Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


III BOB. BMT IXTISOSLASHGAN MUASSASA VA DASTURLARI


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana16.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1361744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
BMT diplom ishi

III BOB. BMT IXTISOSLASHGAN MUASSASA VA DASTURLARI 
FAOLIYATIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI. 
3.1. O‘zbekiston – YUNESKO hamkorligi masalalari …………..………………. 63 
3.2. O‘zbekiston – BMT islohotlarining yangi davrdagi ustuvor vazifalari …...… 73 
XULOSA ..………………..…………………………………………...………… 88 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………… 91 
ILOVALAR …………..……………………………………………….… 101 – 107 
 
 
 
 



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan yangi tendensiyalar, jumladan, jahon 
globallashuv jarayonlarining shiddat bilan rivojlanib borishi sharoitida insoniyat oldida yangi 
tahdid va xavf-xatarlarning yuzaga kelishi hamda ularning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Shu 
ma’noda, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari hamda xavfsizligining kafolati sifatida 
mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa, o‘z 
navbatida, yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarning o‘zaro hamkorligi va 
hamjihatligi asosida ularni bor kuch va imkoniyatlarini ana shu g‘oyat dolzarb 
masalalar yechimi yo‘lida birlashtirish va safarbar etishni o‘tkir zaruratga 
aylantirmoqda. Bu borada, hech shubhasiz, jahondagi turli xalqaro tashkilotlar, 
birinchi galda, eng nufuzli va yetakchi xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT)ning o‘rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. 
O‘zbеkiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbеkiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil
12 noyabrdagi qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasida tarixan qisqa davrda 
mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallagani, ko‘plab davlatlar va 
nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, 
O‘zbekistonning jahon miqyosida obro‘-e’tibori yuksalib borayotganini alohida 
ta’kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Mustaqil rivojlanish yillarida, tarixan 
qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida 
mamlakatimizning hissasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi 
yuksalib bormoqda
1

O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridayoq, ya’ni 1992 yilning
2 martidan boshlab BMTga teng huquqli a’zo bo‘ldi va ushbu nufuzli tashkilot bilan 
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida BMTning minbaridan 
turib ilgari surilayotgan, insoniyatning bugungi va ertangi taraqqiyoti uchun o‘ta 
1
Каримов И.A. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 
қўшма йиғилишидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Т.: Ўзбекистон, 2010. – Б.5. 



muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dasturlar ijrosini ta’minlashda mamlakatimiz faol 
ishtirok etib, ana shu dasturlar doirasida dunyodagi turli davlatlar, xalqaro 
tashkilotlar bilan izchil samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrda xalqaro munosabatlarda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti (BMT) muhim o‘rin egalladi. BMT faoliyatida xalqaro 
xavfsizlik, tinchlik va barqaror taraqqiyot masalalari jahonning barcha 
mintaqalarida, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham bosh maqsadga aylandi. 
Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh ustuvor yo‘nalishidir. 
Chunki, “Markaziy Osiyo – bu haqiqatdan ham noyob imkoniyatlar va hali ishga 
solinmagan ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega bo‘lgan mintaqadir”
2

Jahonning bir qator mamlakatlarida Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston 
Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro munosabatlari, jumladan, 
dunyoning yetakchi mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari, 
barqaror taraqqiyot masalalari, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor 
yo‘nalishlari, mintaqaviy integratsion jarayonlarni tahlil qilish yuzasidan ilmiy 
izlanishlar olib borilmoqda
3

O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jahon hamjamiyati 
bilan teng huquqli hamkorlik qilib, qisqa tarixiy muddatda xalqaro miqyosda o‘z 
o‘rniga ega bo‘lgan davlatga aylandi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahonning 
rivojlangan mamlakatlari va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda 
hamda uning geografik masshtabi tobora kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yil 
holatiga ko‘ra, O‘zbekistonni 180 ga yaqin davlat tan olgan. Ushbu davlatlarning 
134 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 45 ta davlatning 
elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilot, 5 ta xalqaro moliyaviy, 
3 ta diplomatik mavqedagi savdo vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq 
xalqaro tashkilotlar a’zosidir
4

2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанд шаҳрида ўтган“Марказий Осиё: 
ягона тарих ва умумий келажак, барқарор ривожланиш ва тараққиёт йўлидаги ҳамкорлик” мавзусидаги 
халқаро конференцияда сўзлаган нутқи // Халқ сўзи. 2017 йил 11 ноябрь. 
3
Рахимов М. Современная история взаимоотношений Узбекистана и стран Центральной Азии с ведущими 
государствами мира. – Ташкент: Адабиёт учқунлари, 2016. – C.223. 
4
Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлиги расмий сайти: 
https://mfa.uz/uz/cooperation/(23.07.2017)
  



2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
5
o‘zaro manfaatli va 
konstruktiv tashqi siyosat, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va 
yaxshi qo‘shnichilik yo‘nalishi kabi masalalarga alohida ahamiyat qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarida BMT 
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan 
xalqaro hamjamiyatning teng huquqli suveren vakili sifatida BMTga a’zo bo‘ldi va 
bu xalqaro tashkilot hamda uning ixtisoslashgan muassasalari bilan xalqaro va 
mintaqaviy xavfsizlik, barqaror taraqqiyot muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik 
tahdidlar kabi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik olib bormoqda. 
O‘zbekistonning BMT bilan munosabatlari tarixi zamonaviy va dolzarb, bugungi 
kunning muhim mavzusi bo‘lib, yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur bo‘lgan, 
tadqiqot talab etiladigan masalalardan biridir. Shuningdek, O‘zbekistonning BMT 
bilan munosabatlarining rivojlanishi tarixi, o‘zaro hamkorlik masalalari, tashkilot 
xalqaro hujjatlarning mamlakatda implementatsiya qilinishi shu vaqtga qadar 
maxsus tadqiqot sifatida O‘zbekiston tarixi fanida tarixiy jihatdan ilmiy tarzda 
tadqiq etilmagan. Bundan tashqari, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida BMT bilan 
munosabatlari rivojlanib, yangi sifat darajasiga ko‘tarildi. Faqat mustaqillik 
sharoitida O‘zbekiston mazkur tashkilot faoliyatida teng huquqli a’zo sifatida 
ishtirok eta boshladi. Demak, masalani xronologik nuqtayi nazardan ilmiy tahlil 
etish ham tadqiqotning dolzarbligini asoslaydi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida” (1995), 
“Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2012) Qonunlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
PF–4947-son Farmoni hamda 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha 
Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–3105-son Qarori, 
5
Халқ сўзи. 2017 йил 8 февраль. 



shuningdek, sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada ahamiyat kasb 
etadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling