BMT Bosh Assambliyasining 1993 va 
1995 yillardagi sessiyalarida, YEXHT (1999) Istanbul sammiti hamda boshqa bir 
qator nufuzli anjumanlarda xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini afg‘on xalqini 
o‘zaro birodarkushlik urushidan xalos etish, mavjud mojarolarni tinch yo‘l bilan hal 
qilish masalalariga jalb etgan edi. 
32
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2010 yil 22 sentabr. 


26 
1999 yil 19-20 iyulda “6+2” muloqot guruhining navbatdagi Toshkent 
anjumanida “Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etish tamoyillari 
to‘g‘risida”gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda Afg‘onistonda yangi 
hukumat tuzish, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish, qochoqlarni o‘z yashash 
joylariga qaytarish, mamlakat hududini minalardan tozalash, umumiy bitim 
imzolash, moliyaviy yordam kabi mintaqaviy dolzarb masala ko‘tarilgan edi. Lekin 
2001 yil 11 sentabrdagi AQShga terroristik hujumdan so‘ng NATO blokiga a’zo 
davlatlarning harbiy kuchlari Afg‘onistonga kiritilib, Tolibon qo‘shinlari tor-mor 
etilgach, “6+2” guruhi faoliyati o‘z-o‘zidan to‘xtab qoldi. Lekin 2005 yildan keyingi 
davrda Tolibon harakati yashirin faoliyat yuritib, yana jonlana boshladi. Afg‘oniston 
yana harbiy to‘qnashuvlar girdobida qoldi. Shu boisdan ham, I.A. Karimov 2008 yil 
3 aprelda Buxarestda NATO / SEAP (Yevroatlantika hamkorlik kengashi) 
sammitida ishtirok etib, 30 yildan buyon hozirgacha davom etib kelayotgan 
Afg‘oniston mojarosini hal etish yuzasidan bir qator amaliy takliflarni ilgari surdi
33
.
Prezident I.A.Karimovning BMT sammitida so‘zlagan nutqida 2010 yilning 
iyunida Qirg‘izistonda ro‘y bergan fojiali voqealarning sabab va oqibatlariga ham 
alohida e’tibor qaratildi. Bu mamlakatlarda yuzaga kelgan keskinlik va qarma-
qarshiliklar, shuningdek, qonuniy hokimiyatning zaifligi Qirg‘iziston janubida 
millatlararo qonli va shafqatsiz voqealarning ro‘y berishiga sabab bo‘ldi. Natijada 
yuzlab begunoh odamlar qurbon bo‘ldi, minglab tinch aholi jabr ko‘rdi. 
Qirg‘izlarning o‘zi ham, respublika janubida yashayotgan ko‘p sonli o‘zbeklar ham 
uchinchi kuchlar tomonidan puxta o‘ylangan va uyushtirilgan aksiyaning qurboniga 
aylandi. 
Prezident I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlab o‘tganidek, uzoqni ko‘zlab 
amalga oshirilgan bu aksiyadan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va 
parokandalikni yuzaga keltirish, balki O‘zbekistonni ham ushbu vahshiyona 
xunrezlikka tortish, pirovard natijada millatlararo qarama-qarshilikni ikki qo‘shni 
33
Бобокулов И. Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики. 
– Ташкент: УМЭД, 2010. – 231 с. 


27 
mamlakat – Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi davlatlararo qarama-
qarshilikka aylantirishdan iborat edi
34

O‘ta murakkab va o‘t olib ketish xavfi bo‘lgan mazkur vaziyatda qabih niyat 
bilan tashkil etilgan qonli voqealarning keng yoyilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik biz 
uchun nihoyatda og‘ir muammoga aylandi. O‘z hududimizda ming-minglab 
qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni qabul qilish, ularni joylashtirish va 
barcha zarur narsalar bilan ta’minlash juda katta kuch, mehnat va resurslarni talab 
qildi. Shu bilan birga, chegara hududida osoyishtalikni saqlash, favqulodda 
oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qahru g‘azabni jilovlash, ekstremizmning 
shiddatli tus olishining oldini olish zarur edi. Yaxshi bilamizki, ushbu zaminda 
o‘zbeklar va qirg‘izlar azal-azaldan yonma-yon yashab kelgani va bundan buyon 
ham ularning farzandlari hamda avlodlari ko‘p asrlar mobaynida birga yashashini 
teran anglash bizga va xalqimizga mazkur fojianing Markaziy Osiyoda qarama-
qarshiliklarning yangi, keng o‘chog‘iga aylanib ketishining oldini olishda muhim 
omil bo‘ldi. 
O‘zbekistonning Qirg‘iziston janubidagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam 
ko‘rsatish borasidagi tadbirlari hamda bu masala bo‘yicha oqilona va vazmin 
siyosati jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. Bir qator davlatlar 
rahbarlari, BMT Bosh kotibi janob Pan Gi Mun va boshqa xalqaro tashkilotlar 
vakillari, shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Prezidenti Islom 
Karimovga 2010 yil iyun oyida Qirg‘iziston janubidagi fojiali voqealar oqibatida 
yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish borasidagi O‘zbekistonning konstruktiv sa’y-
harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi. 
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, 2010 yil
11-14 iyun kunlari Qirg‘iziston janubida sodir etilgan talon-tarojliklar, xunrezlik va 
zo‘ravonliklar bo‘yicha mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazish, ushbu qonli 
vahshiyliklarning barcha buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilarini jinoiy 
javobgarlikka tortishni muhim vazifa sifatida yana bir bor qat’iy ta’kidladi. Bu, 
34
Қамаров А. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти унинг ички тузилмасини халқаро терроризмга қарши 
курашда мувофиқлаштириш хусусида айрим мулоҳазалар // Хуқуқ ва бурч. – 2006. – №10–12. – Б. 42–43 


28 
albatta, qo‘shni Qirg‘izistonda mamlakatlararo qonli voqealarning yana avj 
olishining oldini olish imkonini beradi. 
O‘zbekiston BMT va uning narkoagressiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan 
muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. 2002 yil oktabrida 
BMT Bosh kotibi Kofi Ananning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. 
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMTning giyohvand 
moddalarni nazorat qilish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi va ushbu 
markaz Almati shahrida ochilishi haqida kelishib olindi
35

Ekologiyani muhofaza qilish va atrof-muhitni asrab-avaylash hozirgi anomal 
tabiiy o‘zgarishlar sharoitida Mingyillik deklaratsiyada belgilangan maqsadlarga 
erishishda katta ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston va BMTning ekologiya sohasidagi hamkorligi doirasida 
Orolbo‘yidagi vaziyat degradatsiyasining oldini olish va Orol fojiasi oqibatlarini 
yengillashtirish bo‘yicha qabul qilingan tezkor choralar ustuvor ahamiyatga ega
36

Ushbu masalani hal etish borasida BMTning O‘zbekistonga ko‘mak berishga 
tayyorligi bayon etildi. 
Orol dengizi ekologik fojiasining jiddiyligini inobatga olgan holda,
2008 yilning 11-12 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va BMT 
vakillarining faol ishtirokida “Orol muammosi, uning aholi genofondi, o‘simlik va 
hayvonot dunyosiga ta’siri, oqibatlarini yengillashtirish borasida xalqaro hamkorlik 
choralari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. 
Aslida Orol fojiasi ekologiya muammolariga mas’uliyatsiz munosabatda 
bo‘lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob va go‘zal dengizlardan biri bo‘lgan 
Orol bir avlod hayoti davomida deyarli qurib va yo‘qolib borayotgan suv havzasiga 
aylanmoqda. Qirq yil mobaynida Orol dengizi akvatoriyasi 7 barobar qisqardi, suv 
hajmi 13 marta kamaydi, uning mineralllashuvi esa o‘nlab barobar oshib, dengizni 
35
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: “Iqtisodiyot” 
nashriyoti, 2010. – 146 bet. 
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi// Xalq so‘zi, 2010 yil 22 sentabr. 


29 
tirik organizlar yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada bu yerdagi qariyb 
barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo‘qoldi. 
2010 yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Orol bo‘yi mintaqasiga 
tashrif buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgan manzaralari unda o‘chmas taassurot 
qoldirgan. Pan Gi Mun Orol muammosini hal etishga ko‘maklashishga, ushbu 
ekologik fojia oqibatlarini bartaraf qilish uchun BMTning ekspert salohiyati
moliyaviy va boshqa resurslarini jalb etish borasida barcha sa’y-harakatlarni 
safarbar qilishga tayyor ekanini bildirdi. 
I.A.Karimov Orol dengizining qurishi davom etayotganini va uning atrofida 
gumanitar falokat sodir bo‘layotgani sababli Orolning tabiiy biologik fondini asrab-
avaylash, dengiz inqirozining atrof-muhitga, minglab va millionlab odamlar 
hayotiga halokatli ta’sirini kamaytirish hozirgi vaqtdagi eng muhim dolzarb vazifa 
ekanini ta’kidlab o‘tdi. 
O‘zbekiston hammuallifligida ishlab chiqilgan “Orolni qutqarish xalqaro 
jamg‘armasiga BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchilik maqomini berish” 
to‘g‘risidagi rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi 63-sessiyasida barcha a’zo 
davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan muhim hujjatlardan biri bo‘ldi. Pan Gi 
Mun Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi 
doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni to‘la qo‘llab-quvvatladi. 
Orol dengizi muammolarini hal etish suv-energetika resurslaridan oqilona va 
samarali foydalanish masalalari bilan bevosita bog‘liq. Transchegaraviy daryolarni 
ekologik nuqtai nazardan himoya qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi 
xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya etish alohida ahamiyatga ega. Bu masala 
bo‘yicha BMTning 1991 yil 25 fevral, 1992 yil 17 mart va 1997 yil 21 maydagi 
konvensiyalari davlatlarning “transchegaraviy ta’sirga ega bo‘lgan faoliyatini 
amalga oshirishda transchegaraviy daryolarning xususiyatini hisobga olgan holda, 
ulardan oqilona va adolatli tarzda foydalanishga” majbur ekanini uqtiradi. 
Ushbu tadbirlar xalqaro BMT tashkilotining O‘zbekistonda faoliyatida keng 
qamrovli ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘z ichki 
va tashqi siyosatini demokratik tamoyillar asosida olib borayotgani, BMT 


30 
tomonidan ilgari surilayotgan hayotiy dasturlar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok 
etayotgani mamlakatimizning dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan chetda 
emasligidan dalolat beradi. 
O‘zbekistondagi 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlab ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar jarayoni boshlandi. 
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
37
Farmoniga 
asosan, 
2017– 
2021 
yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bu borada muhim asos bo‘ldi. Xalqaro 
ekspertlarning ta’kidlashicha
38
, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-
tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘undir. 
O‘zbekiston va BMTning mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va barqaror 
taraqqiyot, Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilish, 
afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va 
boshqa masalalarda keng hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. 
Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash va boshqa qator 
mintaqaviy masalalar yuzasidan O‘zbekiston BMT doirasida bir qator aniq 
yo‘naltirilgan tashabbuslar ilgari surdi. Ular Afg‘onistondagi notinchlikni tezda hal 
etish, mintaqada yadro qurolidan xoli hudud yaratish va Orol muammosi oqibatlarini 
yumshatish kabi tashabbuslar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning BMT 48-sessiyasidagi nutqida alohida o‘rin egalladi. 
O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – 
Afg‘oniston muammosidir. O‘zbekiston BMT doirasida afg‘on mojarosini hal 
qilishning bosh tarafdori sifatida tashkilot minbaridan turib mazkur masalaga takror 
va takror jahon e’tiborini qaratdi. 
Jumladan, O‘zbekiston 1997 yilda Afg‘oniston bilan chegaradosh olti 
mamlakat, shuningdek, Rossiya va AQSH ishtirokida “6+2 guruhi” muloqot 
37
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. №6. 70-модда. – Тошкент: – Б. 25–150. 
38
http://xs.uz/index.php/homepage/sijosat/item/9629-arakatlar-strategiyasi-bar-aror-rivozhlanish-ma-sadlari-
bilanuj-un (10.03.2017). 


31 
guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu formatdagi dastlabki yig‘ilish 
1997 yil oktabrda Nyu-Yorkda, ikkinchisi 1999 yil iyulda Toshkentda tashkil etildi. 
Toshkent uchrashuvining eng katta yutug‘i bu – Afg‘onistondagi ikki asosiy guruh, 
ya’ni “Tolibon” harakati va unga qarshi koalitsiya Afg‘oniston Birlashgan Fronti 
vakillarini ilk marotaba bir stol atrofida muzokaralar uchun to‘pladi. Toshkent 
uchrashuvi yakunlari natijasida“Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf 
etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida” Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi
39

Deklaratsiya BMTda uzoq vaqt ter to‘kib bajarilgan ishning natijasi sifatida 
“6+2” guruhi davlatlarining pozitsiyalari va yondashuvlarini birlashtirdi
40

1999 yil 28 iyulda Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashida “6+2” guruhining 
Toshkent uchrashuvi yakunlari muhokama qilindi. Toshkent Deklaratsiyasi BMT 
Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi
41

Biroq, “6+2” muloqot guruhi Afg‘onistonda urush va notinchlikni bartaraf 
borasidagi so‘nggi manzil emas edi. Chunki afg‘on muammosi o‘zining ijobiy 
yechimini topmadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston 2008 yil aprelda NATO 
sammitida ushbu muammo bo‘yicha muzokaralar jarayonida NATOning ham 
ishtirok etishini nazarda tutib, “6+2” muloqot guruhini “6+3” guruhiga aylantirish 
zarur, degan yangi g‘oyani ilgari surdi. 
O‘zbekiston Respublikasining takliflari va tashabbuslari xalqaro ekspertlar 
jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, Kembrij universiteti Markaziy 
Osiyo forumi ilmiy xodimi Shirin Akiner fikricha, “Afg‘oniston beqarorlikning 
asosiy manbayi bo'lib, bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun hali ko‘p 
ish qilish kerak. 
“6+3” muloqot guruhini tuzish to‘g‘risidagi taklif imkon boricha tezroq 
hayotga tatbiq etilishi darkor”
42
. Masalaning muammoli tomoni shundaki, hozirga 
39
Tashkent Declaration on Fundamental Principles for a Peaceful Settlement of the Conflict in Afghanistan. 
A/54/174 S/1999/812. – P. 5. 
40
Халқ сўзи. 1999 йил, 20 июль 
41
Акмалов Ш. Афганистан в современной системе международной безопасности// Ценртальная Азия и 
Кавказ. 2009. №6 (66). – Б. 25. 
42
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.Каримовнинг БМТ Бош Ассамблеясининг Мингйиллик 
ривожланиш мақсадларига бағишланган олий даражадаги ялпи мажлисдаги нутқи хорижий ижтимоий-сиёсий 
доиралар вакилларининг муносабатлари ва шарҳлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010. – Б. 28. 


32 
qadar afg‘on mojarosini ijobiy tomonga hal etib bo‘lmadi. Ayniqsa, AQSH 
Prezidenti J.Baydenning Afg‘onistondagi harbiy kontingentini olib chiqish haqidagi 
qarori masalani yanada murakkablaashtirmoqda. Demak, bu borada BMT 
boshchiligida muammoning yechimiga yangi maqbul yo‘llar izlash lozim. 
Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hudud sifatida e’tirof etish g‘oyasi ilk 
bor Prezident I.A.Karimov tomonidan 1993 yil sentabrda BMT Bosh 
Assambleyasining 48-sessiyasida ilgari surilgan. 
Shundan so‘ng, 1997 yil fevralda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlari 
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va uning natijasi sifatida O‘zbekistonning mintaqada yadro 
qurolidan xoli hudud yaratish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangan “Olmaota 
Deklaratsiya”si imzolandi. 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 
“Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli hudud” mavzusidagi xalqaro konferensiya 
tashkil etildi
43

Ushbu konferensiyaning natijasi sifatida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi 
ishlar vazirlarining mintaqada yadro qurolidan xoli hudud yaratish masalasi 
yuzasidan Bayonoti qabul qilindi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari, BMT va MAGATEning birgalikdagi uzoq 
mehnatidan so‘ng 2006 yil 8 sentabrda Semipalatinsk shahrida “Markaziy Osiyoda 
yadro qurolidan xoli hudud yaratish to‘g‘risida”
44
gi shartnoma imzolandi. 2006 yil
6 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasida “Markaziy Osiyoda yadro 
qurolidan xoli hudud” nomli rezolyutsiyasi
45
qabul qilindi va 2009 yil 21 martdan 
boshlab esa ushbu shartnoma to‘liq kuchga kirdi
46

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Orol muammosi yuzasidan BMT 
doirasidagi xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarini amalga oshirilgan yirik loyihalar 
misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, Orol va Orolbo‘yi mintaqasini 
43
Filippo Costa-Buranelli. May we have a say? Central Asian states in the UN General Assembly // Journal of 
Eurasian Studies. – 2014. – №5. – P. 137. 
44
Договор о зоне, свободной от ядерного оружия, в Центральной Азии (8 сентября 2006 г., Семипалатинск, 
Казахстан) // http://www.pircenter.org/media/content/files/9/13522833820.pdf (25.06.2017). 
45
United Nations General Assembly Session 61 Verbotim Report 67. A/61/PV. 67 page 29. 6 December 2006. 
46
Williamc Potter, Togzhan Kassenova, Anya Loukianova. Central Asia becomes a nuclear-weapon-free-zone // 
http://cns.miss.edu/stories/081201/canwfz.htm (14/05/2014). 


33 
rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘plab loyihalar o‘zaro hamkorlikda amalga 
oshirildi. Biroq samarali natijalarga erishilmadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling